Virus tushunchasi va ularning turlari. Kompyuter viruslari dast
Rezident bulmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida xisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaxarlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muxitida qoladi. Agar virus yashash muxitini zaxarlamaydigan programmani asosiy xotiraga joylashtirsa bunday virus rezident bulmagan virus deb xisoblanadi.
Virusning zararkunandalik imkoniyatlari ularni yaratuvchisining maqsadi va malakasiga xamda kompyuter tizimlarining xususiyatlariga bogliq.
Foydalanuvchining informastion resurslari uchun xavf darajasi buyicha kompyuter viruslarini quyidagilarga ajratish mumkin: beziyon viruslar; xavfli viruslar; juda xavfli viruslar;
Beziyon kompyuter viruslari kompyuter tizimsi resurslariga qandaydir shikast etkazishni uziga maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning maqsadi, odatda, uzlarini programmist imkoniyatlarini kuz-kuz qilishdir. Bunday viruslarning zararkunandaligi monotoringda aybsiz matnlarni va rasmlarni, musiqiy parchalarning ijro etilishiga olib keladi va x.
Ammo bezarar bulib kuringan bunday viruslar kompyuter tizimlariga malum shikast etkazadi. Birinchidan bunday viruslar kompyuter tizimlarini resurslarini sarflaydi, natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Ikkinchidan, kompyuter viruslarida kompyuter tizimlarining informastion resurslariga shikast keltiruvchi xatoliklar bulishi mumkin.
Xavfli viruslarga kompyuter tizimlarining samaradorligini jiddiy pasayishiga olib keluvchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar tasiri oqibatlarini unchalik katta bulmagan moddiy va vaqtiy resurslar sarfi evaziga yuqotish mumkin. Bunday viruslarga misol tariqasida xisoblash mashinasi xotirasini egallovchi, ammo tarmoq ishiga tasir qilmaydigan viruslarni, programmani qaytadan ishlanish, operastion tizimsining qaytadan yuklanish yoki malumotlarni aloqa kanallari orqali qaytadan uzatilish va x. zaruriyatini tugdiruvchi viruslarni kursatish mumkin.