Virusli gepatitlar



Yüklə 69,5 Kb.
tarix23.10.2019
ölçüsü69,5 Kb.
#29411
virusli gepatitlar

Ana səhifə

Stomatologiya

Anesteziologiya

Cərrahlıq

Ginekologiya

Tibb


O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova

Yüklə 0.72 Mb.

səhifə 14/31

tarix 28.03.2017

ölçüsü 0.72 Mb.

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 31

VIRUSLI GEPATITLAR

Virusli gepatitlar - turli viruslar tomonidan ko'zg'otilib, organizmning umumiy intoksikatsiyasi, asosan jigar jaroxatlanishi va ko'pincha og'riqlik paydo bo'lishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar. Qadimdan mahalliy xalq uni "sariq kasalligi" deb ataydi. Ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida uni "tiqilmalardan bo'lgan sariq kasalligi" deb atagan va belgalarini bayon qilgan. Yuqumli sariq kasalligni o'rganishda rus olimi S.P.Botkinning xizmatlari katta, shuni inobatga olib, yaqin yillargacha bu kasallik "Botkin kasalliga" deb xam nomlanib kelgan. Keyingi yillarda virusologiya fani taraqqiyoti tufayli "yuqumli gepatitlar" ning sababchisi viruslar ekani tasdiqlandi.

Etiologiyasi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlarning 7 ta qo'zg'atuvchisi aniqlangan. Ular lotincha xarflar bilan A, V, S, O, YE. R, S deb nomlanadi. Shulardan 5 tasi, A, V, S, O, YE gepatilarining viruslari yaxshi o'rganilgan. Gepatit viruslari bir-biridan antigen tuzilishi va biologak hususiyatlariga qarab farq qiladi. Ularni faqat elektron mikroskopda ko'rish mumkin.

A gepatitning virusi. Bu virus dastlab immunelektron mikroskopiya vositasida A gepatiti bilan og'rigan bemorning najasida kasallikning o'tkir davrida topilgan. Virusning diametri 27 NM (nanna metr mikronning millisidan bir ulushi). Virus kasallikning asosiy alomati - sarg'ayish paydo bo'lishidan oldin, bemor qonida va najasida bo'ladi. Sarg'ayish paydo bo'lganidan 8 kun o'tgach virusniig najas bilan ajralishi to'xtaydi, deb xisoblanadi. Lekin, O'zbekistonlik olimlarning olgan natijalariga ko'ra sariqlikning 15-kunigacha xam virus ajralib turishi mumkin. Ba'zi olimlarning fikricha, A gepatiti virusining bir-biridan kimyoviy va biofizik xususiyatlari bo'yicha farq qiladigan 3 xil shtammi bor.

Bemor organizmida kasallikning o'tkir davridayoq A virusiga qarshi IgM antitelolari paydo bo'ladi. Ular 3 oydan so'ng yo'qolib ketadi va o'rniga IgG antitelolari paydo bo'ladi. Ular uzoq yillar saqlanadi va bemor A gepatitini boshidan kechirgani darakchisi hisoblanadi.

A gepatiti virusi to'qima kulturasida o'smaydi. Virusni sun'iy ravishda faqat shimpanze va marmozet maymunlariga yuqtirish mumkin. Virusga kislotali muhit deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Muzlatganda yaxshi saqlanadi. 56°S da isitilganda 30 daqiqagacha o'lmaydi. 1000S da qaynatilganida bir minutda nobud bo'ladi. Avtoklavda 121°S 60 minutda faoliyati yo'qoladi.

V gepatitning (VG) virusi. Bu virusning 3 ta antigeni borligi ma'lum. Dastlab yuzaki — NVSAg. Amerikada avstraliyalik muxojir qonida topalgan. Shu sababli uni ma'lum vaqtgacha Avstraliya antigeni deb atalgan. Hatto ''Avstraliya antigeni" qonda topilishi, zardob (V) gepatitining tashxisini tasdiqlovchi omil deb xisoblangan. Keyinchalik V gepatiti virusining o'zak (soR-yadro, o'zak) antigeni NVsAg va yana ye — antigeni — NVeAg borligi kashf etildi. Shu davrdan boshlab "avstraliya antigeni" iborasi "V" gepatiti virusining yuzaki anigeni — "NVsAg" nomi bilan almashtirildi.

NVsAg virus yuzasida diametri 42 NM parda yoki alohida, diametri 18-22 NM qavariq bo'lakcha holida uchraydi. Odamda uzoq vaqt NVsAg tashuvchilik holati bo'lishi mumkin.

NVsAg - o'zak antigen va yuzaki antigen oraligada joylashgan. Uning bemor qonida topilishi, kasallikni boshqalarga yuqtirish extimoli yuqoriligi va oqibati yaxshi bo'lmasligidan darak berada.

V gepatitining virusi 100°S da 10 minut qizdirilganidagina nobud bo'ladi. 1% xlorli vositalar bir soatdan so'nggina shunday ta'sir ko'rsatadi.

DG - delta gepatiti virusi mustaqil ravishda kasallsh qo'zg'atmaydi. U faqat NVsAg bor qon zardobida rivojlana oladi. DG virusi bemor organizmiga VG virusi bilan bir vaqtda yoki VG kasalligi boshlanganidan so'ng tushishi mumkin. Shuningdek, DG virusi NVsAg tashuvchilarga ham yuqishi mumkin.

SG — S gepatitmiya ilgari "parenteral" yo'l bilan yuqadigan, "A ham, V ham bo'lmagan gepatit" deb atalar edi. Keyingi yillardagi tekshirishlar asosada u mustaqil S gepatiti deb ataladigan bo'ldi. Uning virusi odamga faqat parenteral yo'l bilan — asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish vositasida yuqadi.

YEG — YE gepatiti virusi AG qo'zg'atuvchisiga o'xshab fekalorad mexanizm vositasida tarqalsa ham o'z tuzilishiga ko'ra, tez va keng tarqalishga moyilligi bilan AG virusidan farqlanadi.

Epidemiologiyasi. Virusli gepatitlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida uchraydi. Rivojlangan davlatlarda asosan parentral yo'l bilan tarqaladigan V, S, O gepatitlari qayd qilinadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qityalarida joylashgan mamlakatdarda A va YE gepatitlari ko'p uchraydi. Umuman olganda, virusli gepatitlar soni butun jahonda yildan-yilga ko'payib bormoqda.

O'zbekistonda A gepatiti keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Uning o'ziga xos xususiyatlari ko'yidagilardan iborat. Kasallik barcha viloyatlarda deyarli bir xil ko'rsatkichlarda qayd atiladi. Har 6-8 yilda kasallikning sezilarli darajada ko'tarilib avj olishi kuzatiladi. A gepatigga uchun mavsumiylik xos. Bemorlar soni avgust oylaridan boshlab ko'tarila boradi va dekabr oylarida avjiga chiqadi. Keyin kasallanish kamaya boshlaydi va may oyiga kelib, eng kam ko'rsatkich kuzatiladi. Demak, yurtimizda A gepatiti Uchun kuzgi-qishki va qishki-bahorgi mavsumiylik xos. Kasallik ko'pincha 2-3 yosh bolalar orasida ko'payadi. Yoshi jihatidan eng ko'p kasallanadiganlar 2-7 yoshdagilar hisoblanadi. Maktab yoshidagilar ularga nisbatan kamroq kasallanadi. Katta yoshdagi odamlar orasida A gepatiti juda kam uchraydi.

YE gepatiti ham kuz-qish oylarida qayd qilinadi. U ko'pincha suv vositasida tarqlada. Shu suv manbaidan foydalanadigan kattayu-kichik ma'lum bir vaqt oralig'ida baravar kasallanadi.

V gepatiti uchun mavsumiylik xos emas. U yilning barcha fasllarida deyarli bir hil ko'rsatkichlarda qayd etiladi. Bu kasallik asosan bir yoshgacha bo'lgan bolalar orasida va katta yoshdagilarda uchraydi.

S gepagati asosan turli kasalliklar sababli ko'p qon kuyilgan bemorlarda qayd qilinadi. Katta jarrohlik operatsiyalari vaqtida ko'p qon qo'yilgan, surunkali buyrak yetishmovchiliga, gemofiliya kabi kasalliklari vajidan ko'p qon va plazma olgan bemorlarda S gapatiti aksariyat uchrab turadi.

Barcha virusli gepatitlarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Kasallikni yuqtirishda ayniqsa xastalik yengil, sariq paydo bo'lmay, subklinik va atipik shaklda kechayotgan bemorlarning roli katta. Bemor atrofida virus tashuvchilar ham bo'lishi mumkin. Ayrim olimlarning fikricha, kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo'lgan har bir bemor atrofida 3-5 ta kasallik yashirii kechayotgan odamlar yoki Virus tashuvchilar bo'lishi mumkin. Ular ayniqsa bolalar yaslisi, botchasi va ko'p bolali xonadonlarda gepatit viruslarini atrofidagilarga tez tarqatadilar. Kasallikning yashrin davri oxiri va boshlanishi kunlarida virus bemor organizmidan judaa ko'plab ajraladi. Virusli gepatitlarning surunkali turi bilan og'rigan bemorlarning ham ayniqsa kasallik zo'raygan vaqtda, epidemiodogik ahamiyati katta.

A za YE gepatitlari fekal -oral mexanizmi vositasida yuqadi. Virus sog'lom kishi ortanizmiga og'iz orqali to'lib najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Oziq-ovqat maxsulotlari va suv muhim tarqatuvchi omil hisoblanadi. Aholi oqar suvdan foydalanadigan joylarida ba'zan virus bilan zararlangan suvni iste'mol qilish oqibatida avj olishlar kelib chiqadi. Kasallik, shuningdek, oila, yasli, bog'chalarda maishiy muloqot yo'li bilan turli o'yinchoq va anjomlar vositasida ham yuqib qolishi mumkin. Bu hol ayniqsa bolalar zich bo'lgan muassasalarda va sanitariya madaniyati past bo'lgan hollarda ko'p uchraydi.

V, S, O gepatitlari asosan parenteral yo'l bilan tarqaladi. Bu kasalliklarda virus qonda bo'lgani tufayli u sog'lom odamga turli tibbiy muolajalar vaqtida shpris, tish shifokori, jarrohlik yoki ginekologik anjomlar vositasida yuqib qoladi.

Keyingi yillarda V gapatiti viruslari so'lak, ko'z yoshlari, sperma, ayollar jinsiy a'zolari suyuqligida ham barligi isbotlandi. Shuni nazarda tutsak, V gepatiti oilada bevosita muloqot vositasida va jinsiy yo'l bilan ham tarqalishi mumkinliga tasdiqlanadi.

S gepatiti odamga asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish oqibatida kelib chiqadi. Donorlar, ayniqsa, plazmodonorlar orasida, gemodializ markazlarida davolanuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar orasida S gepatiti virusini tashuvchilar borligi aniqlangan.

Kasallikdan so'ng huddi shu virusga nisbatan turg'un immunitet hosil bo'ladi. Aynan shu virusli gepatit bilan qaytadan og'rish hollari deyarli kuzatilmaydi. Lekin, A gepatiti bilan ilgari og'rigan odam keyinchalik V, S, O va YE gepatitlari bilan ham kasallanishi mumkin.

Klinikasi. Virusli gepatilarning umumiy klinik belgilari asosan virusning jigar to'qimasiga tanlab tasir etishi va bu muhim organning jarohatlanishi bilan bog'liq. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan bog'liq alomatlar: darmonsizlik ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil aynishi va teri sarg'ayishi deyarli barcha virusli gepatitlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda kasallikning har bir turiga hos bo'lgan klinik alomatlarga asoslanib virusli gepatitlarni bir-biridan farqlash imkonini beradi.

A virusli geptitda kasallikning yashirin davri 2 haftadan 6 xaftagacha. Kasallik asosan maktab yoshngacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Uning ketishi shartli ravishda bir necha davrga bo'linada: dastlabki prodroma yoki sarg'ayishdan oldingi davr, sarg'ayish davri va tuzalish davri.

Prodroma davri 7-10 kun davom atishi mumkin. U asosan asta-sekin paydo bo'ladigan alomatlar bilan kechadi. Bola injiq bo'lib qoladi, ishtahasi yo'qoladi. O'yinqaroqlik yo'qoladi, yotgisi kelaveradi. Ayrim hollarda tumov alomatlari burun bitib qolishi, yo'tal, tomoq og'rishi, ko'z yoshlanishi kabi alomatlar kuzatiladi. Ba'zan tana harorati 2-3 kun 38-38,5°S gacha ko'tariladi. Ba'zi bemorlarda ko'ngil aynishi, to'sh ostida og'irlik yoki kuchli bo'lmagan og'riq seziladi. Qorinni paypaslab ko'rilganida jigar biroz kattadashgan bo'lib, paypaslaganda og'rishi mumkin. Bu davrning oxirlariga kelib siydik ranga to'q sarida aylanadi najas, aksincha, oqishroq rangda bo'ladi.

Xuddi shu davrda bemor najasi va siydik bilan virus Tashqariga ko'plab ajarala boshlaydi. Shuning uchun xastalikning aynan shu davrida aniqlab bemorni alohida yotqizish zarur.

Teri sarg'aya boshlashi kasallik avj olish davri boshlanganidan darak beradi. Sariqlik dastlab ko'z oqi va tanglayda paydo bo'ladi. So'ngra teri sarg'aya boshlaydi. Sarg'ayish kun sayin orta boradi. U avjiga chiqqan davrda teri limon rangada, bug'doyrang odamlarda teri hatto zarg'aldoq rangini eslatishi mumkin. Ba'zan teri qichiydi. Avj olish davrida umumiy intoksikatsiya alomatlari avjiga chiqadi. Darmonsizlik kuchayadi. Ayrim bemorlarda qusish kuzatiladi. Qorinning yuqori qismida og'riq bezovta qiladi. Jigar kattalashgan bo'ladi. Ba'zan taloq ham kattalashadi. Najas oq raki bo'lib qoladi. Siydik rangi achchiq, damlangan choyni eslatada. Bu davr ko'pincha 1-2 haftadan ortiq davom etmaydi.

Sarg'ayish kamaya boshlab, bemor o'zini durustroq his qila boshlaganidan tuzalish davri boshlanadi. Ko'p hollarda bir hafta ichida teridagi sariq rang kamaya borib, butunlay yo'qoladi. Unga mutanosib ravishda bemorda asta-sekin quvvat paydo bo'ladi, ishtahasi yaxishlanadi. Shu davrda ko'pchilik bemorlarda kattalashgan jigar va taloq ham o'z holiga qaytadi. Umuman olganda, A gepatnti ko'p hollarda yengil o'tib, asoratlar qoldirmaydi. Surunkali turi uchramaydi.

Ba'zi bemorlarda kasallik g'oyat yengil o'tadi. A gepatitning sariqsiz, subklinik turda kechadigan hollari shunday kechada. Bunday bemorlarda odatda shikoyat bo'lmaydi. Teri va shilliq qavatlarda sariq paydo bo'lmaydi yoki sinchkovlik bilan tekshirilganda seroz sarg'aygani aniqlanishi mumkin. Odatda, bunday bemorlar shifokorga murojaat qilmaydilar. Lekin infeksiya manbai sifatida ular kasallik tez tarqalishiga sababchi bo'ladilar. Shu toifa bemorlar, ko'pincha, kasallik yaqqol namoyon bo'lgan bemor atrofidagilarni tekshirib ko'rish vositasida aniqlanadi. Avvalo, ular qornini paypaslab ko'rganda ko'p hollarda jigari kattalashgani aniqlanadi. Bemordan qon olib, gepatit uchun xos fermentlarga tekshirib ko'rilganida, ularning miqdori ortib ketgani ma'lum bo'ladi, Bunday bemorlarni ham albatta alohidalash lozim.

V virusli gepatitida kasallikning yashirin davri 6 haftadan 6 oygacha. Xastalik ko'pincha o'rta og'irlikda kechadi, 5 10% bemorlarda og'ir hollari qayd qilinadi. Prodroma davri V gepatitida ko'pincha 2-3 haftagacha, ba'zan undan ham ortiqroq muddatga cho'ziladi. Hyech bir sababsiz lohaslik paydo bo'ladi, kayfiyati pasayadi, quvvati kamayadi. Kundalik bajarayotgan ishlari toliqtirib qo'yadi. Ko'proq yotishga extiyoj paydo bo'ladi. Uyqu buziladi. Ba'zi bemorlarda qo'l-oyoq va bug'imlarda og'riq bezovta qiladi. Ayrim hollarda terida qichishadigan toshmalar paydo bo'ladi.

Sarg'ayish davri V gepatitda nisbatan uzoqroq davom etadi. Intoksikatsiya alomatlari ham kuchliroq ifodalangan bo'ladi. Ishtaha butunlay yo'qoladi. Ko'pincha qusish kuzatiladi. Kattalaishgan jigar va taloq ancha vaqtgacha o'z holatiga qaytmaydi. Najas va siydik ham odatdagi rangga qaytishi cho'ziladi.

Tuzalish davri dam g'oyat sekinlik bilan kechadi. Taxminan 9% hollarda kasallik surunkali turga o'tadi. U surunkali NVs-antigen tashuvchilik, ya'ni surunkali persistirlovchi gepatit (SPG) va surunkali faol gepatit (SFG) turida kechadi.

V virusli gepatit og'ir kechganida qusish ko'p takrorlanadi. Terida har xil gemorragiyalar - qon quyilishlar kuzatilishi mumkin. Teri g'oyat sarg'ayib ketganiga qaramay, jigar unchalik kattalashmasliga xarakterli hisoblanadi. Kasallikning og'ir turi avj olish davrida o'tkir jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Uyquning behalovat bo'lishi, vahimali tushlar ko'rish bunday holatning darakchisi hisoblanadi. Xuddi shu davrda koagulogramma tekshirilsa, qondagi protrombin indeksi (PTI) pasaya boshlagan bo'ladi (sog'lom kishilarda PTI - 80-100%).

O'tkir jigar yetishmovchiligi oqibatida qonda zaharli moddalar ko'payib, bosh miyaga ta'sir ko'rsatadi. Uni o'tkir jigar ensefalopatiyasi (O'JE) deb ataladi. O'JE 4 bosqichga bo'linadi. 1-N bosqich O'JE da bemor alahsirib, xushi dam-badam yo'qolib tursa, III-IV bosqich UJE da bemor to'la hushsiz holatga tushadi va ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

D virusli gepatit ilgari qayd etilganidek, V gepatiga bor joyda yuqadi. O'z ma'yorida kechayotgan V geptitida harorat ko'tarilishi ECHT ortishi, umumiy intoksikatsiya va sariqlikning ko'payishi delta (D) gepatiti qo'shilganidan darak beradi. Uni laboratoriya tekshirishlari bilan ham tasdiqlash mumkin.

S virusli gepatitning yashirin davri 30-45 kun. U virus tutgan qon yoki uning preparatlari quyilgandan so'ng kelib chiqadi. Ko'p hollarda yangil yoki o'rta og'irlikda kechayotgan A virusli gepatitidan farq qilmaydi. Xavfli joyi shuki, u 75-80 % gacha hollarda surunkali turga o'tadi. Surunkali S gepatiti jigar sirroziga aylanishi ko'p uchrab turadi. Jigar raki ham S virusli gepatiti bilan uzviy bog'liqligi keyinga yillarda aniqlandi.

YE virusli gepatiti odatda og'ir kechmaydi. Uni klinik kechishiga qarab A virusli gepatitidan farq qilish qiyin. Epidemiologik ma'lumotlar va laboratoriya tekshirish natijalariga qarab ular farqlanadi. YE gepatiti xamilador ayollarda og'ir o'tadi va o'limga olib kelishi mumkin.

Virusli gepatit bilan og'rigan bemorlar axvoli yaxshilanib, kuch-quvvat paydo bo'lganidan so'ng, kattalashgan jigar asli holatiga qaytgach, shifoxonadan chiqarib yuboriladi. Bu vaqtda, odatda, qondagi bilirubin va ALT fermenti miqdori me'yoriga kelib qoladi. Tanadagi sariqlik yo'qoladi. O'rta hisobda A gepatiti bilan og'rigan bemor shifoxonada 14-18 kun, boshqa gepatitlarda 21-30 kun yotadi.

V va S gepatitlaridan so'ng ba'zi bemorlarda kasallik surunkali turga o'tadi. Ayrim xollarda esa turli muddat (ba'zan bir necha yil) davom etadigan virus tashuvchilik shakllanadi.

Tashxisi. Virusli gepatit bilan og'rigan bemorlarga kasallik, avj olgan davrda asosiy klinik alomatlariga qarab tashxis qo'yish qiyin emas. Tashxisni tasdiqlashda biokimyoviy va virusologik tekshirishlardan keng foydalaniladi. Ular, ayniqsa, virusli gepatitlarning yengil, sariqsiz kechadigan xollarini kasallikning prodroma davrida aniqlashga yordam beradi.

Kasallik qo'zg'atuvchilarini aniqlash maqsadida A va YE gepatitlarida najas va siydikdan sinama olib muzlatilgan xolda virusologik laboratoriyaga yuboriladi. Bu biologik materiallarda elektron mikroskop yordamida virusni topish mumkin. U juda mashaqqatli ish, faqat yirik laboratoriyalarda amalga oshiriladi.

Amaliyotda, kasallik qo'zg'atuvchisi to'g'risida ma'lumot olish uchun teskari passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (ROPGA — reaksiya obratnoy passivnoy gemaglyuginatsni) dan va radioimmun tahlil (RIA) dan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda virusli gepatit diagiostikasida RIA dan keng foydalanadi. Bemordan qon odib, uning zardobi ajrataladi. Zardobni maxsus diagnostikumlar bilan aralashtirib, bemor qonida virusli gepatit darakchi (markyor) lari borligi tekshiriladi. Keyingi yillarda V gepatitining uchala antigeni: NVsAg. NVsAg, NVeAg xamda ularga qarshi ziddi tanacha (antitelo) lar: anti-NVe, anti-NVs va anti-NVe larni aniqlash imkonini beradigan diagnostikumlar chiqarilmokda. Shuningdek, D-antigen va anti-D, anti-A, anti-S markyorlarni aniqlovchi diagnostikumlar ham bor. Markyorlarning bor-yo'qligi va titriga qarab kasallik davrini va bemordan boshqalarga kasallik yuqish ehtimoli qanchalik ekanini bilish mumkin. Virusli gepatitni aniqlashda shu virusga qarshi hosil bo'lgan IgM va IgG ni aniqlash diagaostik axamiyatga ega.

Biokimyoviy tekshirishlardan qondagi bilirubin, uning hosillari, oqsillar, ba'zi fermentlar miqdorini aniqlash keng qo'llanadi. Timol va sulema sinovlari ham virusli gepatitlarga xos ravishda o'zgaradi, sog'lom odamda qondagi umumiy bilirubin miqdori 8.5-20.0 mikromol/l bo'lsa, virusli gepatitda u 150-200, xatto 400 mmol/l gacha ortib ketishi mumkin. Shuningdek, erkin va bog'langan bilirubinlar miqdori xam ortib ketadi.

Fermentlardan alaninaminotransferaza (ALT) miqdori ortib ketishi virusli gepatilarga xos xisoblanadi. Aspartataminotransferaza (AST) fermenti xam ko'pincha ortadi. Sog'lom odamda ALT miqdori 0.1-0.68 mmol/l, AST — 0.1-0.45 mmol/l. Bu fermentlarni aniqlash amaliyotda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Kasallik o'chog'ida, bemor bilan muloqotda bo'lganlar orasida virusli gepatitning yengil, sariqsiz xollarini aniqlashda bu tekshirish natijalari katta yordam berada. Koagulogrammani va qondagi qand miqdorini tekshirib turish xam axamiyatli.

Timol sinovi sog'lom odamaarda 2-5 birlikka teng. Virusli gepatitlarda u 8-10-12 birlikkacha borada. Sulema sinovi normada 1.8-2.2 ml. Bemorlarda bu ko'rsatkich pasayishi (1.6-1.4) xarakterli. Siydikka yod eritmasi tomizilganida yashil xalqa hosil bo'lishi, o't pigmentlari borligidan darak beradi va gepatitga xos xisoblanadi.

Virusli gepatilarga tashxis qo'yishda funksional va maxsus tekshirishlardan xam foydalaniladi. Maxsus igna yordamida jigarni sanchib, to'qima olish (jigar biopsiyasi) mumkin. Unga maxsus ishlov berib, mikroskop ostida to'qimada virusli gepatitga xos o'zgarishalr xolatini bilish uchun ultratovush apparati yordamida tekshirish keng ko'llanmoqda.

Davolash. Virusli gepatit bilan og'rigan bemorlarning barchasi shifoxonaga yotqizib davolanadi. Davolashning asosi — yotish rejimiga rioya qilish va parxezni saqlash. Virusli gepatit yengil kechayotgan bemorlar ham kasallikning dastlabki va avj olgan kunlarida ko'rpa-to'shak qilib yotishi lozim. Jismoniy va ruxiy toliqish to'g'ri kelmaydi. Bemor qiyin hazm bo'ladigan va seryog' ovqatlar, sho'r va achchiq, qovurilgan mahsulotlarni iste'mol qilmasligi kerak. Katta odam tunu-kun davomada qabul kilgan suyuqlik 2 litrdan kam bo'lmagani ma'qul. Bu maqsadda ko'k choy, meva sharbatlari gazi chiqarib yuborilgan mineral suvlar, qatiq ichish tavsiya etiladi. Har kuni suzma (chakki) iste'mol qilib turish g'oyat foydali.

Iste'mol qilinadigan ovqat oson singadigan bo'lishi lozim. Go'shg yog'siz, qiyma va qaynatib pishirilgan xolda buyuriladi. Qiymali mastava, ugra oshi, go'ja, karam sho'rva, sutli vermishel va boshqa suyuq ovqatlar yeyish mumkin. Quyuq ovqatlardan ezilgan kartoshka, guruch bilan dumaloqlangan qiyma, shirguruch, shavla, qaynatib pishirilgan tovuq go'shti yoki baliq, bug'da pishirilgan qovoq,- qovoq manti kabi taomlar tavsiya etiladi. Osoyishta yotish va parhyez saqlanish jigar faoliyatini tez tiklaydi, uning himoya kuchini oshiradi. Virusli gepatit yengil kechgan xollarda shuning o'zi yetarli, qo'shimcha dori-darmonlarga hojat xam qolmaydi.

Kasallik o'rtacha og'irlikda va og'ir kechgan hollarda albatta qo'shimcha ravishda tomir orqali suyuqliklar yuborilada. Ayniqsa, homilador, emizikli ayollar, balog'at yoshidagi bemerlarda kasallik to'satdan og'ir turga o'tib qolishi mumkinligini yodda tutish lozim.

Intoksikatsiyani qamaytirish maqsadida kuniga tomir orqali 1-1.5 litr suyuqlikni tomchilab yuboriladi. Bu maqsadda 5 %o li glukoza eritmasi, gemodez, Ringer suyuqligi, fiziologik eritma va boshqalar quyiladi. Bu suyuqliklarga 5% li askorbin kislotasidan 5-10 ml qo'shib yuborilsa, yaxshi naf beradi. Shuningdek, tomchilab yuborilayotgan eritmalarga essensiale yoki riboksin aralashtirib yuborilsa, jigar faoliyati tez tiklanadi. V1, V2, V6, V12 va boshqa vitamin preparatlarini og'iz orqali yoki inyeksiya qilib yuborish ham foydali.

Organizmdagi oqsil almashinuvini yaxshilash va himoya kuchlarini oshirish maqsadida 5-10% li albumin eritmasini tomir orqali tomchilab yuborish yaxshi samara beradi.

Kasallik og'ir kechgan hollarda qo'shimcha ravishda gormonal preparatlar ham qo'llanadi. Prednizolon kuniga 90-120 mg dan tomir orqali 5% li glukoza bilan qo'shib qo'llanadi. Gidrokortizon esa odatda, 125-250 mg dan muskul orasiga yuboriladi.

O'tkir jigar ensefalopatiyasi ro'y berganda yuboriladigan suyuqliklar miqdori 2 litrga yetkaziladi va gormonal preparatlradan tashqari qon ham quyiladi. Qon guruhni bemorniki bilan bir hil bo'lgan donorlardan va issiq holda olinib 300-400 ml miqdorda quyiladi, zarur hollarda bu muolaja 2-3 kun davomida takrorlanadi.

Keyingi yillarda virusli V va S gepatitlarni davolashda spetsifik preparat - interferonlar qo'llanadi. Jumladan, intron-A shunday preparatlardan hisoblanadi. Uning tarkibida sanoatda rekombinatsiya (gen injeneriyasi) usuli bilan ko'paytirilgan, odam leykotsitidan ajratib olingan alfa-2 binterferoni bor. Bu interferon virus jigar xujayralarida joylashib olishiga qarshilik qiladi. Shuningdek, immunitetni kuchaytirish qobiliyatiga ega. Surunkali V va S gepatitlarini davolashda 3 mln XB dozada haftasiga 3 marta teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi. Davolash kursi 6 oy.

Profilaktikasi. A va YE virusli gepatitlarining profilaktikasi ichak infeksiyalaridagiga o'xshash. Kasallik oldini olishda aholini sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash, turmushda sanitariya-gigiyena talablariga, shaxsiy gagiyenaga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Bog'cha va yaslilarda bolalar soni belgilanganidan oshib ketmasligi kerak. Biror guruhda A gepatiti aniqlansa, shu guruh 21 kun karantinda bo'ladi. Guruhdagi gepatit bilan og'rimagan barcha bolalarga tezda muskul orasiga gammaglobulin (1.5 ml) yuboriladi. Karantin davrida bola uyida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladi. Uning barmog'idan qon olib, ALT fermenti miqdori tekshiriladi. Miqdor ortgan bo'lsa, bola shifoxonaga jo'natiladi. Tibbiy kuzatuv davrida siydik va teri rangi sarg'ayishiga e'tibor beriladi. Maxalla pediatri bola jigari axvolini paypaslab tekshirib turadi.

Suv ta'minoti talab darajasida bo'lmagan, turar joylarning sanitariya holati yomon, V gepatiti keng tarqalish xavfi yuqori bo'lgan joylarda profilaktika maqsadida, iyul-avgust oylarida maktabgacha yoshdaga barcha bolalarga gammaglobulin yuborilada. Eslatib o'tish lozimki, har bir bola 14 yoshga to'lgunicha 3 martadan ortiq gammaglobulin olmasligi kerak.

V, O va S gepatitlari profilaktikasida tibbiyot muassasalarda sterilizatsiya rejimiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Sterilizatsiya puxta bo'lishi uchun deyarli barcha tibbiyot muassasalarida markazlashgan sterilizatsiya bo'limlari (MSB) mavjud. Avvalo, har bir xamshira shpris va boshqa tibbiy anjomlarni ishlatilganidan so'ng oqib turgan suvda yaxshilab yuvib, 3% li xlorli oxak eritmasiga solib ko'yishi kerak, Shpris, ignalar, tomchilab dori yuborish sistemalari, gematologik, ginekologik, qon oladigan anjomlar va boshqalar MSB ga sanab topshiriladi. U yerda tibbiy anjomlar sovunlab qaytadan qiladi. Keyin qaynatib yuboriladi. So'ngra avtoklavda sterillanadi.

Keyingi yillarda virusli gepatitlar va orttirilgan immunitetm tanqisligi sindromi (SPID) parenteral yo'l bilan yuqishini kamaytirish maqsadida bir marta ishlatiladigan anjomlar ishlab chiqarilmoqda. Bir marta ishlatiladigan shpris sistema, skarifikator va boshqalar shular jumlasidan. Turli kasalliklar bilan og'rigan bemorlarga intyeksiya qilib yuboriladigan dorilarni cheklash, donor qonini faqat xayotiy zarurat bo'lganida quyish kabi talablar ham parenteral yo'l bilan tarqaladigan kasalliklar oldini olishga qaratiladi.

V gepatiti tashuvchisi bo'lgan yoki tug'ish oldidan bu kasallik qayd qilingan onalardan tug'ilgan bolalarga kasallik yuqish xavfi g'oyat yuqori. Bunday bolalar majus profilaktika maqsadida V gepatiti vaksinasi bilan emlanadi. Vaksina bola tug'ruqxonadan chiqishi oldidan, bir va 3 oylik bo'lganida (jami 3 marta) muskul orasiga yuboriladi.

: wp-content -> uploads -> 2017

2017 -> Sən mənim dözümümü görəcəksən

2017 -> Yazıçı-publisist "Afərin, Sona xanım! Əllərinizə sağlıq!"

2017 -> Yazıçı-publisist "Əkinçi" qəzetindən gül ətri gəlir

2017 -> Don Kixot dediyim üçün bir dostum məndən 18 il küsülü qaldı”

2017 -> Yazı Bu ensiklopedik xarakterli ekspromt-fantaziya tipli

2017 -> Gənclər təşkilatının adı

2017 -> Рабочая программа по дисциплине «Микробиологии, вирусологии»

2017 -> Column 1 Column 2 Column 3

2017 -> O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari

Поделитесь с Вашими друзьями:

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 31

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2019



rəhbərliyinə müraciət
Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin