B12 vitamini Vitamin B12 (kobalamin, antianemik vitamin) 1948-yiIda jigardan kristall holda ajratilgan. 1955-yilda D. Xodjkin uning strukturasini aniqlagan.
Vitamin Bl2 so’rilishi uchun ichki omil (Kastl omili) kerak. Kobalaminlar so’rilishi quyidagicha kechadi: a) Vitamin B!2 va ichki omil bilan kompleks hosil bo’lishi; b) bu kompleksni Ca ionlari ishtirokida shilliq qavatning epiteliysi membrana retseptorlari bilan birikishi; d) endotsitoz yo’li bilan uni transporti; e) qopqa venasida kompleksni gidrolizlanishi. Jigar va buyrakda vitamin B12 faol shakli hosil bo’ladi va to’qimalarga tarqaladi.
Ferment sistemalarda erkin vitamin B12 emas, balki B12kofermentlar prostetik guruh sifatida qatnashadilar: metilkobalamin (metil-B12) va dezoksiadenozilkobalamin (DA-B12). Vitamin B12 koferment sifatida transmetillanish va izomerlanish reaktsiyalarida qatnashadi. Metil-B12 gomotsisteinmetiltransferazaning kofermeriti hisoblanadi va N5-metiI-TGFK bilan birgalikda metil guruhni gomotsisteinga ko’chirilishi hamda metionin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu jarayonda kobalamin TGFK bilan sinergist ta’sir etadi.
DA-B2 metilmalonil-KoA-mutaza fermentining kofermenti hisoblanadi va metilmalonil-KoA suktsil-KoA aylantiradi. Bu jarayon Krebs halqasida propionil-KoA qoldiqlarini yonishini ta’minlaydi. Propionil kislota qoldiqlari toq uglerod atomli yog’ kislotalar oksidlanishi, xolesterinni yon zanjirlarini oksidlanishi va ba’zi aminokislotalarning (metionin, izoleytsin, treonin, valin) uglerodli radikallarini hamda timinni oksidlanishida hosil bo’ladi. Kobalamin folat kislotasi kofermentli hosilalarini hosil bo’lishi va zahiralanishini ta’minlaydi. DNK sintezi va qon hujayralari yetilishi shu yo’sinda proliferatsiyasida ishtirok etadi. Vitamin B12yetishmaganda mikrotsitar, megaloblastik anemiya rivojlanadi.
Nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va oshqozonning shira kislotaligi keskin pasayadi. Oshqozon shirasi tarkibidagi gastromukoprotein (transkorrin, Kastl omili) bilan vitamin B12 bog’lanib, yangi murakkab kompleks hosil qiladi va ichak orqali so’riladi.
Mikroorganizmlar vitamin B12ni sintezlaydi. Asosiy manbalar -go’sht, mol jigari, buyrak, baliq, sut, tuxum. Sutkalik me’yori - 0,003 mg.