DNK ning birlamchi strukturasi
Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda mavjud. U genetik (irsiy) axborotlarni o`zida saqlab, uni avloddan-avlodga uzatishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasida irsiy belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin joylashgan dezoksiribonukleotidlar qatoridan iborat. DNK tarkibida to`rt xil dezoksiribonukleotid bo`lib, oqsildagi aminokislotalar sonidan kam bo`lsa ham ularning ketma-ket qator soni oqsildan uzun bo`ladi.
DNK nukleotid qatorini ya'ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash) oxirgi yillarda juda yaxshi yo`lga qo`yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun xromosoma genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham sekvenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank axboroti sifatida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |