Nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibi
Nuklein kislotalar fermentlar, kislota, ishqor va boshqa kimyoviy birikmalar ta'sirida bir necha bo`laklarga parchalanadi. Mazkur struktura birikmalariga azot asoslaridan purin va pirimidin, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota kiradi.
Purin asoslari
Nuklein kislotalar (DNK, RNK) tarkibida asosan ikki xil purin asoslari adenin (A) va guanin (G) uchraydi. Bu birikmalar molekulasi pirimidin va imidazol halqasidan tashkil topgan purinning hosilalari hisoblanadi:
Purin asoslari har xil tautomer shakllarida uchraydi:
Ko`rsatilgan purin azot asoslaridan tashqari, hujayrada gipoksantin (6-oksopurin) va ksantinlar (2,6 dioksopurin) bo`lib, ular adenin, guaninlarning dezaminirlanishidan hosil bo`lib, nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etadilar.
Pirimidin asoslaridan nuklein kislotalar DNK va RNK tarkibida sitozin, uratsil (RNK tarkibida) va timin (DNK tarkibida) kiradi.
Nuklein kislotalar tarkibida ko`rsatilgan azot asoslaridan tashqari yana minor komponentlari uchrab ular t-RNK tarkibida: digidrouratsil, psevdouridin, ksantin, gipoksantin, atsetilsitozin va orot kislotalar uchraydi. DNK tarkibida qisman 5-metilsitozin va 6-metiladeninlar bor. Metillanish asosan, DNKning replikatsiyasidan so`ng hosil bo`ladi. Metillangan asoslar DNK ni "o`zini" DNK- aza fermentidan saqlaydi.
Notabiiy asoslardan 7-metilguanozin, 1-metil-2-amino-6-oksopurin, 6-dimetilaminopurinlar i-RNK va nukleozidlar tarkibida borligi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: |