Fermentlarning kimyoviy tabiati.Oqsillarning molekulyar tuzilishi qanday bo`lsa, fermentlarning kimyoviy tarkibi ham xuddi shunday tuzilishga xosdir. Fermentlar aksariyat, uchlamchi va to`rtlamchi strukturaga ega bo`lgan globulyar oqsillardir. Ular tarkibi bo`yicha ikki guruhga: bir va ikki komponentli, ya'ni oddiy va murakkab oqsillardan bo`lgan fermentlarga bo`linadi. Oddiy yoki bir komponentli fermentlar oqsildan iborat, ikki komponentli yoki murakkab fermentlar oqsil bilan bir qatorda oqsil bo`lmagan qismlardan iborat. Ikki komponentli fermentlarda qo`shimcha prostetik guruh rolini vitaminlar, ularning hosilalari koenzim A, NAD, glyutation-HS, nukleotid, ularning hosilalari va mikroelement ionlari kiradi. Fermentlardagi qo`shimcha qismlarni kofermentlar deb nomlanadi. Oqsil qism-apoferment-feron, ikkalasi birgalikda xoloferment deyiladi. Murakkab fermentlardagi apoferment va kofermentlar bir-birlaridan ajratilsa, ularning faolligi yo`qoladi.