Vitamin A (retinol) kimyoviy jihatdan to`yinmagan bir atomli spirt bo`lib, β-ionon halqa, ikkita izoprin qoldig`idan iborat.
Vitamin A ning vitamerlari bo`lmish A1, A2 aniqlangan. A2 vitamin ionon halqada qo`shimcha ravishda yana bitta qo`shbog` tutadi.
Oziq-ovqat tarkibida A vitamini yetishmasligi natijasida organizm o`sishdan to’xtaydi. Teri va shilimshiq parda quruqlashishi natijasida organizmga kasallik tug`diruvchi mikroblar o`tib, dermatit, bronxit hamda nafas yo`llarining yallig`lanishi kabi kasalliklarni qo’zg`atadi. A avitaminoz bo`lganda yana ko`z ham shikastlanib, g`ira-shira yorug`ni ko`rmaydigan (shapko`r) bo`lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |