Suvda eriydigan vitaminlarga hos sifat reaksiyalari 1- ish. Askorbat kislotani aniqlash (S vitamin) Askorbat kislota o‘simliklar tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Ayniqsa qul mevalarda (smorodina
,
apelsin, limon, na’matak) va sabzavotlarda (bo‘lg‘or kalampiri, gulkaram, ukrop) ko‘p bo‘ladi. Askorbat kislotani aniqlash uning qaytaruvchanlik xususiyatiga asoslangan.
Ish tartibi. 1. Na’matak yoki kartoshka shirasidan olib, 1 ml li probirkaga solinadi. Uning ustiga 2 tomchi kaliy gidroksid va 2 tomchi kaliy geksoqianoferrat eritmasidan qo‘shiladi va probirka chayqatiladi. So‘ngra probirkaga 6—8 tomchi xlorid kislotaning 10% li eritmasidan va 1—2 tomchi temir xlorid eritmasidan solinadi. Probirkada zangori ko‘k yoki ko‘k rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Reaksiya natijasida askorbat kislota oksidlanib, Fe*++ ionlari Fe++ ionlarigacha qaytariladi.
2. Probirkaga na’matak yoki kartoshka shirasidan 1 ml olib ustiga 1 ml 2,6 — dixlorfenolindofenolning 0,02%li eritmasidan solinadi. Eritma indikatorning
rangsiz bo‘lishi hisobiga oqaradi. Indikatorni qo‘shish davom ettirilsa pushti rang hosil bo‘ladi, sababi askorbat kislota oksidlanib bo‘lgan va keyingi qo‘shilgan indikator qaytarilmaydi.
Reaktivlar: na’mataq kartoshka, kaliy geksash-anoferratning 5%li eritmasi, kaliy gidroksidning 5%li eritmasi, xlorid kislotaning 10%li eritmasi,
2.6 — dixlorfenolindofenolning 0,02% li eritmasi.
2- ish. Askorbat kislota miqdorini aniqlash Bu usul askorbat kislotaning nordon sharoitda 2,0
— dixlorfenolindofenolni qaytarish xususiyatiga asoslangan. Reaksiya quyidagicha boradi. Bunda indikatorning to‘q ko‘k rangi (oksidlangan shakl) askorbat kislota qo‘shilganda rangsiz holatga (qaytarilgan shakl) o‘tadi.
Ish tartibi. O‘simlik materialidan 1—5 g olib, chinni hovonchada, shishakukunlari yordamida yaxshilab eriladi va xlorid kislotaning 1%li eritmasidan 5 ml qo‘shib ezishni yana davom ettiriladi. Keyin yana 15 ml xlorid kislota eritmasidan qo‘shiladi va aralashmani 100 ml li o‘lchov kolbaga quyiladi. CHinni hovoncha oksalat kislota yordamida yuviladi va u ham kolbaga quyiladi. Keyin oksalat kislota yordamida kolbadaga suyuqlik cheklangan hajmgacha to‘ldiriladi. Kolbadagi aralashma chayqatilib, filtrdan o‘tqaziladi. Filtrdan o‘tqazilgan suyuqlikda askorbat kislota miqdori aniqlanadi. 2 ta kolba olib birinchisiga 5— 10 ml filtrat, ikkinchisiga 5—10 ml xlorid va oksalat kislota (1:5) aralashmasidan solinadi va 0,001 H
2.6 — dixlorfenol indofenol eritmasi bilan titrlanadi. Askorbat kislota miqdori quyidagicha aniqlanadi.
(a _ ) 7* (‘,088 • 100
X---------------------------
X — O‘simlik materialidagi askorbat kislota miqdori, mg %hisobida, a —tajriba uchun sarflangan indikator mikdori, v — kontrol uchun sarflangan indikator miqdori, T — tuzatma, 0,008 — 1 ml 0,001 H indikator eritmasiga teng bo‘lgan askorbat kislota miqdori. S — Tekshirishga olingan o‘simlik miqdori, g hisobida.
Reaktivlar: o‘simlik materiali, xlorid kislotaning, 1 %li eritmasi, oksalat kislotaning 1 %li eritmasi, hilorfsiolindofenolning 0,001 H
eritmyasi