Vodiy-ziyo


ATOM TUZILISHI HAQIDAGI TA'LIMOT



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#166278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Atom tuzilishi.1-dars spes

ATOM TUZILISHI HAQIDAGI TA'LIMOT.
Atomning murakkab sistema ekanligini M. G. Pavlov 1819 yildayoq aytib o’tgan edi.
XIX asrning 80-yillarida B. N. Chicherin atom huddi "Quyosh" sistemasi kabi tuzilgan va uning markaziga musbat zaryadli yadro joylashgan deb ta'riflagan edi.
A. M. Butlerov 1886 yilda "atomlar bizga ma'lum kimyoviy jarayonlarda bo’linmas bo’lib qolsada, keyinchalik kashf etiladigan jarayonlarda albatta bo’linishi kerak" degan edi.
1904 yilda J. Tomson atomning barcha qismini musbat zaryad band etadi va uni manfiy zaryadli zarrachalar–elektronlar o’rab turadi degan fikrni aytdi.
Ingliz olimi Ernest Rezerford tadqiqotlari natijasida atom tuzilishi haqida planetar nazariya vujudga keldi. Atomga quyidagicha ta'rif berish mumkin:
Atom – kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo’lib, o’zida o’sha elementning barcha kimyoviy hossalarini mujassamlashtiradi. Atom elektroneytral zarracha bo’lib, u musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iborat. Atomning deyarlik barcha massasini yadro massasi tashkil etadi. Atom yadrosi nuklonlardan, ya'ni proton va neytronlardan tuzilgan. Bu nazariya dastlab 1932 yilda D. D. Ivanenko va Ye. N. Gapon tomonidan taklif etilgan.
Elektron massasi m0=9,11∙10-31 kg; uning zaryadi elektr zaryadining eng kichik miqdorini tashkil etadi, uning kattaligi e =1,6∙10-19 Kl (Kulon) ga teng.
Atomning radiusi ham juda kichik: 10-10 m (yoki 10-9 nm).
Yadro radiusi esa 10-4-10-5 nm chamasida bo’ladi, ya'ni atomnikidan tahminan 105 marta (100000) kichikdir.
1911 yilda E. Rezerford atomlar bo`linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g`oyalarni inkor etdi va atom tuzilishi haqida o’zining planetar (yoki nuklear) nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq atom markazida musbat zaryadli yadro mavjud bo’lib, uning atrofida elektronlar harakat qiladi. E. Rezerfordning tadqiqotlari yadro fizikasining yaratilishiga asos bo’ldi.
Elektron zaryadi qiymatini 1909 yilda R. Malliken aniqladi.
Protonning massasini esa Ye. Golshteyn aniqlagan edi. Proton massasi vodorod atom massasiga teng bo’lib chiqdi. Proton (belgisi-p) ning massasi m(p)=1,672649∙10-27 kg yoki uglerod birligi (massaning atom birligi)da 1,007276 ga va zaryadi +1 ga teng (elektrostatik birlikdagi qiymati 1,602189∙10-19Kl). Yadro jarayonlarini aks ettirishda yoziladigan tenglamalarda bu zarrachani ko’rinishda ifodalanadi.
Neytron massasi (1,6747∙10-27 kg) 1932 yilda J. Chedvik tomonidan aniqlandi. Neytron (belgisi "n") neytral zarracha bo’lib, uning massasi m(n)=1,674954 ∙ 10-27 kg ga yoki 1,008665 m.a.b. ga teng.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin