Voleybol mashg‘ulotlarida xavfsizlik va yurish-turish qoidalari Voleybol o‘yini texnikasi


-rasm. 7 — Jismoniy tarbiya 73-rasm



Yüklə 6,61 Mb.
səhifə4/8
tarix28.09.2023
ölçüsü6,61 Mb.
#150403
1   2   3   4   5   6   7   8
Mashg\'ulotlarda voleybol bilan shug\'ullanuvchini har tomonlama tayyorlash usullari

72-rasm.
7 — Jismoniy tarbiya

73-rasm.
74-rasm.
to‘g‘rilanadi. Asosiy amortizatsiya yuklamasini panja barmoqlari o‘ziga oladi. Oyoq, gavda va qo‘lning bu harakatlari birga uyg‘un bajariladi, bu esa barmoqlarning to‘pga qisqa-yumshoq tegishini ta’minlaydi va uni belgilangan tomon, kerakli nuqtaga yo‘naltirish imkonini beradi.
Voleybolchining to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish paytidagi turishi harakatlari hamda asosiy turishdagi oyoq, gavda va qo‘l holatiga, qo‘l barmoqlarining to‘pga joylashishiga e’tibor bering. Shundan so‘ng to‘pni oldinga, o‘z ustida va orqaga uzatish paytidagi voleybolchi harakatini o‘rganing (73-rasm).
Uzatishning boshqa turlari, ya’ni ikki qo‘llab yuqoridan, bir qo‘llab yuqoridan, ikki qo‘llab pastdan sakrab uzatishlar kam qo‘llaniladi (74-rasm).
Zamonaviy o‘yinda uzatish — hujumni uyushtirishning muhim unsuri, himoyani hujum bilan bog‘lovchi hisoblanadi. Bu bilan uzatuvchi o‘yinchining vazifasi hujum zarbasi uchun sheriklarga eng yaxshi sharoit yaratishdir. Har bir voleybolchi tez va aniq uzatishning barcha usullarini egallashi va ularni uzunlik, balandlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgartira bilishi, o‘z vaqtida chalg‘ituvchi harakatlarni bajarishi zarur.

Hujum va himoya texnikasi


Hujum zarbalari. To‘rning yuqori chetidan balanddan to‘rga — to‘pni raqib tomonga bir qo‘llab urish zarbasining texnik usuli hujum (hamla) zarbasi deb ataladi. To‘pning uchish tezligi qo‘l kaft kuchiga bog‘liq, zarba qancha kuchli bo‘lsa, tezlik ham shunchalik keskin bo‘ladi, binobarin, uni qabul qilish ham shunchalik mushkul bo‘ladi. Hamla zarbasi to‘g‘ridan va yon tomondan beriladi. Uni joyidan sakrab yoki yugurib kelib sakrab bajarish mumkin.

75-rasm.
To‘g‘ri hujum zarbasi. Mazkur harakat bajarilganda yugurib kelish uzunligi 2 m dan 4 m gacha yetadi, ya’ni bu ikki, to‘rt qadamdan iborat bo‘ladi (75-rasm). Birinchi qadam qisqa, yumshoq, oxirgi qadam esa uzun, irg‘ishlab bajariladi. Shunda oyoqlarni bukmasdan, to‘g‘ri oldinga olib chiqiladi, keyin tezda boshqa oyoq qo‘yiladi. Gavda biroz orqaga egiladi, qo‘llar esa pastga, orqaga ketadi. Oyoq tovondan uchiga bosilib to‘g‘rilanadi va sakrash bajariladi. To‘pga zarba beruvchi qo‘l qisqa yo‘l bilan siltanib, yelka ustiga ko‘tariladi.
Sakrashda yelkalar va zarba beruvchi qo‘l orqaga cho‘ziladi, gavda keriladi (76-rasm).
Aytish joizki, bu bilan hujum boshlanadi. Shunda zarba beruvchining tirsagi oldinga olinib zarba beruvchi qo‘l, tirsak bo‘g‘imidan yozilib, oldinga harakatlantiriladi va kaft bilan to‘pga zarba beriladi. Zarba paytida barmoqlar jiðslangan, to‘p o‘yinchidan bir qancha oldinda bo‘ladi. Zarbadan so‘ng oyoq va qo‘llar bukilgan holatda tushiriladi. Bu o‘yinchiga kerakli yo‘nalishga o‘tishga va kerak bo‘lsa, harakatni tez boshlash yoki to‘siq uchun takroriy sakrashni bajarishga imkon beradi.

76-rasm. 77-rasm.


Yüklə 6,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin