Voleybol o’yinida holatlar va harakatlanishlar texnikasini o’rgatishni takomillashtirish hamda maxoratni oshirish. Reja


Yuqoridan yon tomon bilan tо‘p kiritish



Yüklə 177,35 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü177,35 Kb.
#179383
1   2   3   4   5   6   7   8
Voleybol o’yinida holatlar va harakatlanishlar texnikasini o’rga (1)

Yuqoridan yon tomon bilan tо‘p kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan tо‘p kiritish usulida о‘yinchi tо‘rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi. Tо‘p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. О‘ng qо‘l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning og‘irligi о‘ng oyoqqa о‘tkaziladi. Zarba zarba beruvchi qо‘l orqadan-yuqoriga yoy bо‘yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og‘irlik kuchi chap oyoqqa kо‘chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Sakrab tо‘p kiritish. Hozirda sakrab tо‘p kiritish usuli keng qо‘llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga о‘xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi.
Hujum zarbalari.
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar tо‘rning yuqori qirg‘og‘idan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir.
Hujum zarbalari yо‘nalishiga kо‘ra quyidagicha farqlanadi: tо‘g‘ri yо‘nalish bо‘yicha (bunda zarba berilgan tо‘p yо‘nalishi hujumchining yugurib kelish yо‘nalishiga mos tushadi) va yо‘nalishni о‘zgartirib (bunda zarba berilgan tо‘p yо‘nalishi hujumning yugurib kelish yо‘nalishiga mos tushmaydi).
Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlarining biri bо‘lib, voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga hamda о‘yin faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir.
Zamonaviy voleybol shugullanuvchilardan nixoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport о‘yinlari turiga mansubdir. О‘yinning mohiyati о‘yinchi harakatining turli yо‘nalish va о‘zgaruvchan vaziyatda о‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida о‘yin davomida kо‘pdan - kо‘p tо‘siq qо‘yish, zarba berish va tо‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, yugurish, tо‘xtash, burilish,egilish va boshqa xarakatlarni yuqori tezlikda ijro etishi katta jismoniy kuch, о‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uyg‘unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta’siri shug‘ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bо‘lishini taqozo etadi. 17

Bugungi voleybolchi bо‘yi jihatdan 185-195 sm xarakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, о‘tkir zexnli, maydonda rо‘y beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan kо‘rsatkichga ega bо‘lishi kerak. Sportchilarning yoshiga tayyorgarligiga malakasiga hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni xajmi va shiddati turlicha bо‘ladi.


Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni.
Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qо‘yidagilardan iborat:
1.Sog‘likni mustahkamlash
2. Hayotiy zarur xarakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va x.k)
3. Harakat sifatlarini rivojlantirish
4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish.
5. Organizmning о‘yin davomida ishtirok etuvchi organ, bо‘lim va mushak guruxlarining funksiyalarini shakllantirish.
6. Uyin malakalarini samarali о‘zlashtirishni ta’minlovchi maxsus sifatlarni rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik ikki xil bо‘lib: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bо‘linadi.

Yüklə 177,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin