CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022
68
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
RAHBAR VA XODIMLAR O'RTASIDAGI NIZOLAR VA ULARNI
BARTARAF ETISH YO’LLARI
Gulhumorxon Raxmonjanovna
Tojiboyeva
Gulsaraxon Muxammadjonovna
Elmuradova
Andijon davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada rahbar va xodimlar o'rtasidagi nizolar sabablari, jamoadagi
ijtimoiy-psixologik iqlimni optimallashtirish masalalari va ularni bartaraf etish yo’llari
haqida atroflicha yoritilgan.
Kalit so’zlar: ijtimoiy psixologiya, nizo, to'qnashuv, rahbar, xodim, ziddiyat.
DISPUTES BETWEEN MANAGER AND EMPLOYEES AND WAYS TO
RESOLVE THEM
ABSTRACT
This article discusses in detail the causes of conflicts between managers and
employees, the issues of optimizing the socio-psychological climate in the community
and ways to overcome them.
Keywords: social psychology, conflict, conflict, leader, employee, conflict.
KIRISH
Rahbar va xodimlar o'rtasidagi munosabatlar muammosi zamonaviy fan va
amaliyot uchun juda dolzarbdir. Asosiy e’tibor boshqaruv samaradorligi, yetakchilik
uslubi, rahbarning vakolati, jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni optimallashtirish
masalalariga qaratilgan. Ularning barchasi "rahbar-xodim" aloqasidagi munosabatlarni
optimallashtirishga, ya'ni "vertikal" to'qnashuvlarga bog'liq bo’ladi.
ASOSIY QISM
“Yetakchi-xodim” bo‘g‘inidagi ziddiyatlarning sabablari quyidagicha;
Rahbar va xodim o'rtasidagi ziddiyatning sabablari orasida ob'ektiv va sub'ektiv
sabablar ajralib turadi. Ushbu turdagi nizolarning ob'ektiv sabablarini ko'rib chiqamiz.
1. Munosabatlarning subardinatsion hususiyati. Rahbar va xodim o'rtasidagi
munosabatlarning funktsional va shaxsiy tomonlari o'rtasida ob'ektiv ziddiyat mavjud.
Ko'pgina mualliflar (D. Kandalov, A. Kitov, A. Papkin, A. Rusalinova, A. Sventsitskiy)
boshqaruv faoliyatida Rahbarlar va xodimlar o'rtasida bo'ysunish munosabatlari
mavjudligini ko'rsatadilar. Ular ikki tomon bilan tavsiflanadi - funktsional (rasmiy,
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022
Dostları ilə paylaş: |