CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
422
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
MAKTABGACHA TA’LIMDA AXBOROT VA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARINING O`RNI
Dilfuza Kadirkulovna Isroilova
Mirzaobod tuman 7 MTT direktori
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarsiz
hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim va
tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari imkoniyatlaridan
keng foydalanish,
sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb vazifalardandir. Mazkur maqolada
maktabgacha ta`lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish,
bolalarni sog’lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda ta‘lim
samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida fikr
yuritilgan, shuningdek zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti
pedagoglari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb vazifalarni qo`yganligi
yoritilgan.
Kalit so`zlar: bola, ta’lim, tarbiya, o`yin,
aхborot texnologiyalari, interfaol
texnologiya, multimedia, audio, video, animatsiya, dastur.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning
barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini
yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi
PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O`zbekiston —
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek, “O`zbekiston
Respublikasida Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish
to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq jamiyatimizning
boshqa sohalarida bo`lganidek, maktabgacha ta‘lim sohasida ham ta‘lim
jarayonlarida
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng foydalanish ta‘lim sifatini
ta‘minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan
maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas’uliyat
qo`yilishi bilan birga, ularning o`z
ustida ishlab, AKT buyicha bilim saviyasini
oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab etadi.
Maktabgacha
ta‘lim
tizimida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan