“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023
79
BOSH MIYA BOʻLIMLARI FAOLIYATINI VA MIYA YARIM SHARLAR
POʻSTLOGʻINING FIZIOLOGIYASINI OʻRGANISH
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali assistenti
Xonov Alaviddin Shoxoʻjayevich
alaviddinx@gmail.com
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti
2-bosqich talabasi
Xujanazarova Shaxrizoda Bobir qizi
shaxrizodaxujanazarova@gmail.com
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti
4-bosqich talabasi
Toʻrayeva Muxayyo Sobir qizi
shavkattoshpolatov707@gmail.com
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti
2-bosqich talabasi
Musurmonqulova Mohira Mansur qizi
Annotatsiya.
Ushbu maqolamizda bosh miya boʻlimlari faoliyati va miya yarim
sharlar poʻstlogʻining fiziologiyasini oʻrganish bo‘yicha so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Bosh miya, uzunchoq miya, miya ko‘prigi, katta, o‘rta,
oraliq
miya va miyacha,
Odamning bosh miyasi uning aql-idroki,
fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim
ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini
analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to‘qima
va organlari ish
faoliyatini bir-biriga bog‘lab boshqaradi, organizm bilan
tashqi muhitning aloqasini
ta’minlaydi.
Bosh miya
(encephalon)
uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi
ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda
gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos
murakkab relefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000
gramgacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394 , ayollarida 1245 g.
Bosh miya uch yirik
qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.