37
baraqaror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ayniqsa, bugungi
kunda bu narsa yaqqol namoyon bo'lmoqdaki, har qanday
mamlakatning bundan keyingi
yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog'liq.
Barchamizga ma’lum, islohotlar va yangilanishlar o‘z-o‘zicha amaliyotga tadbiq qilinganda
oxirgi, ya’ni yakuniy samara kutilganidek bo‘lmasligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, yangi iqtisodiy tizim va munosabatlarning qaror topishida
barcha tarmoqlar kerakli darajada hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlab boriladi, bu olib
borilayotgan islohotlarninig samarali bo‘lishini kafolatlaydi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar
va yangilanishlarni bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga
oshirish va bu jarayonda
davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida
o‘ziga xos turtki bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni
tartibga solish borasida ko‘plab yangi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul
qilishni talab qiladi.
“Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati
samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida
xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida davlat va xoʻjalik
boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash,
shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida”
ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. [1]
Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bosqichida
investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat o’zgarishlarini belgilovchi muhim
omil bo’lmoqda. Doimiy olib borilayotgan investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy
investorlar uchun har tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda.
O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni
qabul qiluvchi mamlakatlar
qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani
O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo‘lindi, degani emas.
Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari turadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki strategik investorlar ko‘p
miqdordagi mablag‘larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va
izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yonaltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina
qo’yilgan mablag‘lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el
investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi
soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi
keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
MDX davlatlarining paydo bo’lishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini
amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo bo’ldi. Shuni aytish kerakki xorijiy
investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchi
tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDX) davlatlari uchun zamonaviy ishlab chiqarish
vositalarini qabul qilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb qarash
kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi, uni olg’a siljituvchi kuch.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy
investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, xar qanday 135 davlat dunyodan ajralgan holda
jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning
yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida
erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O‘zbekiston iqtisodiyotida
chuqur iqtisodiy islohatlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar
rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Globallashuv jarayoniga qo‘shilish
bu dunyoning etakchi
davlatlari bilan hamkorlikda bo‘lish, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining
o‘zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti
uchun investitsiya faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan