39
investitsiyalarning
makroiqtisodiy darajadagi, makro darajadagi va moliya nazariyasidagi
mohiyati to'g'risida ham fikrlar bildirilgan.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni
(ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo'shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushuniladi, ya'ni
bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha,
"Investitsiyalar - bo'sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga
keltirishdir"
Bizga ma'lumki, iqtisodiy o'sish investitsiya resurslarisiz bo'lishi mumkin emas, bu resurslar
o'z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag'dir. Pul mablag'lari
shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu
investitsiyalar moddiylashib, amalda
ishlab chiqarishga jalb etilgandan so'ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o'sishni
ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: