Distanaztya.
Ushbu atama polshalik tibbiyot huquqi bo‘yicha
mutaxassis E. Savitski (1976) tomonidan kiritilgan bo‘lib, u davosiz
deb tan olingan bemor hayotini turli xil, hattoki radikal, favqulloda
davolash usullarini qo‘llagan holatda imkoniyat darajasida
maksimal uzaytirishni nazarda tutadi. Distanaziya an’anaviy tibbiy
etika va oliy insoniylik talablariga to‘la mos keladi. U bo‘1 ishi
mumkin bo‘lgan diagnostik nuqsonlar oqibatini bartaraf etadi (A.
Ya. Ivanyushkin, 1990).
Haqiqatdan ham, distanaziya na qonun va na axloq bilan
ziddiyatga bormaydi. Birinchidan, inson hayoti oliy qadriyat bo‘lib,
uni hattoki qisqa muddatga uzaytirishning o ‘zi ham oliy saodatdir.
Ikkinchidan, tibbiyot fani doimiy rivojlanishda bo‘lib, bugungi
kunda davosiz hisoblangan kasalliklami davolash usullarini
keyinroq kashf etilishi mumkin. Va nihoyat, tibbiyot fani nuqtai-
nazaridan tushuntirish imkoni bo‘lmagan holat, ya’ni “umidsiz”
deb topilgan bemorlaming mo‘j ’iza sifatida sog‘ayishi, kamdan-
kam holatlarda bo‘Isa ham, ammo uchrab turadi.
Qayd etilganlarni xulosa qilganda, evtanaziyaning quyidagi
tasnifini taklif etish mumkin. Shu о‘rinda alohida ta’kidlash lozimki,
jamiyatda va ayrim tadqiqotchilar tomonidan evtanaziya faqat aktiv
va passiv evtanaziyani o‘z ichiga olgan holda tor ma’noda talqin
etiladi.
Evtanaziya tasnifi
I. Aktiv evtanaziya:
A. bevosita:
- ixtiyoriy (o‘z-o‘zini o'ldirish, PAS);
- majburiy (qotillik).
B. bilvosita (ehtiyotsizlik orqasidan o‘ldirish, baxtsiz hodisa).
II. Passiv evtanaziya (ortotanaziya);
A. to‘liq;
B. noto‘liq.
III. Medikotanaziya.
IV. Distanaziya.
1. Tibbiy etikaning modellarini sanab bering?
2. Bioetikaning yuzaga kelishida tarixiy zaruriyatlar o‘mi?
3. “Hayotni e’zozlash” tamoyili nimani anglatadi?
4. Bioetika tamoyillarini sanab bering?
5. “Bemorga moTjallangan m aium ot” tushunchasining
ma’nosi?
6. Bemoming m a’lumotli roziligini asosiy modellari?
7. A’zo va to‘qimalar transplantatsiyasining turlari?
8. Murdadan a ’zo va to'qimalarni olishni huquqiy boshqarish
modellari va ulaming xususiyatlari?
9. “Miya o iim i” tushunchasi nimani anglatadi?
10. Miya o iim i tashxisini qo‘yishga talablar?
11. “Evtanaziya” atamasi kim tomonidan kiritilgan va uning
mohiyati?
12. Evtanaziyaning asosiy shakllarini ko‘rsating?
13. PAS evtanaziyaning qaysi shakliga xos?
14. Bilvosita aktiv evtanaziyaning mohiyati?
15. Ortotanaziya nimani anglatadi?
16. Medikotanaziya mohiyatini tushuntiring?
17. Xospisda qanday yordam ko‘rsatiladi?
18. Distanaziya xususiyatlari?
|