Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Vrach xatosi.
Errare humanum est (lat. ) - xato qilish insonga xos. Shu 
jihatdan tibbiy xodimlaming faoliyati bundan mustasno emas. Mos


tarzda amalda xatodan xoli bo‘lish ehtimoli juda mushkul masala.
Vrach xatosini baholash masalasida turli, ayrim holatlarda esa 
uzaro qarama-qarshi bo‘lgan fikrlar mavjud. Ayrimlar tomonidan 
keng ma’noda ushbu hodisaga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l 
qo‘yilgan aksariyat kamchiliklarni, shu jumladan ham jinoyat, 
ham qilmish sifatida tasniflanadigan holatlaming ham kiritilishini 
ma’qullab bo‘lmaydi. Shunga qaramay S. Ya. Doletskiy (1989) 
haqli ravishda qayd etgandek, ‘Vrach... baxtsizlik, asorat va xato 
tushunchalariga mos kelmaydigan turli xil nuqsonlami kamdan 
kam holatlarda topmaydi”.
“Vrach xatosi” jumlasi ilk bor N. I. Pirgov tomonidan 
taklif etilgan. Uning o‘zi vrachning o ‘z kasbiy xatoliklariga 
munosabatining namunasi sifatida e ’tirof etiladi. I. P. Pavlov 
fikricha N. I Pirogov jarrohlik sohasining professori sifatida ustoz 
va vrach mutaxassisliklari uyg‘unligining noyob namunasi bo‘lgan, 
va uning professor sifatidagi birinchi jasorati “Imperatorlik Derpt 
universiteti klinikasi jarrohlik bo‘limining annallari” ni nashr 
etilishida namoyon bo‘lgan. Ushbu asarning birinchi nashriga 
so‘z boshida 1837 yilda N. I Pirogov yozgan: “Men... o‘zimning 
vrachlik faoliyatim va uning natijalari haqida ochiq so‘zlashni 
muqaddas majburiyatim deb hisoblayman, zero har qanday vijdonli 
inson, ayniqsa o‘qituvchi, kamroq ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa 
insonlarni himoya qilish maqsadida o‘z xatoliklarini imkon 
darajasida tezroq oshkor etish bo‘yicha ichki zaruriyatga ega 
bo‘lmog‘i lozim”.
N. 1. Pirogov o‘z maqolalarida vrachning xato qilish huquqi 
mavjudligi va, aksincha, ularni yashirish huquqi yo‘qligini 
ta’kidlagan. Hayotining so‘nggi kunlarida u quyidagilarni yozgan 
edit “0 ‘z vrachlik faoliyatimning dastlabki kunlaridanoq adashish, 
omadsizliklarimni hech qachon yashirmaslikni o ‘zim uchun qoida 
sifatida qabul qildim, va men barcha xato - kamchiliklarimni oshkor 
etish bilan buni isbotladim. Vijdonim hakamligi oldida tozaman, 
qo‘rqmasdan qachon va qaerda men hech bo‘lmasa bir kamchilik,


loaqal bir omadsizlikni yashirganligimni ko‘rsatishlarini talab qila 
olaman”.
Avstriyalik mashhur jarrohi Teodor Bilrot yozgan: “Faqat 
ruhan ojiz, maqtanchoq va hayotdan charchaganlar o‘zlari 
tomondan sodir etilgan xatolami ochiq aytishdan qo‘rqadi. Kim- 
ki o ‘zini yanada yaxshilash uchun kuch topa olsa, u o‘z xatolarini 
anglashda qo‘rquvni his etmaydi”.
XIX asming ikkinchi yarmida S. P. Botkin qayd etgan: “Men 
o ‘zimni yaxshi tashhisotchi deb hisoblayman, ammo agarda men 
aniqlangan tashhislaming loaqal 30% to‘g‘ri bo‘lganda o‘zimdan 
qoniqish his etardim”.
I. V. Davidovskiyning (1928) ta’rifi bo‘yicha “vrach xatosi -
tibbiyot fani va uning usullarini nomukammalligi, yoki kasallikning 
atipik kechishi, yoki vrach tayyorgarliginmg lozim darajada 
emasligi oqibatida vujudga kelgan, va ayni paytda sovuqqonlik, 
e ’tiborsizlik yoki tibbiy beparvolik elementlari boim agan holatda 
vrachning vijdonan adashishidir”.
Tibbiyot, barcha fanlar kabi, doimo rivojlanishda. Shu bilan 
birga, tibbiy bilim va usullami barcha holatda ham juda mukammal 
deb boim aydi. Ushbu holat esa o ‘z navbatida vrach xatosining 
sababi boiishi va noxush oqibatlami vujudga keltirishi mumkin.
I. V. Davidovskiy vrach xatolarini o‘rganish va tahlil etish 
orqali ulami boshqa vrachlar faoliyatida ham bartaraf etish 
masalasiga alohida e’tibor bergan. Shu nuqtai-nazardan klinik- 
anatomik konferentsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchi 
klinik-anatomik konferentsiya ham aynan I. V. Davidovskiy 
tomonidan 1930 yil 9 dekabrda “Medsantrud” nomli Moskva 
kasalxonasida tashkil etilgan va o‘tkazilgan.
Yuqorida qayd etilganlardan xulosa qilganda, ‘Vrach 
xatosi” tushunchasi huquqiy jihatdan jinoyat, yoki, ma’muriy, 
intizomiy va fuqaroviy qilmish sifatida baholanadigan holatlami 
anglatmasligi lozim. “Vijdonan adashish” natijasida vujudga 
kelgan noxush oqibatlar mantiq bo‘yicha huquqiy javobgarlikni


yuzaga keltirmasligi lozim. Ular oshkor qilinishi va kelgusida 
takrorlamaslik maqsadida hamkasblar o‘rtasida muhokama etilishi 
lozim.
I. A. Kassirskiy “Vrachlik haqida” (1970) nomli kitobida 
yozgan: “Xatolar - vrach faoliyatining muqarrar va qayg‘uli 
intihosidir, xatolar - bu doimo yomon, va moddiylik dialektikasiga 
ko‘ra ulami kelgusida takrorlamaslik uchun boshqalarga yordam 
berish va o‘rgatish, vrach xatosi fojeasidan yuzaga keladigan 
birdan-bir optimal echimdir. Ular ular o‘z mohiyatida qanday qilib 
xato qilmaslik haqidagi fanini mujassam etadi”.
Vrach xatosiga misollar keltiramiz.
Davolash muassasasiga tushlikdan keyin 30 yoshlardagi erkak 
kishi qorin sohasidagi og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, bir marta suyuq 
axlat kelishi kabi shikoyatlar bilan o‘zi murojaat qilgan. Ahvolining 
yomonlashuvini ishda ovqatlanish bilan bog‘laydi. Oldin hech narsa 
bilan og‘rimagan. Ko'rikda umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, 
QB 110/70 mm. sim. ust. , puls 90 ta, qorinda engil og‘riq. Vrach 
ovqatdan zaharlanishga shubha qilib, oshqozonni yuvishga qaror 
qilgan. Oshqozonga zond kiritish vaqtida bemor to‘satdan vafot 
etgan. Autopsiyada miokardning o ‘tkir infarkti aniqlangan. Ushbu 
holatda miokard infarktming abdominal shakli kuzatilgan. Vrach 
ushbu muassasada ko‘zda tutilgan barcha muolajalarni bajargan. 
Ammo, anamnez va kasallikning atipik kechishi vrachning 
adashishiga sabab bo‘lgan.
Taassufki, jamiyatning, shu jumladan tibbiy xodimlaming 
vrach xatosi hodisasiga munosabati hamma vaqt ham bir xil emas. 
Shu nuqtai-nazardan ikkita tarixiy voqea ahamiyatlidir.
1870 yilda Sankt-Peterburg shahrida mashhur akusher- 
ginekolog, Tibbiy-jarrohlik akademiyasi professori A. Ya. 
Krassovskiy tomonidan o‘tkazilgan katta o ‘lchamli tuxumdon 
kistasini olib tashlash operatsiyasidan 40 soatdan so‘ng yosh ayol 
vafot etgan. N. M. Rudneev tomonidan o ‘tkazi!gan patologo- 
anatom ik tekshiruv vaqtida qorin bo ‘ shl ig‘ ida о ‘limning sabablardan


biri boiishi mumkin bo‘lgan gubkali tampon qoldirilganligi 
aniqlangan. A. Ya. Krassovskiy ushbu holatni mazkur hodisaga 
bag‘ishlangan va “Tibbiyot axborotnomasi” jumalida (1870y. 
, №1) chop etilgan maqolada atroflicha bayon etishni o‘zining 
burchi deb hisoblagan. U qayd etgan edi: 
Bu kabi holatlarda, 
xuddi boshqa muvaffaqiyatsiz kechgan jarrohlik amaliyotlari kabi, 
jarrohning holatiga havas qilib bo‘lmaydi: bunday holatlar bo‘lishi 
mumkinligini tushungan soha bo‘yicha uning do‘stlari achinish 
bilan qarashadi; boshqalar esa, afsuski, aksariyat hollarda do‘stlar, 
ulaming ustidan kulishadi, va bunday maxsus ishlami vakolatsiz 
hakamlar muhokamasiga yo‘llashadi. Mening ishonchim to‘la 
komilki, bu kabi holatlami yashirish mumkin emas, aksincha 
ulaming sabablarini aniqlash va hamkorlikda ulami kelgusida 
takrorlamaslik choralarini ko‘rish lozim”.
Ushbu maqolada u qator savollarga javob topish maqsadida 
yo‘l qo‘yilgan nuqsonning vujudga kelish mexanizmlarini 
sinchiklab o‘rgangan: xususan, gubka qachon va qanday qilib 
qorish bo‘sh!ig‘iga tushib qolgan; gubkani qorin bo‘shlig‘idan o‘z 
vaqtida olib tashlash uchun lozim bo‘lgan chora tadbirlar amalga 
oshirilganmi; gubka qanchalik jarrohlik amaliyoti natijasida yuzaga 
kelgan noxush oqibatining sababi bo‘lishi mumkin; kelgusida bu 
kabi oqibatlami bartaraf etish uchun qanday tadbirlar ko‘rilishi 
lozim. Xulosa qismida A. Ya. Krassovskiy bu kabi asoratlami 
oldini olishga qaratilgan qator tavsiy alarm taklif etgan bo‘lib 
ular hozirgi kungacha o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jumladan, u 
jarrohlik amaliyoti davrigacha va undan so‘ng gubkalami sanash, 
shuningdek ularga uzun tasmalami biriktirib qo‘yishni taklif etgan.
Ikkinchi misol mutlaqo boshqacha tarzda yakun topgan. 
1886 yil jarroh, Peterburg harbiy-tibbiy akademiyasi professori S. 
P. Kolomnin bir ayolni to‘g‘ri ichakning taxminan sil etiologiyali 
yarasi munosabati bilan operatsiya qilgan. Yarani o‘tkir qoshiq 
bilan tozalash va keyinroq ko‘ydirish amaliyoti o‘tkazilgan. 
Jarroh anesteziya maqsadida kokaindan 4 marta 6 gran (l,5g) dan


huqna qilish yo‘li bilan foydalangan. Bunda S. P. Kolomnin ushbu 
miqdor frantsuz hamkasblari tomonidan bu kabi amaliyotlarda 
qo'llaniladigan dozadan ikki marta kam ekanligini ta ’kidlagan. 
Bemoming jarrohlik amaliyotiga javob reaktsiyasi - ingrashlari 
anesteziyaning etarli emasligidan dalolat bergan. Muvaffaqiyatli 
o‘tgan operatsiyadan taxminan 45 min so‘ng o ‘tkazilgan ko‘rik 
vaqtida bemoming ahvoli keskin yomonlashgan: puls susaygan, 
nafas olishning qiyinlashuvi va yuz, barmoqlaming ko‘karishi 
kuzatilgan. S. P. Kolomnin bemor kokaindan zaharlanganligini 
m a’lum qilgan va shoshilinch muolajalami boshlagan, ammo ular 
samara bermagan. Bemor operatsiyadan 3 soatdan so‘ng vafot 
etgan. Murdani tekshirish jarayonida kokaindan zaharlanishtashhisi 
tasdiqlangan. Lekin, sil kasalligi o ‘z tasdig‘ini topmagan, bemor 
zahm kasalligi bilan og‘rigan bo‘lib, unga jarrohlik amaliyotini 
oHkazish uchun umuman ko‘rsatma bo‘lmagan. Matbuotda avj 
olgan vrachni ta’qib qilish mudhish fojea bilan yakun topgan. 
Operatsiyadan 5 kundan so‘ng - 1886 yil 11 noyabrda S. P. 
Kolomnin o‘zini otib o‘ldirgan.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin