Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

K
as

h
u
q
u
q
b
u
za
rl
ik
la
ri
ya
tr
o
g
en
iy
a


Nazorat savollari:
1. Huquq va axloq me’yorlari farqi.
2. Me’yoriy-huquqiy hujjat nimani anglatadi?
3. 
Tibbiy 
xodimlaming 
kasb 
huquqbuzarliklari 
tushunchasining ta’rifi.
4. Qilmish jinoyatdan qanday farqlanadi?
5. Tibbiy xodimlarining qilmishlarini sanab bering.
6. Vrach xatosi tushunchasi ilk bor kim tomonidan taklif 
etilgan?
7. 1. V. Davidovskiy bo‘yicha vrach xatosi tushunchasining 
ta’rifi.
8. Vrach xatosi holatlarida huquqiy javobgarlik masalasi.
9. Baxtsiz hodisa tushunchasi ta’rifi.
10. Qanday holatlarda tibbiy amaliyotda baxtsiz hodisa 
vujudga kelishi mumkin?
11. Yatrogeniya tushunchasi ta’rifi.
12. Yatrogeniya turlarini keltiring.
13. “Sororigeniya” atamasi nimani anglatadi?
14. Yatrogeniyada tibbiy xodimlaming huquqiy j avobgarligi 
masalalari.


VI Bob. MEHNAT QONUNCHILIGI VA TIBBIY 
XODIMLAR FAOLIYATI
Mehnat 
qonunchiligining 
asosiy 
mazmun-mohiyati 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksida 
keltirilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq 
har bir fuqaro mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat 
shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqlariga ega (37-modda).
Mehnat munosabatlarir; bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos 
tarzda huquqiy tartibga solish mehnat huquqining asosiy manbai 
b o ig an Mehnat kodeksi orqali amalga oshiriladi.
Xodim va ish beruvchining mehnatni tashkil qilish borasidagi 
mimosabatlari mehnat qonunchiligi me’yorlari asosida olib 
boriladi. Buning oqibatida munosabatlar qonuniy tus oladi va 
mehnatga oid huquqiy munosabatlar ko‘rinishiga ega boiadi. 
Mehnat qonunchiligi me’yorlari xodim va ish beruvchining huquq 
va majburiyatlarini e’tirof etish orqali ushbu munosabatlarga ta’sir 
etadi va ulami yanada takomillashuviga imkoniyat yaratadi.
Mehnat huquqi, qonunchilik tizimining bir tarm ogi sifatida, 
xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi 
asosida ulaming mehnatga oid munosabatlarini, shuningdek u 
bilan uzviy bogiiq b o igan boshqa ijtimoiy munosabatlami 
tartibga soladi. Mehnat qonunchiligi me’yorlari asosida mehnatga 
oid munosabatlari o ‘matish, o'zgartirish va to‘xtatish tartiblari, 
ish hajmi, ish haqi miqdori, ichki tartib qoidalari, intizom tartibini 
mustahkamlash (intizomiy tartibda rag‘batlantirish yoki jazolash), 
mehnatni himoya qilish, ishga oid bahsli holatlami ko‘rib chiqish 
va boshqalar belgilanadi.
Mehnatgaoid munosabatlar ayrim o‘zigaxosxususiyatlarining 
mavjudligi bilan huquqning boshqa tarmoqlari predmeti (masalan, 
fuqarolik huquqi) tasarrufida boigan ishlab chiqarishjarayonlaridan 
ajrab turadi. Ular quyidagilar:
A. Mehnatga oid munosabatlar bevosita ishlab chiqarish


jarayonida vujudga kelib, moddiy va m a’naviy qadriyatlar yaratish 
bilan bog‘liq bo‘ladi;
B. 
Xodim, mehnat jamoasining bir a’zosi va bevosita ijrochisi 
sifatida, ayrim huquqlarga ega bo‘ladi va unga aniq majburiyatlar 
yuklatiladi;
V. 
Xodim nafaqat jismoniy va aqliy imkoniyatlarini namoyon 
etish uchun, balki o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qanoatlantirish uchun ham mehnat qiladi, bu esa mehnatga oid 
munosabatlarga haqi to ‘lanadigan munosabat tusini beradi va 
so‘nggi holat ulami jamoat tartibi asosida amalga oshiriladigan 
faoliyatlardan farqlaydi.
G. Mehnat munosabatlarida fuqaro shaxsiy mehnati bilan 
ishtirok etadi va aniq kasbi, lavozimi bo‘yicha belgilangan ishni 
bajaradi (Y. Tursunov, 2004).
Mehnat qonunchiligigako‘ramajburiy mehnat, ya’nibiron-bir 
jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash 
ta’qiqlanadi. Ayni vaqtda, harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, favqulodda holatlar 
yuz bergan sharoitlarda, sudning qonuniy hukmi kuchga kirganda, 
shuningdek qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ayrim 
ishlami bajarish majburiy mehnat hisoblanmaydi ( 0 ‘zR MK 
7-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin