yoki qonunchilikka mos tarzda m a’lum bir ishni bajarish imkonini
beradigan maxsus m a’lumot yoki maxsus tayyorgarlikdan
o‘tganligi haqidagi hujjat. 0 ‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan
shaxslar mehnat daftarchasi o ‘rniga asosiy ish joyidan olingan
ma’lumotnomani taqdim etadi ( 0 ‘zR MK 80-modda).
Qator holatlarda ishga qabul qilishdan oldin dastlabki sinov
belgilanishi mumkin. Ushbu sinov
xodimning topshirilayotgan
ishga layotqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida
shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi
haqida bir qarorga kelishi uchun о ‘tkaziladi. Mehnat qonunchiligiga
muvofiq ayrim holatlarda dastlabki sinov belgilanmaydi (homilador
ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolar ishga qabul qilinganda
va boshq.) ( 0 ‘zR MK 84-modda). Dastlabki sinov uch oydan ortiq
bo‘lmagan muddatga belgilanadi ( 0 ‘zR MK 85-modda).
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf
ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Agarda dastlabki sinov
muddati qadar taraflardan birortasi
ham mehnat shartnomasini
bekor qilishni talab qilmagan bo‘Isa, shartnomaning amal qilishi
davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda
yo‘l qo‘yiladi ( 0 ‘zR MK 87-modda).
Korxona kasaba uyushmasi о ‘ z vakillik organlari yoki bevosita
jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) ish beruvchi bilan
jamoa shartnomasini tuzish zaruriyati haqida qaror qabul qilish
huquqiga ega.
0 ‘zR MK 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi
korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid,
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlami
tartibga soluvchi
normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasi tuzishning asosiy tamoyillari 0 ‘zR MK
30-moddasida keltirilgan. Ular quyidagilar:
qonun hujjatlari normalariga rioya qilish;
taraflar vakillarining vakolatliligi;
jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi
masalalami tanlash va muhokama erkinligi;
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan maj buriyatlarning haqiqatda baj arilishini ta’minlash;
tekshirib borishning muntazamligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasining tomonlari bo‘lib kasaba uyushmalari
yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari, ikkinchi
tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar
hisoblanadi. Jamoa shartnomasining
mazmuni va tuzilishi
taraflar tomonidan belgilanadi. Jamoa shartnomasiga mehnatga
oid, ijtimoiy, iqtisodiy, kasbga oid va boshqa masalalar borasida
taraflaming o ‘zaro majburiyatlari kiritiladi.
Jamoa shartnomasida muassasaning iqtisodiy imkoniyatlarini
hisobga olgan holda boshqa shartlar,
shu jumladan qonunlar va
boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan m e’yorlar va
qoidalarda ko‘rsatilganga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari
va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta ’tillar, pensiyalarga
ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat
safari harajatlari uchun kompensatsiyalar va boshqa qo‘shimcha
imtiyozlar).
Basharti amaldagi qonunlarda me’yoriy tusdagi qoidalar
jamoa shartnomasida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita
ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga
kiritiladi ( 0 ‘zR MK 37-modda).
Jamoa shartnomasining loyihasi muassasaning tuzilmalarida
xodimlar tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar
hisobga olingan holda takomiliga etkazilgandan so‘ng mehnat
jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) muhokamasiga
qo‘yiladi.
Jamoa shartnomasining amal qilish muddati taraflar
tomonidan belgilanadi va belgilangan muddat tugagach, yangi
shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha,
to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.