Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Ma’muriy qonunchilik vazifalari?
1. Ma’muriy huquqbuzarlik haqida tushuncha?
2. Ma’muriy qilmish jinoyatdan qanday farqlanadi?
3. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat m a’muriy 
huquqbuzarlik hisoblanadimi?
4. Ma’muriy javobgarlik qaysi yoshdan yuzaga keladi. ?
5. Ma’muriy jazo turlari?
6. Ma’muriy jazolami qo‘llash tartibi?
7. 
Tibbiy xodimlaming kasbhuquqbuzarliklari holatlarida 
ma’muriy jazoning ko‘proq qaysi turi qo‘llaniladi?
8. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi ishlami ko‘rib 
chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar?
9. Ma’muriy huquqbuzarliklami ko‘rib chiqish tartibi?
10. Ma’muriy huquqbuzarlik to ‘g‘risidagi bayonnomaga 
qanday talablar mavjud?
11. Ma’muriy jazoga tartilayotgan shaxs qanday huquqlarga
ega?
12. Qanday holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 
ishlar ко‘rib chiqilayotganda ekspertiza tayinlanadi?
13. Fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiliuvchi 
ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?
14. Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasida sodir etiladigan 
ma’muriy huquqbuzarliklar?
15. Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi 
ma’muriy huquqbuzarliklami sanab bering?


VIII bob. TIBBIY XODIMLARNING FUQAROVIY-
HUQUQIY JAVOBGARLIGI
Fuqarolik huquqi haqida tushuncha
Fuqarolik huquqi - fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy 
va u bilan bog‘liq bo‘lgan nomulkiy munosabatlarini tartibga 
soluvchi huquqiy m e’yorlar tizimidir. Fuqarolik qonunchiligi 
Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ hujjatlardan tashkil topadi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida ham 
jismoniy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar), ham yuridik shaxslar (tashkilotlar, 
muassasalar, korxonalar va h. k .), fuqarolik subyekti maqomiga ega 
bo‘lgan davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik subyekti maqomining asosiy sharti bu fuqarolik 
protsessual huquq layoqati va fuqarolik protsessual muomala 
layoqatining mavjudligidir. Agarda huquq layoqati subyektning 
huquq va majburiyatlarga, ya’ni fuqarolik munosabatlaming 
ishtirokchisi 
bo‘lish 
uchun 
subyektning 
ijtimoiy-huquqiy 
imkoniyatlarga ega bo‘lishini ko‘zda tutsa, protsessual muomala 
layoqati - subyektning o‘z harakatlari bilan o‘zi uchun fuqarolik 
huquq va burchlami vujudga keltirish, shuningdek sodir etgan 
fuqarolik huquqbuzarliklari uchun mustaqil javob bera olish 
layoqatini anglatadi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan 
pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu 
jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat 
namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning 
boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa 
moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. ( 0 ‘zR FK 81-modda). 
Ta’kidlash lozimki, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik 
obro‘si ham nomulkiy huquqlarga taalluqli bo‘lib, fuqarolar ularni 
sud orqali himoya qilishni talab etishlari mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi shaxsning huquq


va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlaydi. Xususan, fuqarolik 
huquqlarini himoya qilishning boshqa usullari qatorida zarami 
to‘lash, ma’naviy ziyonni qoplashni ko‘rsatib o‘tish mumkin ( 0 ‘zR 
FK 15-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin