Nazorat savollari:
1. Qonunchilikka muvofiq xodim va ish beruvchi qanday
huquqlarga ega?
2. Individuval va jamoa mehnat shartnomalarining tuzish
shart-sharoitlari?
3. 0 ‘rindoshlik, o‘rinbosarlik va bir necha kasbda ishlash
xususiyatlari?
4. Qonunchilikda ish vaqtiga nisbatan qanday talablar
mavjud?
5. Mehnatni muhofaza qilish borasida xodim va ish
beruvchining majburiyatlari?
6. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun umumiy
asoslar?
7. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra
bekor qilish tartibi?
8. Ish beruvchining tashabbusiga binoanmehnat shartnomasini
bekor qilish xususiyatlari?
9. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini
bekor qilishga imkon beradigan sabablar?
10. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga
ko‘ra bekor qilish tartibi?
11. Intizomiy qilmish sodir etilgandajazo turlari?
12. Intizomiy jazoni qoilash tartibi?
VII bob. TIBBIY XODIMLARNING MA’MURIY
JA V OBG ARLIGI
Ma’muriy qonunchilik haqida tushuncha
Qonunchilikning alohida mustaqil tarmog‘i sifatida ma’muriy
qonunchilik davlat boshqaruv tizimi va boshqa turli sohalarda
ijtimoiy (jamoat) munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar
majmuasidan iboratdir. Qonunchilikning ushbu turi fuqarolaming
ko‘plab huquqlarini mustahkamlaydi, turli xil muassasalaming
faoliyati, mansabdor shaxslar va fuqarolaming xulqi qoidalarini
belgilaydi (masalan, sanitariya qoidalari, litsenziyalash qoidalari,
atrof muhitni asrash va boshq.), qoidalarni buzganlik uchun
javobgarliklarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo
qo‘llash tartibini ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolaming
nafaqat huquq va erkinliklari, balki ularning majburiyatlari
ham tengligini belgilaydi. Demak, fuqarolar o‘z huquqlaridan
foydalanish bilan bir qatorda, ularga qonun bilan yuklatilgan
majburiyatlami ham bajarishlari shart.
Fuqarolaming o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, ularga
rioya etishdan bo‘yin tovlashi, huquqlarini suiste’mol qilishi mos
tarzdagi qonuniy chora ko‘riIishiga sabab bo‘ladi.
M a’muriy qonunchilikda ko‘zda tutilgan huquq va
majburiyatlami amalga oshirish jarayoni, fuqarolar tomonidan
qonuniy yoki noqonuniy ko‘rinishda bo‘ladiganyuridik harakatlami
bajarish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolaming qonuniy harakatlari ulaming ham huquqlari
(mavjud huquqlardan foydalanish, qonuniy huquqlarga ega
bo‘lish, buzilgan huquqini himoya qilish), ham majburiyatlari
(majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish, qonun talablariga rioya etish)
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Fuqarolaming
noqonuniy
harakati,
ya’ni
ma’muriy
qonunchilik me’yorlarining buzilishi ma’muriy majburlovni ko‘zda
tutuvchi m a’muriy huquqbuzarliklami keltirib chiqaradi.
92
Qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik deganda
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va
jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g ‘ayrihuquqiy,
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan) sodir etilgan harakat
yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu huquqbuzarlik jamiyat uchun
xavf alomatlarini tutmaydi, va mos tarzda jinoiy javobgarlikni
yuzaga keltirmaydi. Ta’kidlash lozimki, m a’muriy huquqbuzarlikr
jinoyat uchun xos bo‘lgan qator umumiy belgilarga ega. Ahamiyati,
oqibatining og‘irligi, sodir etilish sonini inobatga olganda ayrim
huquqbuzarliklar jinoiy qonunchilik nuqtai-nazaridan baholanib,
jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin. Ya’ni, masalan. sanitariya
qonunchiligini, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini, radiatsion va
yong‘in xavfsizligi talablarini, davlat hisobotlarini rasmiylashtirish
tartibini buzilishi, yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ijtimoiy
xavf alomatlarini yuzaga keltirishi va mos tarzda jinoyat sifatida
qayd etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati
yoki harakatsizligi g ‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘Isa, uning
zararli oqibatlariga ko‘zi etgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki
bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa, bunday m a’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb
hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o ‘z harakati
yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
oldindan ko‘ra bila bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin engiltaklik bilan
ulaming oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yohud bunday
oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim
va mumkin bo‘lgan holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday
m a’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb
hisoblanadi.
Qonun bilan himoya etiladigan huquq va manfaatlarga
oxirgi zarurat holatida zarar etkazilishiga sabab boMgan harakatlar
93
m a’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. Bunda shaxsga
yoki shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga
tahdid etayotgan xavfni o ‘sha holatda boshqacha choralar bilan
bartaraf etib bo‘lmasa hamda etkazilgan zarar oldi olingan zararga
qaragandan kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan
harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq m a’muriy huquqbuzarlik sodir
etilgan paytda o‘n olti yoshga to'lmagan shaxslar ma’muriy
javobgarlikka tortilmaydi.
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli
bo‘lgan taqdirda, shu ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan
organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan
ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin ( 0 ‘zR.
MJhK 21-modda).
Dostları ilə paylaş: |