“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonun 1996 yilda qabul qilingan. Uning talablari tibbiy
xodimlar va muassasalar faoliyatiga ham tadbiq etilishi mumkin.
A walroq qayd etilganidek, ushbu Qonun nuqtai-nazaridan agarda
tibbiy xodim va muassasa tibbiy xizmat, ya’ni muolajalarning
ijrochisi sifatida inobatga olinsa, bemor - iste’molchi sifatida
e’tirof etiladi.
Qonunining 4-moddasiga muvofiq, iste’molchilar xizmat va
ijrochi to‘g‘risidato‘liq ma’lumot olish, xizmatlarni erkin tanlash va
lozim darajada sifatli ko‘rsatilishi, xizmatlarning xavfsiz bo'lishi,
xizmatlar va ijrochining g ‘ayrihuquqiy harakatlari natijasida
etkazilgan moddiy va ma’naviy zararlami qoplanishi huquqiga ega.
Qonunning 20-moddasi maxsulotlardagi (ishlar, xizmatlar)
nuqsonlar oqibatida etkazilgan zararlarga moddiy javobgarlikni
nazarda tutadi. Xususan, maxsulotning (ish, xizmat) konstruktiv,
ishlab chiqarish, retseptur yoki boshqa nuqsonlari oqibatida,
shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiy
xavfsizligiga javob bermaydigan ashyolar, qurilmalar, asboblar,
uskunalar, moslamalar yoki boshqa vositalardan foydalanish
oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mulkiga
etkazilgan zarar sotuvchi (tayyorlovchi, ijrochi) tomonidan
qoplanadi. Bunda iste’molchi ijrochi (tayyorlovchi, sotuvchi) bilan
shartnomaviy munosabatda bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’iy
nazar zarami qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar ijrochi
(ishlab chiqaruvchi, sotuvchi) zarar engib bo'lmas kuch ta’sirida
yoki iste’molchining aybi bilan etkazilganligini isbotlasa zarami
qoplash ma’suliyatidan ozod qilinishi mumkin,.
Zarar etkazuvchi aybdor deb topilganda moddiy zarami
va sarflangan harajatlarni qoplashidan qat’iy nazar, ist’emolchi
huquqlarining buzilishi natijasida etkazilgan m a’naviy zarar uchun
to‘lov u tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ma’naviy zarar uchun
to‘lov miqdori sud tomonidan aniqlanishi lozim (22-modda).
1. Fuqarolik huquqi to‘g ‘risida tushuncha.
2. Fuqarolik huquqining subyektlari va huquq subyekti
maqomining asosiy shartlari.
3. Fuqarolik qonunining obyektlari.
4. Deliktjavobgarlik tushunchasi.
5. Delikt va shartnomaviy javobgarliklar farqi.
6. Qanday holatlarda zarami qoplash uchun javobgarlik
vujudga keladi?
7. Fuqarolik javobgarlik sug‘urtalanganda zarami qoplash
hususiyatlari?
8. Zarami qoplashda da’vo muddati.
9. Haq evaziga xizmat ko‘rsatadigan shartnomalar tuzishga
talablar va uni bekor qilish asoslari.
10. M a’naviy zarar tushunchasi va uni to‘lash shartlari.
11. “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni nuqtai-nazaridan tibbiy
xodimlar va muassasalar faoliyatiga qanday talablar qo‘yiladi?
|