IX bob. TIBBIY XODIMLARISING JINOIY
JAVOBGARLIGI
Tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklarining eng jiddiy
ko‘rinishi bu jinoyatdir. Jinoyat sifatida baholanuvchi harakat
quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi: jamiyat uchun xavfning
mavjudligi, jinoiy huquqbuzarlik, aybdorlik vajazoni ko'zdatutadi.
Jinoyat huquqiga muvofiq Jinoiy kodeksida jazo qo‘llash
tahdidi bilan ta’qiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi. Ushbu kodeks bilan
qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar etkazadigan yoki shunday zarar
etkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli
qilmish deb topiladi ( 0 ‘zR JK 14-modda).
Binobarin, ijtimoiy xavf qilmish o‘z mohiyati va oqibatlari
bilan ham jamiyat, ham alohida fuqaroning manfaatlariga jiddiy
zarar etkazishi yoki shunday zarar etkazish xavfini vujudga
keltirishi mumkinligida namoyon bo‘ladi.
Alohida olingan bir ijtimoiy
xavfli
qilmish faqat
qonun tomonidan jinoyat sifatida tasniflangandagina u jinoiy
huquqbuzarlikni anglatadi.
Aybning mavjudligi ijtimoiy xavfli qilmish inson ongi va
irodasi nazorati ostida sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini
anglatadi. Qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir
etgan shaxs aybdor deb topilishi mumkin ( 0 ‘zR JK 20-modda).
To‘g‘ri va egri qasd farqlanadi. Agarda shaxs o ‘z qilmishining
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko‘zi etgan va ulaming yuz berishini istagan bo‘lsa,
bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi. Agarda
shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan,
uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi etgan va ulaming yuz
berishiga ongli tarzda y o i qo‘ygan bo‘Isa, bunday jinoyat egri
qasddan sodir etilgan deb topiladi ( 0 ‘zR JK 21-modda).
Ta’kidlash lozimki, umuman olganda tibbiy xodimlar
faoliyati uchun to‘g ‘ri qasddan sodir etilgan jinoyatlar xos emas.
115
Shu bilan birga, jinoiy abort, mansab soxtakorligi aynan shu kabi
jinoyatlarga taalluqli ekanligini ko‘rsatib o ‘tish lozim.
0 ‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan
ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat
deb topiladi. Agarda shaxs o ‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi eta
turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan
holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid
qilgan bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir
etilgan deb topiladi. Agarda jinoyat sodir etgan shaxs o ‘z xulq-
atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkinligiga ko‘zi etmasada, lekin ko‘zi etishi lozim
va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan
deb topiladi ( 0 ‘zR JK 22-modda).
Aksariyat holatlarda tibbiy xodimlar ehtiyotsizlik orqasidan
sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladi. Masalan,
navbatchilik vaqtida jarroh va anesteziolog qorin bo‘shlig‘ida rejali
operatsiya o ‘tkazishdi (hech qanday obyektiv sababsiz, operatsiya
oldi dastlabki tayyorgarligisiz, assistent va operatsion hamshira
bo‘lmaganda), natijada jiddiy oqibat vujudga keldi. Ushbu qilmish
o‘z-o‘ziga ishonish natijasida ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan
jinoyat deb topiladi.
Boshqa misol. Bemorga tibbiy yordam ко‘rsatish jarayonida
vrach amaldagi diagnostika va davolash standartlari talablarini
ijrosini ta’minlamadi. Mavjud kasallikning asorati rivojlanib,
bemor o‘limiga sabab bo‘ldi. Dastlabki tergov jarayonida vrach
bilishi lozim bo‘lsa ham, amaldagi standartlar talablari bilan tanish
emasligi aniqlandi. Ushbujinoyat ehtiyotsizlik orqasidan, jumladan
beparvolik oqibatida sodir etilgan deb topiladi.
Shu bilan birga qilmishning jinoyat ekanligini istisno
etadigan qator holatlar ham mavjud. Ular qatoriga tibbiyot xodimlar
faoliyatida uchrab turadigan kasb bilan bog‘liq bo‘lgan asosli
tavakkalchilik, oxirgi zaruriyat holatlarini kiritish mumkin.
Jumladan, oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki
boshqa fuqarolaming shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki
davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun
bilan qo‘riqlanadigan huquq-manfaatlariga zarar etkazgan holda
sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa
choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan
zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boisa, jinoyat deb
f topilmaydi ( 0 ‘zR JK 38-modda).
Masalan, tibbiy muassasadan tashqarida laringspazm
natijasida vujudga kelgan hayot uchun tahdidni bartaraf etish
uchun imkonida mavjud vositalardan (qayirma pichoq, polietilen
nay boiagi) foydalangan holda traxeostoma o‘matishga majbur
bo‘ldi. Bemor hayoti saqlab qolindi. Ammo, keyinchalik uzoq
muddat davolanishni talab etuvchi yiringli asoratlar yuzaga keldi.
Vrachning o‘ta zarurat holatida etkazilgan ushbu harakatini jinoyat
sifatida baholash mumkin emas.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari
va tajribalariga muvofiq kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa tavakkal
qilmay erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar etkazilishining
oldini olish uchun tegishli choralami ko‘rgan bo‘lsa, jinoiy
huquqqa muvofiq bunday tavakkalchalik asosli deb topiladi.
Asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga
erishilmagan taqdirda ham etkazilgan zarar uchun javobgarlik
vujudga kelmaydi. Tavakkalchilik odamlaming halok bo‘lish
xavfi, ekologik halokat yoxud boshqacha og‘ir oqibatlaming
kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb
topilmaydi ( 0 ‘zR JK 41-modda).
Tibbiy xodimlarning faoliyatida kasb bilan bog‘liq asosli
tavakkalchilikka quyidagi misolni keltirish mumkin.
Tuman shifoxonasining qabul bo'limiga kechqurun ko‘krak
qafasining sanchma-kesma yarasi, tashqi va ichki qon ketish
belgilari bilan bemor murojaat etgan. Yurak shikastlanganligi
aniqlangan. Jarrohlik bolim ining operatsiya xonasida yurakda
jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan maxsus
shart-sharoit bo‘lmagan. Ayni vaqtda bemorning ahvoli ham
transportda ko‘chirishga imkon bermaydi. Sanitar aviatsiya orqali
viloyat markazidan kardioxirurgni chaqirish foydasiz, binobarin
mutaxassis etib kelguncha bemor vafot etishi mumkin. Vujudga
kelgan vaziyatni inobatga olib navbatchi jarroh tomonidan yurak
jarohatini tikish operatsiyasini o ‘tkazishga qaror qilingan. Ushbu
qaror bemor hayoti uchun m a’lum bir xavfni vujudga keltiradi.
Ammo, mazkur holatda bu bemor hayotini saqlash uchun birdan-
bir to‘g‘ri qaror bo‘lgan va kasb bilan bog‘liq tavakkalchilik
asoslangan deb hisoblanishi lozim. Tegishli tarzda, vrach harakati
jinoyat sifatida baholanishi mumkin emas.
Shunday qilib, aynan tibbiyot xodimining aybi mavjudligini
aniqlash sud-tergov idoralari uchun alohida murakkab holat
hisoblanadi. Binobarin, jinoiy javobgarlik shaxs ijtimoiy xavfli
qilmishni faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir
etgandagina yuzagakeladi. So‘nggi holatni inobatga olganda, tibbiy
xodimlaming kasb yuzasidan jinoiy harakati tibbiyot xodimining
qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan kasbiy majburiyatlarini
buzishi sog‘liqni saqlash borasidagi davlat manfaatlariga yoki
alohida shaxslaming hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazishi
yoki zarar etkazish xavfini yuzaga keltirishini anglatadi (Yu. D.
Sergeev, 1988).
Jazoning ko‘zda tutilishi bu jinoiy qonun talablari buzilganda
jinoiy-huquqiy munosabatlar vujudga kelib, sud jinoiy qonunchilik
bilan ta’qiqlangan aybli qilmish faktining mavjudligini aniqlab,
aybdor deb topilgan huquqbuzarga nisbatan jazo belgilaydi. Jazo
davlat majburlovining alohida ko‘rinishi bo‘lib, sud tomonidan
davlat nomidan aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan belgilanadi.
Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksida belgilangan aqli raso
jismoniy shaxslarga nisbatan belgilanadi. Aksariyat holatlarda bu
jinoyat sodir etish vaqtida 16 yoshga to‘lgan shaxslardir ( 0 ‘zR
JK/17-modda). Aqli rasolik o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli
xiisusiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxsni
arglatadi. Aqli norasolik ikki: tibbiy va yuridik belgilar mavjud
brlganda yuzaga keladi. Tibbiy mezon shaxsda ruhiy kasallik,
ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi, aqli zaiflik yoki boshqa
kasalliklar holatlarini ko‘zda tutadi. Aqli norasolikning yuridik
mezoni o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaslik yoki
/harakatlarini boshqara olmaslikni anglatadi.
Jinoiy qilmishning qonun tomonidan belgilangan belgilari
jinoyat tarkibi deb ataladi va quyidagi elementlardan tashkil topadi:
a.
Dostları ilə paylaş: |