kirish qismida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
-ekspertiza o ‘tkazilgan yil, oy, kun;
-ekspertiza o ‘tkazilgan joy;
-ekspertiza o ‘tkazish uchun asos;
-ekspertlar komissiyasining tarkibi, ularning lavozimi,
ilmiy darajasi, unvoni, ish staji va mutaxassislik bo‘yicha toifasi
ko‘rsatilgan holda;
-komission sud-tibbiy ekspertiza o ‘tkazilayotgan ish;
-ekspertiza maqsadi va uning oldiga qo‘yilgan savollar;
-ekspertlar komissiyasiga taqdim etilgan materiallar, hujjatlar
va tekshiruv obyektlari.
Tekshiruv qismida
ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollami
hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillarni qayd etgan holda ishning
mohiyati qisqacha bayon etiladi, ya’ni ekspertlar komissiyasining
xulosasini tuzish va asoslash uchun lozim bo‘lgan barcha
ma’lumotlar keltiriladi.
Xulosaning ushbu qismida quyidagilar qayd etilishi lozim:
- ishni qo‘zg‘atish uchun asos (masalan, jabrlanuvchi, uning
qarindoshlari yoki aybdoming arizasi);
- voqea joyi yoki murda topilgan joyni ko'zdan kechirish
bayonnomasidan ko‘chirma;
- taqdim etilgan tibbiy hujjatlar ma’lumotlari (kasallik tarixi,
ambulatoriya kartasi va boshqa hujjatlar ulaming raqami, davolash
muassasi va uning tuzilmasini ko‘rsatgan holda) bemor tibbiy
yordamga murojaat etgan kundagi shikoyatlari va umumiy ahvoli,
keyingi dinamik kuzatuvlarda bemor ahvolidagi o ‘zgarishlar,
o‘tkazilgan davolash (konservativ, jarrohlik usulida) chora-
tadbirlari, konsultatsiyalar va mutaxassislar konsiliumi, paraklinik
tekshiruvlar natijalari va boshqalarni tavsiflangan holda;
- murda ekspertizasi xulosasidan ko‘chirmalar, shu jumladan
xulosa to ‘xtamlari;
- murdani patologoanatomik tekshiruvi bayonnomasidan
ko‘chirma, shu jumladan patologoanatomik tashxis, kliniko-
anatomik epikriz bilan;
- qo‘shimcha laboratoriya (gistologik, toksikologik va
boshqalar) tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlar;
- klinik-anatomik vaklinikkonferentsiyalar bayonnomalaridan
ko‘chirmalar;
- javobgarlikka tortilayotgan tibbiy xodimning xizmat
tavsifnomasidan ma’lumotlar;
- idoraviy va noidoraviy tekshiruvlar ma’lumotlari;
- ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlaming so‘roq bayon-
nomalari, tushuntirish xatlaridan ko‘chirmalar.
Barcha yuqorida qayd etilgan ko‘chirmalar, hujjatlardan
olingan ma’lumotlar ekspertlar komissiyasiga taqdim etilgan ish
materiallarining qaysi varag‘ida mavjudligi ko‘rsatilgan holda
bayon etilishi lozim.
Ekspertlar komissiyasining to ‘xtamlari ekspertiza oldiga
qo‘yilgan savollarga javoblami o‘z ichiga oladi va ular xulosaning
tekshiruv qismidagi ma’lumotlardan kelib chiqishi va ularga mos
bo‘lishi lozim. Ekspertlar komissiyasining to‘xtami obyektiv, ilmiy
asoslantirilgan bo‘lishi zarur. To‘xtam bandalari turli xil m a’no
va talqinlarga yo‘l qo‘ymaydigan darajada aniq, tushunarli bayon
etilishi lozim. Ular taqdim etilgan tibbiy hujjatlar materiallari
va boshqa obyektiv m a’lumotlar asosida tuzilishi lozim. Faqat
subyektiv, taxminiy ma’lumotlar bo‘yicha noto‘liq, mavhum,
shuningdek o‘zaro zid bo‘lgan to ‘xtamlar tuzilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Tekshiruv jarayonida taqdim etilgan tekshiruv obyektlari,
materiallar yoki sud ekspertlaming maxsus bilimlari etarli emasligi
aniqlanganda, ekspertlar komissiyasi ayrim savollami hal etishni
asoslantirilgan holda rad etishi lozim. Shu bilan birga ekspertlar
komissiyasi xulosada o‘z tashabbusi bilan ish uchun ahamiyatli
bo‘lgan, ammo ular bo‘yicha savol qo‘yilmagan holatlami ham
yoritishlari mumkin.
Olingan tekshiruv natijalarining tahlili bo‘yicha urnumiy bir
fikrga kelinganda ekspertlar komissiyasi birgalikda xulosa tuzadi
va uni imzolaydi. Agarda ekspertlar komissiyasi a ’zolari o'rtasida
turli xil fikrlar yuzaga kelsa, ulaming har biri barcha yoki ayrim
savollar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Ekspertlar
komissiyasining
xulosasida
huquqbuzarlik
sabablari va uni vujudga kelishiga imkoniyat yaratgan sharoitlar,
shuningdek ulami bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar
ko‘rsatilgan boiishi mumkin.
Xulosa va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali
materiallar xulosaga ilova qilinadi va uning tarkibiy qismini tashkil
etadi. Tekshiruvlar yo‘nalishi, sharoitlari va natijalari qayd etilgan
materiallar sud-ekspertiza muassasasida qonunchilikda belgilangan
muddat davomida saqlanadi.
Sud
ekspertizasi
tugatilgandan
so‘ng,
ekspertlar
komissiyasining xulosasi ish materiallari, tekshiruv obyektlari
bilan birga ekspertiza tayinlagan organga (shaxsga) yo‘llanadi.
Ekspertiza tayinlagan organning (shaxsning) rasmiy ruxsatisiz
ekspertlar komissiyasi xulosasini protsess ishtirokchilariga taqdim
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksida sud ekspertizalarini tayinlash
va o ‘tkazishda gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchilaming
huquqlari (179-modda) keltirilgan. Binobarin, qayd etilgan shaxslar
quyidagi huquqlarga ega:
-sud ekspertizasini tayinlash, o‘tkazish masalasida o‘z
huquqlarini tushuntirib berishlarini talab etish;
-sud ekspertizasi boshlanguncha uni tayinlash haqidagi qaror
yoki ajrim bilan tanishish;
-sud ekspert (-lar)ga raddiya berish va o‘zi ko‘rsatgan shaxslar
ichidan ekspert taynilash haqida tavsiyalar berish;
-sud ekspertizasi oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yish,
qo‘shimcha materiallar taqdim etish;
-ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan ekspertiza
jarayonida ishtirok etish;
-sud ekspertiza xulosasi bilan tanishish va qo‘shimcha yoki
qayta sud ekspertizalari tayinlash va o ‘tkazish haqida talabnoma
berish.
Ko‘rsatilgan
tibbiy
yordamni
baholash
masalasida
o ‘tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertiza jarayonida bu kabi
huquqqa javobgarlikka tortilayotgan tibbiy xodim ega bo‘ladi.
Sud ekspertizasini o‘tkazishda protsess qatnashchilarining
ishtirokiga qonunda belgilangan tartibda ekspertiza tayinlagan
organ (shaxs)ning ruxsati bilan imkon beriladi. Bunda sud
ekspertizasini о ‘tkazishda ishtirok etayotgan protsess qatnashchilari
tekshiruvlami olib borishga aralashmasligi lozim, ammo ekspertlar
komissiyasidan qo‘llanilayotgan tekshiruv usullari va olingan
140
natijalaming mohiyatini tushuntirishni talab qilishlari, shuningdek
tegishli tushuntirishlar berishi mumkin. Protsess qatnashchilariga
ekspertlar komissiyasining yig‘ilishida va to ‘xtam tuzish
bosqichlarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspertlar komissiyasi to ‘xtamda aniqlik kiritish lozim
bo‘lgan noaniqliklar yoki qo‘shimcha tekshiruvlami talab
etmaydigan kamchiliklar bo‘lganda ekspertlar komissiyasi a’zolari
surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan so‘roq qilinishi
mumkin. Ta’kidlash lozimki, so‘roq faqat mavjud xulosa bo‘yicha
o‘tkazilishimumkin. Shungako‘ra, ekspertlar komissiyasi a’zolarini
sud ekspertiza xulosasi taqdim etilguncha so‘roq qilinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
0 ‘zR JPK 187-moddasiga muvofiq ekspertlar komissiyasining
xulosasi ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) tomonidan ish bo ‘yicha
to ‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda ilmiy asoslanganligi
va belgilangan protsessual me’yorlarga rioya qilinganligi nuqtai-
nazaridan baholanadi. Bunda surishtiruvchi, tergovchi, sud uchun
ekspertlar komissiyasining xulosasi dalil sifatida ustuvor kuchga ega
bo‘lmaydi. Ekspertlar komissiyasining xulosasiga qo‘shilmaslik,
tegishli tarzda, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasini olib
borayotgan shaxs tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Ayrim holatlarda bir ish bo‘yicha ikki yoki undan ortiq
komission sud-tibbiy ekspertizalar о ‘ tkazilishi va bunda ко ‘ rsatilgan
tibbiy yordam bo‘yicha ekspertlar komissiyasining fikrlari o ‘zaro
mos kelmasligi mumkin. Bu kabi holatlarda surishtiruvchi,
tergovchi yoki sud tomonidan bir ekspertlar komissiyasi xulosasini
inobatga olganligi va ikkinchi ekspertlar komissiyasi xulosasini esa
rad etganligi sabablari asoslab berilishi lozim.
1. Komission sud-tibbiy ekspertizalar o‘tkazishni belgilab
beruvchi me’yoriy hujjatlar?
2. Komission sud-tibbiy ekspertizalar o ‘tkazish uchun
asoslar?
3. Komission sud-tibbiy ekspertizalar oldiga qo‘yiladigan
savollarga qanday talablar qo‘yiladi?
4. Tibbiy xodimlami javobgarlikka tortish holatlarida
tayinlanadigan komission sud-tibbiy ekspertizalarga qanday
hujjatlar taqdim etiladi?
5. Qanday holatlarda xulosa berishning imkoni yo‘qligi
haqida hujjat rasmiylashtiriladi?
6. Ekspertlar komissiyasi tarkibi qanday tuziladi?
7.
Ekspertlar
komissiyasi
a ’zolarining
huquq
va
majburiyatlari?
8. Komission sud-tibbiy ekspertiza xulosasi qanday
qismlardan tashkil topadi?
9. Komission sud-tibbiy ekspertiza xulosasi to‘xtamlariga
qo‘yiladigan talablar?
10. Komission sud-tibbiy ekspertizalami tayinlash va
o‘tkazish jarayonida gumondor, ayblanuvchi va sudlanuvchilar
qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
11. Qanday holatlarda ekspertlar komissiyasi a ’zolari so'roq
qilinadi?
12. Ekspertlar komissiyasining xulosasi kim tomonidan va
qanday baholanadi?
|