Tibbiy xodimlarning lavo/im jinoyatlari
Lavozim jinoyatlari boshqamv tartibiga qarshi yo ‘naltiriladi
va bu tibbiy xodimlar faoliyatiga nisbatan bu turdagi jinoyatlardan
“Hokimyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” (205-modda),
“Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”
(206-modda), “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” (207-modda),
“Mansab soxtakorligi” (209-modda), “Pora olish” (210-modda)
kabi holatlar ko‘proq uchrab turadi.
Qayd etilgan jinoyatlaming subyekti faqat mansabdor shaxs
bo‘la oladi. Qonunchilikka muvofiq mansabdor sifatida mulk
shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa, korxonada ma’muriy-
xo ‘j alik, tashkiliy, taqsimlash va nazorat qilish huquqiga ega bo ‘lgan
shaxslar tushuniladi. Tibbiy xodimlardan ushbu toifaga sog‘liqni
saqlash muassasalari rahbarlari va ulaming o‘rinbosarlari, muassasa
tuzilmalari rahbarlari (bo‘lim, bo‘linma, laboratoriya, dorixona
mudirlari), shuningdek bosh (katta) hamshiralar taalluqlidir.
Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar o ‘z kasbiy vazifalarini
bajarish jarayonida, ya’ni tashxisot, davolash, profilaktika
amaliyotlarini o ‘tkazishda, mansabdor shaxs hisoblanmaydi va
mos tarzda mansab jinoyatlarining subyekti bo‘la olmaydilar.
Ammo, ayrim holatlarda ular mansabdor shaxs sifatida e’tirof
etilishi va shunga ko‘ra javobgarlikka tortilishlari mumkin. Bu
kabi hollar vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish,
nogironlikni aniqlash, attestatsiyadan o‘tish masalasini hal etish,
toifa kategoriyasini berish, harbiy xizmatga layoqatni (ruxsat berish
yoki ozod etish) aniqlash va shu kabi holatlarda kuzatiladi. Bunday
holatlarda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar mansab jinoyatlari sifatida
talqin etilishi mumkin.
Mansab jinoyatlari quyidagi uchta belgining bo‘lishi bilan
ajrab turadi:
1. mansabdor shaxsga egallab turgan mansabiga mos tarzda
unga yuklatilgan majburiyatlarini buzishi;
2. ijtimoiy xavf alomatlarining vujudga kelishi;
3. huquqbuzarlik va oqibat o ‘rtasida bevosita sabab-oqibat
bog‘lanishining mavjudligi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish
deganda, fuqarolaming huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p
miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishiga olib kelgan
mansabdor shaxsning o ‘z vakolatlaridan qasddan foydalanishi
tushuniladi. Masalan: noto‘g‘ri taqsimlash, ishga qabul qilish
va xodimlami ishdan bo‘shatish, muassasa rahbari tomonidan
xodimlarni asossiz rag‘batlantirish yoki jazolash; aniq ko‘rsatmalar
bo‘lganda bo‘lim mudiri yoki navbatchi vrach tomonidan
bemorning yotqizilishini rad etilishi yoki ahvoli og‘ir bemorlami
shifoxonada erta chiqarilishi.
Agarda shu kabi oqibatlar mansabdor shaxs tomonidan o‘ziga
qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan
harakatlami qasddan sodir etishi natijasida vujud kelsa, hokimiyat
yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish sifatida baholanadi.
Bunda mansabdor shaxs tomonidan ma’lum holatlarda amalga
oshirilishi ko‘zda tutilmagan harakatlami sodir etishi inobatga
olinadi. Masalan, shifoxona bosh vrachining birgalikda echilishi
lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shaxsan bir o ‘zi qaror qabul
qilishi; oila vrachi birdan 30 kunga vaqtincha mehnatga yaroqsizlik
varaqasini berishi va sh. k.
Mansabdor shaxsning o‘z vazifalariga loqaydlik yoki
vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ulami bajarmasligi
yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolaming huquqlari yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki
jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon
etkazilishi, fuqarolarga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir tan jarohati
etkazilishi, odam o ‘lishi; giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning ko‘p miqdorda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat yoki
bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga
sabab bo‘Isa, mansabga sovuqqonlik bilan qarash sifatida
baholanadi. Masalan: tibbiy xodimning sanitariya-epidemiologiya
tartibini qo‘pol darajada buzishi og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan
shifoxona ichi infektsiyasining tarqalishiga sabab bo‘lishi;
fizioterapiya bo‘limida texnika xavfsizligi talabalarining buzilishi
elektrotravma natijasida bemorning o'limiga sabab bo‘lishi;
rentgen apparatning nosozligi yoki mutaxassisning yo‘qligi sababli
rentgenologik tekshiruv o ‘tkazishning imkoni bo‘lmaganligi kalla
suyaklaridagi jarohatlarni aniqlanmay qolishiga sabab bo‘lishi.
Bu kabi holatlarda davolash-diagnostika jarayonini tashkil etishga
mas’ul bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari yoki ularning
tuzilmalarining rahbarlari mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi
uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mansabdor shaxsning g ‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlami
koV.lab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar
kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar
tuzishi va taqdim etishi fuqarolaming huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazilishi
mansab soxtakorligi sifatida tasniflanadi. Nisbatan jiddiyroq jazo
bu kabi jinoyatlarni takroran yoki uyushgan guruh manfaatlari
yo‘lida sodir etilgan holatlar uchun ko‘zda tutilgan. Masalan: harbiy
xizmatdan ozod qilish yoki aksincha, yuborish maqsadida soxta
hujjat taqdim etish; tan jarohatining og‘irlik darajasini pasaytirish
uchun vrach qovurg‘adagi siniqni kasallik tarixida qayd etmasligi.
Aksariyat holatlarda ushbu jinoyat boshqa jinoyatlar, masalan, pora
olish bilan birga sodir etiladi.
Pora olish deganda mansabdor shaxsning o‘z xizmat
mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin
bo‘lgan
muayyan
harakatni
pora
berayotgan
shaxsning
manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan
o ‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib,
moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishi tushuniladi.
Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga bir guruh mansabdor shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh manfaatlarini
ko'zlab, ta’magirlik yo‘li bilan, mas’ul mansabdor shaxs tomonidan
sodir etilishi va juda ko‘p miqdorda pora olinishi kiradi.
Mansab jinoyati bo‘lmasa ham, boshqaruvning belgilangan
tartibiga qarshi jinoyatlar toifasiga “tovlamachilik yo‘li bilan haq
berishni talab qilish” (214-modda) ham kiritilgan. Tovlamachilik
bilan haq berishni talab qilish, ya’ni davlat organining mulk
shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa yoki tashkilotning,
jamoat birlashmasining, fuqarolar o ‘z o ‘zini boshqarish organining
mansabdor shaxs boim agan xizmatchisining xizmat vazifasi
doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi
evaziga haq berishni yoki mulkiy yo‘sindagi manfaatni talab qilish,
shuningdek, shaxsan qasddan fuqarolaming huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishining oldini olish uchun
haq berishga majbur etadigan ahvolga solib qo‘yishi tovlamachilik
bilan haq berishni talab qilish sifatida tasniflanadi. Ushbu jinoyat
subyekti sifatida deyarli barcha tibbiy xodimlar - vrachlar,o‘rta va
kichik tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarining aksariyati
asosan qasddan sodir etiladi, faqat mansabiga sovuqqonlik bilan
qarash bundan mustasno bo‘lib, u asosan ehtiyotsizlik orqasida
vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |