I Bob. TIBBIYOT HUQUQI FANINING MAQSADI,
VAZIFALAM VA PREDMETI
Tibbiyot huquqi - diagnostika, davolash va profilaktika
tadbirlarini olib borish jarayonida bemorlar va tibbiyot xodimlari,
fuqarolar va tibbiyot muassasalari o ‘rtasidagi mimosabatlami,
ulaming huquq, majburiyat va mas’uliyatlari doirasini belgilovchi
qoida, me’yorlarning majmuasidir. Chunonchi bunda fuqarolaming
sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan aholiga davolash-profilaktika
yordami ko‘rsatish, sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlar
o‘tkazish va shu yo‘nalishdagi boshqa faoliyatni olib borishdagi
umumhuquqiy, tashkiliy munosabatlami tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Mazkur ta’rifdan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi tibbiy
faoliyatdagi huquqiy me’yorlar, tibbiyot huquqiga doir nazariy
bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirishdir. Ushbu maqsadga mos
tarzda fanning quyidagi vazifalari belgilangan:
A) fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash haqidagi qonunchilik
asoslarini o‘rganish;
B) tibbiy faoliyat bilan bog‘liq turli xil huquqiy
munosabatlaming xususiyatlarini o‘rganish;
V) tibbiyot xodimlarining turli xil kasb huquqbuzarliklari bilan
tanishish;
G) qilmish va jinoyat ko‘rinishidagi huquqbuzarliklaming
mohiyatini farqlash.
Tibbiyot huquqi fanining o‘qitilishi talabalar tomonidan
ma’lum bir masalalar bo‘yicha xabardorlik, bilish va amaliy
ko‘nikmalaming o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi.
Jumladan, o ‘quv jarayoni tugallangach, talaba quyidagi
masalalardan
xabardor bo‘lishi kerak:
- sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslari;
- tibbiy xodimlar, bemorlaming huquq va majburiyatlari;
- fuqarolik, mehnat, ma’muriy i jinoyat huquqining tibbiy
faoliyatga taalluqli me’yorlari;
- tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida olib
boriladigan tekshiruvlaming xususiyatlari.
Talabalar quyidagi masalalami bilishi kerak:
- tibbiy faoliyat bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablarini hal
etish;
- tibbiy hujjatlami tahlil etish;
- tibbiy yordam nuqsonlarini farqlash.
Talabalar mazkur fan bo‘yicha quyidagi amaliy ко ‘ nikmalarga
ega bo‘lishi kerak:
- tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bahsli holatlarda
o ‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
- tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
tahlil etish;
murda,
tirik
shaxs
sud-tibbiy
ekspertizalarida,
shuningdek, tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari bo‘yicha
o'tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertizalarda mutaxassis
yoki ekspert sifatida ishtirok etish.
So‘nggi davrda tibbiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonning
xususiyatlari sezilarli darajada o ‘zgarganligini e’tirof qilish lozim.
Binobarin, ilgari ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun
tibbiyotga oid tegishli bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lish va umum
qabul qilingan axloqiy-etik qoidalarga rioya qilish etarli deb
qaralgan bo‘Isa, hozirgi paytda bulardan tashqari bu faoliyat bilan
bog‘liq bo‘lgan huquqiy m e’yorlami bilish va ularga izchil amal
qilish zarur.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tibbiy faoliyat keng
ma’noda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga tenglashtirilgan. Ushbu
holatda tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatuvchilar, bemorlar esa
iste’molchilar sifatida talqin etiladi. Bu vaziyat tibbiy faoliyatda
tegishli huquqiy bilimlarga ega bo‘lish zaruratini yanada dolzarbroq
qiladi.
Darhaqiqat, mashhur xirurg N. 1. Amosov yozganidek
“vrachning vijdoniga ishonish lozim, hech qanday qonun uning
o ‘mini bosa olmaydi”. Shu bilan birga tibbiy faoliyatning axloqiy-
etik va huquqiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ulami zinhor
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib boimasligini ta’kidlash zarar
(V. L. Popov). Mazkur jihatlaming o ‘zaro munosabatida huquqni
ma’naviyatning eng quyi darajasi yoki rna’lum bir minimumi,
axloq, etikani esa ma’naviyatning yuqori darajasi deb hisoblash
lozim. Zero, axloqiy-etik talablar erkin, ixtiyoriy bajarilishi
nazarda tutilsa, huquqiy me’yorlarning amal qilinishi bevosita yoki
bilvosita majburlash orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, tibbiyot huquqi fanimng tizimini davolash-
profilaktika, sanitariya-gigiena me’yorlari, fuqarolar so g iig in i
saqlash sohasidagi faoliyatni belgilovchi huquqiy hujjatlar tashkil
etadi. Bundan kelib chiqqan holda mazkur fanning predmeti turli
ko‘rinishdagi tibbiy faoliyatni olib borish jarayonidagi huquqiy
munosabatlarni va shu munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy
statusini belgilovchi me’yorlami o‘z ichiga oladi.
Bu
borada
awalambor
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasini
ко‘rsatish
lozim.
Mustaqillik
yillarida
0 ‘zbekistonda sogiiqni saqlash tizimining tegishli huquqiy -
me’yoriy bazas ini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
tibbiy faoliyatga oid qator maxsus qonunlar - ’’Fuqarolar
so g iig ‘ini saqlash to‘g ‘risida”, “Davlat sanitariya nazorati
to‘g ‘risida”, “Dori vositalari va iarmatsevtika faoliyati to‘g ‘risida”,
“Giyohvand vositalar va psixotrop-moddalar to‘g ‘risida”, “Odam
immunotanqisligi virusi (OITV) chaqiruvchi kasalliklaming
profilaktikasi
to‘g ‘risda”,
“Psixiatrik
yordam
to‘g‘risida”,
“Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”, “Aholini sil kasatligidan
himoyalash to‘g ‘risida”, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi
to‘g ‘risida” va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Binobarin, qonun yaratuvchilik jarayoni uzluksiz b o iib ,
bu yo£nalishda zamon talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
kelajakda yangi qonunlarning ishlab chiqilishi va amaldagi
qonunlarga tegishli o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi
tabiiy holdir.
Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat nafaqat yuqorida qayd
etilgan sogiiqni saqlash borasidagi qonunchilik bilan belgilanadi,
balki keng ma’noda tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati
fuqarolik, mehnat, m a’muriy va jinoiy huquqlar talablari doirasiga
ham bevosita taalluqlidir. Shu sababli huquqning ushbu sohalariga
tegishli tibbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar ham tibbiyot
huquqi tizimiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |