II Bob. FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH BO‘YICHA
QONUNCHILIK ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Asosiy qonunning 18-moddasida mamlakatda barcha
fuqarolaming jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi,
e ’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar tengligi va bir
xil huquq, erkinliklarga ega ekanligi e’tirof qilingan.
Ayni paytda
qonun bilan belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat printsiplariga
mos boMishi shartligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaga
muvofiq
fuqarolaming
qonunchilikda
belgilangan huquq, erkinliklari daxlsiz bo‘lib, faqat sud qarori
bilan ulardan mahrum etish yoki ulami cheklash mumkin. Shu
bilan birga fuqarolar va davlatning huquq va burchlari bo‘yicha bir-
biriga nisbatan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan (19-modda).
Binobarin, fuqarolaming huquq va erkinliklaming amalga
oshirilishi davlat, jamiyat va
boshqa shaxslaring qonuniy
manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur etkazmasligi shart
(20-modda).
Konstitutsiyaning IX bobida fuqarolaming mulkdor bo‘lish,
mehnat qilish, dam olish, tegishli holatlarda ijtimoiy ta’minot olish,
bilim olish kabi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari qatorida 40-moddada
har bir fuqaroning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga
ega ekanligi kafolatlangan. Ushbu-moddaning talqinida malakali
tibbiy xizmat tushunchasiga tibbiy-ijtimoiy yordamning barcha
ko‘rinishlari
- birlamchi tibbiy-sanitariya, tez, shoshilinch va
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam kirishi nazarda tutiladi.
Zero, Konstitutsiyaning 43-moddasida davlat tomonidan
barcha fuqarolaming qonunlar bilan mustahkamlangan huquq
va erkinliklarining ta ’minlanishi kafolatlangan. Xususan,
davlat
tomonidan har bir fuqaroning malakali tibbiy xizmatning barcha
turlaridan foydalana olishi uchun zarur bo‘Igan shart-sharoit va
imkoniyatlar yaratiladi.
Fuqarolar huquq va erkinliklarining daxlsizligini ta’minlash
maqsadida Konstitutsiyada tegishli kafolatlar keltirilgan. Jumladan,
44-moddaga muvofiq har bir shaxsga о !z huquq vaerkinliklarini sud
orqali himoya qilish,
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Binobarin, voyaga etmaganlar,
mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalaming huquqlari davlat
himoyasida ekanligi Konstitutsiyaning 45-moddasida alohida
ta’kidlanadi.
Mantiqiy
jihatdan
qonunchilikda
belgilangan
huquq
va erkinliklarga egalik ma’lum bir burch, majburiyatlaming
boMishini nazarda tutadi. Xususan, Konstutsiyaning XI bobi
fuqarolaming burchlariga bag‘ishlangan. Burch,
majburiyatlarga
rioya qilmaslik yoki ulaming talablarini to iiq bajarmaslik holatlari
bo‘yicha mas’uliyat amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda
fuqarolaming turli xil javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun huquq, majburiyat va javobgarlik hamisha o'zaro
uzviy bog‘liq tushunchalar tarzida qabul qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: