Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Mazkur Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan 1996 yil 29 avgustda qabul qilinib, shu yilning 14 
sentyabridan kuchga kirgan. Qonun 6 qism, 47 moddadan iborat. 
Ta’kidlash lozimki, shundan so‘ng o ‘tgan davrda ushbu Qonunni 
mukammalashtirish maqsadida unga qator o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritilgan.
Qonunning birinchi qismi “Umumiy qoidalar” deb nomlangan. 
Xususan, 2-moddada fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarining quyidagi asosiy vazifalari qayd etilgan:
- fuqarolaming sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat 
tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
- fuqarolaming sogiom turmush tarzini shakllantirish;


- fuqarolaming sogiom turmush tarzini shakllantirish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
jamoat birlashmalarining 
fuqarolaming 
sog‘lig‘ini 
saqlash 
sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Yuqorida keltirilganlardan uchinchi vazifani alohida sharhlash 
lozim. Umum qabul qilingan fikrga ko‘ra, inson salomatligining 
taxminan 48-52% - turmush tarzi, 18-20% - nasi va irsiy xususiyatlar, 
18-20% - ekologik omillar va, nihoyat, 8-10% - unga ko‘rsatiladigan 
tibbiy yordam bilan bogiiqdir. Demak, tibbiyot xodimlarining 
faoliyati, o ‘z vaqtida toiaqon va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi 
mavhum tarzda inson so g iig ‘ining taxminan faqat o ‘ndan bir 
qisminigina ta’minlashi mumkin.
Fuqarolaming so g iig in i saqlash keng koiam li muammo 
boiib, bunga awalambor har bir shaxsning o‘zi, qolaversa, davlat 
idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmalari 
rahbarlari va tegishli mutassadi shaxslar ustuvor, dolzarb masala 
sifatida yondoshib, jiddiy e’tibor berishi lozim.
Qonunda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning quyidagi asosiy 5 
printsipi keltirilgan:
- sogiiqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
- aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand 
b o ia olishi;
- profilaktika chora-tadbirlarining ustuvorligi;
- s o g iig in i yo‘qotgan taqdirda fuqarolaming ijtimoiy 
himoya qilinishi;
- tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi (3-modda ).
Shuningdek, Qonunning ushbu qismida fuqarolaming
so g iig in i saqlash sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining (4-modda), Sogiiqni saqlash vazirligining 
(5-modda), mahalliy davlat hokimiyati organlarining (6-modda) 
vakolatlari haqida m aium otlar berilgan.
Qonunga muvofiq sogiiqni saqlashning davlat, xususiy 
va boshqa tizimlari farqlanadi (7-modda). Sogiiqni saqlashning


davlat tizimi davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat 
tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni bepul ko‘rsatadi. Bepul 
ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmi va tartibi qonunchilik 
bilan belgilanadi. Shu bilan birga belgilangan davlat tomonidan 
kafolatlangan tibbiy yordamdan tashqari tibbiy va boshqa xizmatlar 
qo'shimcha hisoblanib, ularga belgilangan tartibda fuqarolar 
tomonidan haq to‘lanadi (8-modda).
Qonunning ikkinchi - “Fuqarolar sog‘lig‘ini huquqiy 
jihatdan muhofaza qilish” qismida fuqarolaming umuman va ayrim 
toifalarining sog‘lig‘ini saqlash masalalarining huquqiy jihatlari 
yoritilgan.
Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasiga mos tarzda 
fuqarolaming 
sog‘liqni 
saqlash 
borasidagi 
huquqlarining 
daxlsizligi va davlat tomonidan ulaming yoshi, jinsi, irqi, millati, 
tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e ’tiqodi, shaxsiy 
va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ta’minlanishi ta’kidlangan. 
Zero, davlat kasalliklaming har qanday shakllari borligidan qat’iy 
nazar fuqarolaming kamsitishlardan himoya qilishi kafolatlangan 
(13-modda).
Qonunning 18-moddasiga binoan fuqarolar davlat sog‘liqni 
saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, o‘zlarida 
ijtimoiy ahamiyatli yoki atrofdagilar uchun xavfli kasalliklar bor- 
yo‘qligi masalalari, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy, 
tibbiy-irsiy va boshqa jihatlari yuzasidan bepul maslahat olish va 
tekshiruvdan o‘tish huquqiga ega. Ayni shu moddada har bir oila 
o‘ziga oilaviy shifokomi tanlash, bolali oilalar esa qonunchilikda 
belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega ekanligi 
ta’kidlangan.
Binobarin, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
“Nikohdan o‘tayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o ‘tkazish” 
haqidagi 17-moddasi va ushbu tibbiy ko‘rik tartibini belgilovchi 
Nizom bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Qarorida (365-son, 25 avgust 2003 y. ) keltirilgan me’yorlar “


Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi” Qonunning 18-moddasiga 
mos keladi.
Qonunning mazkur qismda ayrim turdagi kasb-kor bilan 
shug‘ullanuvchi 
fuqarolar 
(17-modda), 
voyaga 
etmaganlar 
(19-modda), harbiy xizmatchilar (20-modda), pensiya yoshidagi 
fuqarolar (21-modda), nogironlar (22-modda) hamda favqulodda 
vaziyatlarda jabr ko‘rgan fuqarolaming (23-modda) sog‘liqni saqlash 
borasidagi huquqlarming xususiyatlari ham berilgan.
Ко‘rib chiqilayotgan Qonunda bemor huquqlariga alohida 
e’tibor berilib, ular 24-moddada keltirilgan. Ushbu moddaga muvofiq 
tibbiy yordamga murojaat qilgan va bu yordamni olayotgan paytda 
bemorlar quyidagi huquqlarga egalar:
- tibbiyot va xizmat ko'rsatuvchi xodimlaming hurmat va 
insoniy munosabatda bo‘lishi;
- shifokor va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
- sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoitda 
tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilangan tartibda o‘z iltimosiga ko‘ra boshqa 
mutaxassislaming konsilium qilishi va ulardan maslahat olish;
- tibbiy yordamga murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, 
ko‘yilgan tashxis va tibbiy muolajalar chog‘ida olingan boshqa 
ma’lumotlaming sir saqlanishi;
- tibbiy muolajalarga o ‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki rad
etish;
- o‘z huquq va burehlari, sog‘lig‘ining holati haqida m a’lumot 
olish va bu ma’lumotlami uning manfaatlarini ko‘zlagan holda 
bersa bo‘ladigan shaxslarni tanlash;
- ixtiyoriy tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy va boshqa turdagi 
xizmatlardan foydalanish;
- tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida sog‘lig‘iga zarar 
etkazilgan taqdirda ko‘rilgan zaraming o ‘mi qonunchilikda 
belgilangan tartibda qoplanishi;



huquqini himoya qilish uchun huzuriga advokat yoki boshqa 
qonuniy vakil qo‘yilishi.
Ushbu moddada keltirilgan bemor huquqlari buzilgan taqdirda 
bemor yoki uning qonuniy vakili shikoyat bilan davolash-profilaktika 
muassasasining rahbariyatiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga 
murojaat qilishi mumkinligi ta ’kidlangan.
25-moddaga binoan har bir fuqaro o‘z so g iig ‘ining 
holati, xususan o‘tkazilgan tekshiruv va davolashning natijalari, 
aniqlangan tashxis, kasallikning prognozi, davolash usullari 
va ular bilan bog‘liq xavf-xatar, tibbiy muolajalarning ehtimol 
tutilgan turlari va ulaming oqibatlari haqida to‘liq ma’lumotlar 
olish huquqiga egadir. 0 ‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yoki qonunda 
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar 
sog‘lig‘i haqidagi m a’lumotlar ulaming qonuniy vakillariga 
berilishi lozim. Binobarin, kasallikning kechishi nomaqbul deb 
taxmin qilingan holatlarda ushbu ma’lumotlar fuqaroga yoki u 
tomonidan tayinlangan shaxsga tibbiy etika me’yorlariga rioya 
qilingan holda xabar qilinadi.
Yuqoridaqayd etilganidek, tibbiy aralashuv, barcha muolaj alar 
kasalligiga doir ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda fuqaroning 
ixtiyoriy roziligi bilangina o ‘tkazilishi mumkin. Bemoming 
ahvoli uning hohish-irodasini izhor qilish imkonini bermagan, shu 
bilan birga bemoming manfaatini ko‘zlaganda tibbiy aralashuvni 
kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda mazkur masala konsiliumda hal 
qilinadi. Konsiliumni tashkil etish imkoni bo‘lmaganda bu qaromi 
keyinchalik muassasa rahbariyatini xabardor qilish sharti bilan 
davolovchi yoki navbatchi vrach qabul qiladi.
14 yoshgacha bo‘lgan va qonunda belgilangan tartibda 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan tibbiy 
aralashuvga rozilikni ularning qonuniy vakillari beradi. Bu shaxslar 
bo‘lmagan taqdirda ushbu masalani konsilium, konsiliumni 
yig‘ishning imkoni bo‘lmaganda davolovchi yoki navbatchi vrach 
hal qiladi (26-modda). Zero, Qonun bo‘yicha tibbiy aralashuvga


27-moddaga muvofiq bemor yoki uning qonuniy vakili tibbiy 
aralashuvni rad etishi yoki uning to‘xtatilishini talab qilishga haqli. 
Bu holatlarda vrach yozma rad tasdiqnoma olishi, agar buning iloji 
bo ‘ lmasa guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzishi mumkin. 
Binobarin, mazkur masalada ham, ya’ni tibbiy aralashuv rad etilgan 
barcha holatdarda yozma rad tasdiqnoma olinishi shartligi ko£zda 
tutilmagan.
Tibbiy aralashuv bemoming qonuniy vakili tomonidan rad 
etilib, bu esa bemor uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin 
bo‘Isa, vrach bu haqda tegishli vasiylik va homiylik organlariga 
xabar berishi shart.
Shu bilan birga Qonunning 28-moddasida fuqarolardagi 
kasallik atrofdagilarga xavf tug‘dirgan holatda shaxs yoki ulaming 
qonuniy vakillarming roziligisiz belgilangan asos va tartibda tibbiy 
yordam ko‘rsatilishi (tibbiy tekshiruv, kasalxonaga yotqizish, 
kuzatish va yakkalab qo‘yish) mumkinligi qayd etilgan. Ushbu 
me’yor uchun misol tarzida atrofdagilarga tahdidli yuqumli 
kasalliklami keltirish mumkin.
Qonunning “Fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish” 
debnomlangan uchinchi qismidabuyordamningturlixilko‘rinishlari 
berilgan. Xususan, 29-moddaga binoan birlamchi tibbiy-sanitariya 
yordami davlat sogMiqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan 
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy, qulay va bepul turi 
boiib, uning tarkibiga quyidagilar:
- keng tarqalgan kasallik, shikastlanish, zaharlanish va boshqa 
shoshilinch holatlami davolash;
- sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng 
muhim kasalliklaming tibbiy profilatikasini o‘tkazish;
- oila, onalik va bolalikni muhofaza etish, turar-joylarda 
fuqarolarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bilan 
bog‘liq boshqa chora-tadbirlar о ‘tkazish.
Xususiy va boshqa sogMiqni saqlash tizimlari muassasalarida 
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami asosan shartnoma asosida


birlamchi tibbiy-sanitariya yordami asosan shartnoma asosida 
ko‘rsatiladi.
Fuqarolaming ayrim guruhlari bundan istisno bo‘lib, ularga 
mazkur yordam bu muassasalarda ham bepul ko‘rsatiladi. Ushbu 
guruhlar tarkibi, yordamning hajmi, turlari, xizmatni ko‘rsatish va u 
bilan bog‘liq harajatlami qoplash tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (10-modda).
Aholiga 
ko‘rsatiladigan 
birlamchi 
tibbiy-sanitariya 
yordamining hajmi va tartibini 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi belgilaydi.
30-moddada shoshilinch va tez tibbiy yordam masalalari 
yoritilgan. Jumladan, unga muvofiq fuqarolar sog‘liqni saqlashning 
barcha davolash-profilaktika muassasalarida shoshilinch tibbiy 
yordam olish huquqiga ega. Fuqarolaming hayoti xavf ostida 
bo‘lganda tibbiyot xodimlari ulami tibbiyot muassasasiga olib 
borish uchun har qanday transportdan foydalanishi mumkin.
Zero, voqea sodir bo‘lgan joyda tibbiyot xodimlari 
etib kelgunga qadar birlamchi shoshilinch yordam militsiya, 
yong‘indan saqlash, avariya xizmati va transport tashkilotlari 
xodimlari tomonidan ko‘rsatilishi shart. Ayni shu sababli ushbu 
sohalar bo‘yicha xodimlami tayyorlash o ‘quv dasturiga birlamchi 
tibbiy yordam ko‘rsatishga oid bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish 
kiritilgan.
3 1-moddaga binoan ixtisoslashgan tibbiy yordam fuqarolarga 
profilaktika, tashxis qo‘yish, davolashning maxsus usullarini hamda 
murakkab tibbiy texnologiyalardan foydalanishni taqozo etuvchi 
kasalliklar hollarida ko‘rsatiladi. Bu yordamning turlari, hajmi va 
sifat standartlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilanishi e’tirof qilingan.
Bulardan tashqari Qonunning ushbu qismida ijtimoiy 
ahamiyatga rnolik, atrofdagilarga xavfli bo‘lgan kasalliklarga 
chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, fuqarolami 
dori-darmon va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash masalalarining


huquqiy jihatlari yoritilgan.
Xususan, 
Qonunning 32-moddasiga muvofiq 
ijtimoiy 
ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat sog‘ liqni 
saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida 
tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi va doimiy tibbiy kuzatuv 
ta’minlanadi. Bu turdagi kasalliklar ro‘yxati va ularga chalingan 
shaxslar uchun imtiyozlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘zda tutilgan. Zero, Vazirlar 
Mahkamasinig 1997 yil 20 martdagi 153-son Qarori ushbu masalaga 
bag‘ishlangan. Mazkur Qarorga binoan sil kasalligi, onkologik 
kasalliklar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, moxov, ruhiy 
kasalliklar va OITS ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar qatoriga 
kiritilgan.
Qonunning to‘rtinchi qismida tibbiy ekspertizaning turli 
ko‘rinishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Xususan, mehnatga 
vaqtincha layoqatsizlik (36-modda), tibbiy-mehnat (37-modda), 
harbiy-tibbiy (38-modda) va sud-tibbiy hamda sud-psixiatrik 
ekspertizalarga (39-modda) oid masalalar keltirilgan.
Ta’kidlash lozimki, ilk bor sog‘liqni saqlash bo‘yicha 
qonunchilikda patologo-anatomik tekshiruvlar aksini topdi va ular 
tibbiy ekspertizalaming turi maqomiga ega bo‘ldi. 40-moddaga 
binoan patologo-anatomik tekshiruvlar o‘tkazish va o‘lim vaqtini 
aniqlash tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilanadi.
Qonunning beshinchi - “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari” 
qismida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishning huquqiy asoslari 
berilgan. 41 -moddagamuvofiq ushbu faoliyat bilan faqat tegishli ol iy 
yoki o‘rtamaxsus o ‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g ‘risida diplomga 
ega shaxslar shug‘ullanishi mumkin. Tibbiyot va farmatsevtika 
faoliyatining 0 ‘zbekiston Respublikasi SogMiqni saqlash vazirligi 
tomonidan belgilangan ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun esa 
diplomdan tashqari tegishli litsenziya ham bo‘lishi shart.
Xususiy tibbiyot amaliyoti bilan yuqorida qayd etilgan diplom


va tanlagan faoliyat turi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan shaxslar 
shug‘ullanishi mumkin. Mazkur amaliyotda ko‘rsatiladigan 
yordamning sifati 42-moddaga binoan professional tibbiyot 
uyushmalari, mahalliy davlat hokimiyati idoralari hamda litsenziya 
bergan idora, ya’ni 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Binobarin, xususiy tibbiyot 
amaliyoti ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma 
(litsenziya) bergan idora yoki sudning qarori bilan to ‘xtatilishi 
mumkin.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ixtiyoriy ravishda 
professional uyushmalar va boshqa jamoat birlashmalar tuzishi 
mumkinligi ko‘zda tutilgan. Bu tashkilotlarning vazifasiga tibbiyot 
va farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga 
yordam berish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining huquqlarini 
himoya qilish hamda ulaming kasb faoliyati bilan bogTiq boshqa 
masalalami hal qilish kiradi (43-modda).
Qonunning oltinchi qismi “Yakunlovchi qoidalar” deb 
nomlangan. 44-moddada 0 ‘zbekiston Respublikasi shifokori 
qasamyodining matni berilgan. Tibbiyot oliy o‘quv yurtini 
bitirayotganlar vrach diplomini olayotganda mazkur matndagi 
kasamyodni qabul qiladilar. Zero, qonunchilikda shifokorlar 
tomonidan qasamyodning buzilishi hollarida tegishli javobgarlik 
belgilangan.
45-modda shifokor siri masalalariga bag‘ishlangan. Unga 
muvofiq fuqarolaming tibbiy у ordamga muroj aat qilganligi, ulaming 
sog‘lig‘ining holati, aniqlangan tashxis, o‘tkazilgan tekshiruvlar 
va davolash muolajalari jarayonida olingan ma’lumotlar shifokor 
sirini tashkil etadi. Ushbu m a’lumotlar fuqaro yoki uning qonuniy 
vakilining roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas. Binobarin, 
shifokor siri hisoblangan ma’lumotlar qonunda belgilangan, ya’ni 
mxsat etilgan tartibda boshqa shaxslarga etkazilganda, bu shaxslar 
tibbiyot xodimlari bilan barobar shifokor sirini saqlashi lozim. 
Chunonchi bu talabning buzilishi uchun qonunchilikda javobgarlik


ko‘zda tutilgan.
Shu bilan ushbu-moddada quyidagi holatlarda istisno ravishda 
fuqaro va uning qonuniy vakilining roziligisiz shifokor sirini tashkil 
etuvchi ma’lumotlaming berilishi mumkinligi keltirilgan:
- o ‘n to‘rt yoshga toMmagan shaxsga tibbiy yordam 
ko‘rsatiiganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakilini xabardor 
qilish;
- qonunda belgilangan tartibda layoqatsiz deb topilgan 
shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganda ulaming qonuniy 
vakillarini xabardor qilish;
- ahvolining og‘irligi sababli o ‘z hohish-irodasini bildira 
olmaydigan fuqarolarni tekshirish va davolash maqsadida;
- atrofdagilargaxavftug‘ilishi, jumladan yuqumli kasalliklar, 
yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdidi holatlarida;
- surishtiruv, tergov, prokuratura va sud idoralarining rasmiy 
so‘rovi bo‘yicha;
- fuqaroning sog‘lig‘iga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki 
baxtsiz tasodif natijasida zarar etkazilgan yoki bunga gumon 
qilinganda.
Binobarin, so‘nggi holat bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 241-moddasiga muvofiq jinoyat haqida xabar 
bermaslik yoki uni yashirish hollari uchunjinoiyjavobgarlik ko‘zda 
tutilganligini alohida ta’kidlash zarur. Shundan kelib chiqqan 
holda tibbiyot xodimlari mazkur holatlar haqida tegishli huquqni 
muhofaza etuvchi idoralarga o ‘z vaqtida rasmiy xabar berishlari 
lozim.
Qonunning 
46-moddasida 
fuqarolaming 
sog‘lig‘iga 
etkazilgan zarami qoplash masalalari keltirilgan. Xususan, tibbiyot 
va farmatsevtika xodimlari o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada 
bajarmaganliklari sababli fiiqarolaming hayoti va sog‘lig‘iga 
etkazilgan zaraming o‘mi qonunda hujjatlarida belgilangan tartibda 
qoplanishi e’tirof qilingan. Ayni paytda mazkur zaraming o‘rnini 
qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini intizomiy, ma’muriy,


jinoiy javobgarlikdan ozod etmasligi ko‘rsatilgan.
Pirovardida ta’kidlash lozimki, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash 
to ‘g‘risida” 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni boshqa qonun 
hujjatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Unda keltirilgan holat, 
talablar asosan umumiy xarakterga ega bo‘lib, fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlashning xususiy jihatlari ushbu masala bo‘yicha tayyorlangan 
tarmoq m e’yoriy hujjatlarida aniq va kengroq yoritilgan.
Yuqorida keltirilganlami inobatga olgan holda “Fuqarolaming 
sog‘lig‘ini saqlash to‘g ‘risida” amaldagi Qonun va boshqa tarmoq 
m e’yoriy hujjatlaridagi holat, talablami bilish va ularga izchil rioya 
qilish ushbu sohada fuqarolaming, shu j umladan ayniqsa tibbiyot va 
farmatsevtika xodimlarining huquqiy savodxonligi va madaniyati 
darajasini oshirishda ahamiyatli bo‘lishini qayd etish zarur.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin