Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Qonunchilikka muvofiq xodim va ish beruvchi qanday 
huquqlarga ega?
2. Individuval va jamoa mehnat shartnomalarining tuzish 
shart-sharoitlari?
3. 0 ‘rindoshlik, o‘rinbosarlik va bir necha kasbda ishlash 
xususiyatlari?
4. Qonunchilikda ish vaqtiga nisbatan qanday talablar 
mavjud?
5. Mehnatni muhofaza qilish borasida xodim va ish 
beruvchining majburiyatlari?
6. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun umumiy 
asoslar?
7. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra 
bekor qilish tartibi?
8. Ish beruvchining tashabbusiga binoanmehnat shartnomasini 
bekor qilish xususiyatlari?
9. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini 
bekor qilishga imkon beradigan sabablar?
10. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga 
ko‘ra bekor qilish tartibi?
11. Intizomiy qilmish sodir etilgandajazo turlari?
12. Intizomiy jazoni qoilash tartibi?


VII bob. TIBBIY XODIMLARNING MA’MURIY
JA V OBG ARLIGI
Ma’muriy qonunchilik haqida tushuncha
Qonunchilikning alohida mustaqil tarmog‘i sifatida ma’muriy 
qonunchilik davlat boshqaruv tizimi va boshqa turli sohalarda 
ijtimoiy (jamoat) munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar 
majmuasidan iboratdir. Qonunchilikning ushbu turi fuqarolaming 
ko‘plab huquqlarini mustahkamlaydi, turli xil muassasalaming 
faoliyati, mansabdor shaxslar va fuqarolaming xulqi qoidalarini 
belgilaydi (masalan, sanitariya qoidalari, litsenziyalash qoidalari
atrof muhitni asrash va boshq.), qoidalarni buzganlik uchun 
javobgarliklarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo 
qo‘llash tartibini ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolaming 
nafaqat huquq va erkinliklari, balki ularning majburiyatlari 
ham tengligini belgilaydi. Demak, fuqarolar o‘z huquqlaridan 
foydalanish bilan bir qatorda, ularga qonun bilan yuklatilgan 
majburiyatlami ham bajarishlari shart.
Fuqarolaming o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, ularga 
rioya etishdan bo‘yin tovlashi, huquqlarini suiste’mol qilishi mos 
tarzdagi qonuniy chora ko‘riIishiga sabab bo‘ladi.
M a’muriy qonunchilikda ko‘zda tutilgan huquq va 
majburiyatlami amalga oshirish jarayoni, fuqarolar tomonidan 
qonuniy yoki noqonuniy ko‘rinishda bo‘ladiganyuridik harakatlami 
bajarish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolaming qonuniy harakatlari ulaming ham huquqlari 
(mavjud huquqlardan foydalanish, qonuniy huquqlarga ega 
bo‘lish, buzilgan huquqini himoya qilish), ham majburiyatlari 
(majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish, qonun talablariga rioya etish) 
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Fuqarolaming 
noqonuniy 
harakati, 
ya’ni 
ma’muriy 
qonunchilik me’yorlarining buzilishi ma’muriy majburlovni ko‘zda 
tutuvchi m a’muriy huquqbuzarliklami keltirib chiqaradi.
92


Qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik deganda 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va 
jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g ‘ayrihuquqiy, 
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan) sodir etilgan harakat 
yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu huquqbuzarlik jamiyat uchun 
xavf alomatlarini tutmaydi, va mos tarzda jinoiy javobgarlikni 
yuzaga keltirmaydi. Ta’kidlash lozimki, m a’muriy huquqbuzarlikr 
jinoyat uchun xos bo‘lgan qator umumiy belgilarga ega. Ahamiyati
oqibatining og‘irligi, sodir etilish sonini inobatga olganda ayrim 
huquqbuzarliklar jinoiy qonunchilik nuqtai-nazaridan baholanib, 
jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin. Ya’ni, masalan. sanitariya 
qonunchiligini, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini, radiatsion va 
yong‘in xavfsizligi talablarini, davlat hisobotlarini rasmiylashtirish 
tartibini buzilishi, yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha ijtimoiy 
xavf alomatlarini yuzaga keltirishi va mos tarzda jinoyat sifatida 
qayd etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati 
yoki harakatsizligi g ‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘Isa, uning 
zararli oqibatlariga ko‘zi etgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki 
bu oqibatlaming kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan 
bo‘lsa, bunday m a’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb 
hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o ‘z harakati 
yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini 
oldindan ko‘ra bila bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin engiltaklik bilan 
ulaming oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yohud bunday 
oqibatlaming kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim 
va mumkin bo‘lgan holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday 
m a’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb 
hisoblanadi.
Qonun bilan himoya etiladigan huquq va manfaatlarga 
oxirgi zarurat holatida zarar etkazilishiga sabab boMgan harakatlar
93


m a’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. Bunda shaxsga 
yoki shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga 
tahdid etayotgan xavfni o ‘sha holatda boshqacha choralar bilan 
bartaraf etib bo‘lmasa hamda etkazilgan zarar oldi olingan zararga 
qaragandan kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan 
harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq m a’muriy huquqbuzarlik sodir 
etilgan paytda o‘n olti yoshga to'lmagan shaxslar ma’muriy 
javobgarlikka tortilmaydi.
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli 
bo‘lgan taqdirda, shu ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan 
organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan 
ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin ( 0 ‘zR. 
MJhK 21-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin