vositalaridan
foydalanishi, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf
soluvchi vaziyatlar, shuningdek ish vaqtida yoki u bilan bog‘liq
holatda vujudga kelgan har qanday baxtsiz hodisalar haqida
shoshilinch xabar berishi lozim.
Qonunchilikka muvofiq ish beruvchiga
alohida toifadagi
xodimlami (18 yoshga to ‘lmagan; 60 yoshga to‘lgan erkaklar; 55
yoshga to ‘lgan ayollar; nogironlar; noqulay mehnat sharoitida,
tunggi
ishlarda band xodimlar; aholiga bevosita xizmat
ko‘rsatuvchilar va shu kabilar) ishga qabul vaqtida dastlabki,
shuningdek ish jarayonida esa davriy tibbiy ko‘riklarini
tashkil
etish va o ‘tkazish majburiyati yuklatilgan.
0 ‘zR MK 214-moddasiga muvofiq, mehnat sharoiti noqulay
ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan
tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlaming ro‘yxati
va ularni o‘tkazish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Xodimlar tibbiy ko‘rikni rad etishga haqqi yo‘q. Tibbiy
ko‘rikdan o‘tishni
rad etish, shuningdek tekshiruv natijalari
bo‘yicha vrachlaming tavsiyalarini bajarmaslik xodimni ishdan
chetlatish uchun asos hisoblanadi.
Ayni
vaqtda,
agarda
xodim
salomatlik
holatining
yomonlashuvini mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb taxmin etsa, u
navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikni talab etishi mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, xodimlar tibbiy ko‘rikdan o ‘tish
bilan bog‘liq harajatlarni to‘lamaydi.
Dostları ilə paylaş: