nazarda tutilgan boshqa holatlarda ijtimoiy ta’minot olish; o ‘zining
mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya
qilish va
malakali yuridik yordam olish; jamoalarga doir mehnat
nizolarida o ‘z manfaatlarini quwatlash huquqiga ega ( 0 ‘zR MK
16-modda).
Boshqa huquqlar qatorida ish beruvchi qonunchilikda
belgilangan tarzda shartnomalarni tuzish va ulami bekor qilish,
xodimdan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan
ishni toMaqonli
bajarishni talab etish huquqlariga ega ( 0 ‘zR MK 17-modda).
Mehnat qonunchiligida xodim va ish beruvchining asosiy
majburiyatlari keltirilgan. 0 ‘zR MK 176-moddasiga muvofiq
xodim o‘z mehnat majburiyatlarini halol, vijdonan bajarishi; mehnat
intizomiga rioya qilish; ish beruvchining
qonuniy farmonlarini
o ‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat
muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab
chiqarish sanitariyasi
talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab
asrashi shart. Shuningdek, xodimning mehnat vazifalari ichki tartib
qoidalarida, intizom to ‘g‘risidagi ustav va nizomlarda,
korxonada
qabul qilinadigan lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yilishi
ta’kidlangan.
0 ‘zR MK 177-moddasiga muvofiq ish beruvchining
majburiyatlariga xodimlar mehnatini tashkil etish, qonunda va
boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan
mehnat
sharoitlarini yaratib berish, mehnat va ishlab chiqarish
intizomini ta’minlash, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish,
xodimlaming ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarash,
ulaming
mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borish, ushbu Kodeksga
muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi kiradi.
Shuningdek, ish bemvchi xodimdan uning mehnat vazifalari
doirasiga kirmaydigan ishlami bajarishni, qonunga xilof yoki xodim
va boshqa shaxslaming hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi,
ulaming sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni
talab etishga haqli emasligi ta’kidlangan.