Nazorat savollari:
1. Huquq va axloq me’yorlari farqi.
2. Me’yoriy-huquqiy hujjat nimani anglatadi?
3.
Tibbiy
xodimlaming
kasb
huquqbuzarliklari
tushunchasining ta’rifi.
4. Qilmish jinoyatdan qanday farqlanadi?
5. Tibbiy xodimlarining qilmishlarini sanab bering.
6. Vrach xatosi tushunchasi ilk
bor kim tomonidan taklif
etilgan?
7. 1. V. Davidovskiy bo‘yicha vrach xatosi tushunchasining
ta’rifi.
8. Vrach xatosi holatlarida huquqiy javobgarlik masalasi.
9. Baxtsiz hodisa tushunchasi ta’rifi.
10. Qanday holatlarda tibbiy amaliyotda baxtsiz hodisa
vujudga kelishi mumkin?
11. Yatrogeniya tushunchasi ta’rifi.
12. Yatrogeniya turlarini keltiring.
13. “Sororigeniya” atamasi nimani anglatadi?
14. Yatrogeniyada tibbiy xodimlaming huquqiy j avobgarligi
masalalari.
VI Bob. MEHNAT QONUNCHILIGI VA TIBBIY
XODIMLAR FAOLIYATI
Mehnat
qonunchiligining
asosiy
mazmun-mohiyati
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksida
keltirilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiq
har bir fuqaro mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat
shartlari asosida ishlash va qonunda
belgilangan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish huquqlariga ega (37-modda).
Mehnat munosabatlarir; bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos
tarzda huquqiy tartibga solish mehnat huquqining asosiy manbai
b o ig an Mehnat kodeksi orqali amalga oshiriladi.
Xodim va ish beruvchining mehnatni tashkil qilish borasidagi
mimosabatlari mehnat qonunchiligi me’yorlari asosida olib
boriladi. Buning oqibatida munosabatlar qonuniy tus oladi va
mehnatga oid huquqiy munosabatlar ko‘rinishiga ega boiadi.
Mehnat qonunchiligi me’yorlari xodim va ish beruvchining huquq
va majburiyatlarini e’tirof etish orqali ushbu munosabatlarga ta’sir
etadi va ulami yanada takomillashuviga imkoniyat yaratadi.
Mehnat huquqi, qonunchilik tizimining bir tarm ogi sifatida,
xodim va ish beruvchi o‘rtasida
tuzilgan mehnat shartnomasi
asosida ulaming mehnatga oid munosabatlarini, shuningdek u
bilan uzviy bogiiq b o igan boshqa ijtimoiy munosabatlami
tartibga soladi. Mehnat qonunchiligi me’yorlari
asosida mehnatga
oid munosabatlari o ‘matish, o'zgartirish va to‘xtatish tartiblari,
ish hajmi, ish haqi miqdori, ichki tartib qoidalari,
intizom tartibini
mustahkamlash (intizomiy tartibda rag‘batlantirish yoki jazolash),
mehnatni himoya qilish, ishga oid bahsli holatlami ko‘rib chiqish
va boshqalar belgilanadi.
Mehnatgaoid munosabatlar ayrim o‘zigaxosxususiyatlarining
mavjudligi bilan huquqning boshqa tarmoqlari predmeti (masalan,
fuqarolik huquqi) tasarrufida boigan ishlab chiqarishjarayonlaridan
ajrab turadi. Ular quyidagilar:
A. Mehnatga oid munosabatlar bevosita ishlab chiqarish
jarayonida vujudga kelib, moddiy va m a’naviy qadriyatlar yaratish
bilan bog‘liq bo‘ladi;
B.
Xodim, mehnat jamoasining bir a’zosi va bevosita ijrochisi
sifatida, ayrim huquqlarga ega bo‘ladi va unga aniq majburiyatlar
yuklatiladi;
V.
Xodim nafaqat jismoniy va aqliy imkoniyatlarini namoyon
etish uchun, balki o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirish
uchun ham mehnat qiladi, bu esa mehnatga oid
munosabatlarga haqi to ‘lanadigan munosabat tusini beradi va
so‘nggi holat ulami jamoat tartibi asosida amalga oshiriladigan
faoliyatlardan farqlaydi.
G. Mehnat munosabatlarida fuqaro
shaxsiy mehnati bilan
ishtirok etadi va aniq kasbi, lavozimi bo‘yicha belgilangan ishni
bajaradi (Y. Tursunov, 2004).
Mehnat qonunchiligigako‘ramajburiy mehnat, ya’nibiron-bir
jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash
ta’qiqlanadi. Ayni vaqtda, harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda,
favqulodda holatlar
yuz bergan sharoitlarda, sudning qonuniy hukmi kuchga kirganda,
shuningdek qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ayrim
ishlami bajarish majburiy mehnat hisoblanmaydi ( 0 ‘zR MK
7-modda).
Dostları ilə paylaş: