Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


O‘rindoshlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlash



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

O‘rindoshlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlash
va o‘rinbosarlik
Qonunchilikda 
asosiy 
ishdan 
tashqari 
o ‘rindoshlik, 
o ‘rinbosarlik va bir necha kasbda (lavozimda) ishlashga imkon 
beriladi.
0 ‘rindoshlik asosida ishlash deb asosiy ishidan bo‘sh vaqtida 
muassasada (ichki o ‘rindoshlik) yoki boshqa muassasada (tashki 
o ‘rindoshlik) haq toianadigan ishni shartnoma asosida bajarish 
tushuniladi.
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlashda asosiy ish bilan bir 
qatorda qo‘shimcha tarzda muassasada boshqa kasb yoki lavozim 
bo‘yicha ish bajariladi. Xususan, sogiiqni saqlash muassasasi 
rahbariga vrach lavozimida yoki vrachlarga - o‘rta tibbiy xodim 
vazifasida ishlashga ruxsat beriladi. Belgilangan ish hajmi faqat 
asosiy ish o‘mida va asosiy ish vaqtida bajarilgandagina bir necha 
kasbda ishlash imkoniyati tugiladi.
Asosiy ishini bajarish bilan bir qatorda vaqtincha yo‘q, 
ammo lavozimi saqlangan boshqa xodimning ham ishini bajarishga 
o ‘rinbosarlik deb ataladi.
Ish vaqti
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi 
shartlariga muvofiq o ‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim boigan 
vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq 
b oiishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning 
davomiyligi etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz 
soatdan ortiq boimasligi lozim.
Shu bilan birga qonunchilikka va mehnatga oid boshqa 
m e’yoriy hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasiga muvofiq 
alohida toifadagi xodimlarga mehnatga toianadigan haqni 
kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. 
Bular qatoriga 18 yoshga toim agan shaxslar, I va II guruh


nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan 
xodimlar, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor byudjet hisobidan 
moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda 
ishlayotgan ayollar, ishi alohida xususiyatlarga ega bo‘Igan 
xodimlar kiradi ( 0 ‘zR MK 116-modda).
So‘nggi toifa ishining o‘ziga xosligi yuqori darajadagi 
his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tarangligi bilan bog‘liqdir. 
Qonunchilikka muvofiq ulaming ish vaqti haftasiga 36 soatdan 
oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular 
ish vaqtining aniq muddati 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
tomonidan belgilanadi ( 0 ‘zR MK 118-modda). Xususan, ushbu 
toifaga tibbiy xodimlar ham kiradi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin