Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Baxtsiz hodisa
Baxtsiz hodisa deganda tibbiy amaliyotda tasodifan, tibbiy 
xodimlarga bog‘liq bo'lmagan, sodir bo‘lishini oldin bilish va 
bartaraf etish imkoni bo‘lmagan holatlar natijasida vujudga kelgan 
noxush oqibatlarga aytiladi. Aksariyat holatlarda bunday oqibatlar 
shaxsning hayotligida aniqlanmagan a’zolaming individual 
xususiyatlari natijasida yuz beradi.
Baxtsiz hodisalar quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin: 
ayrim odatdagi dori-darmonlarga idiosinkraziya; 
bemor oldinlari qabul qilgan dori darmonlarga keyinchalik 
yuqori sezgirlikning vujudga kelishi;
simptomsiz kechgan, oldin aniqlanmagan bosh miya qon 
tomirlari anevrizmasining odatdagi tibbiy muolajalami o ‘tkazish 
vaqtida yorilishi;


angiografiya yoki gastrofibroskopiya o ‘tkazish jarayonida 
yurakning reflektor to ‘xtashi;
jartohlik amaliyotini o‘tkazish arafasida ruhiy-emotsional 
shok natijasida to‘satdan o‘lim holati.
Shunday qilib, baxtsiz hodisalarda bemoming sog‘lig‘iga 
zarar yoki uning o iim i kutilmagan, oldindan bilish mumkin 
boim agan tasodifiy holat yoki sharoitlar natijasida vujudga keladi. 
Vrach xatosidan farqli ravishda ular vrachning harakati yoki 
harakatsizligiga bog iiq emas. Aynan shu sababli baxtsiz hodisalar 
tibbiy xodimning biron-bir ko‘rinishdagi javobgarligini yuzaga 
keltirishi mumkin emas. Vrach xatosi kabi, baxtsiz hodisalar 
natijasidagi noxush oqibatlar ham tibbiy muassasada albatta 
o ‘rganilishi va tahlil etilishi lozim.
Yatrogeniya
“Yatrogeniya” atamasi (grekchadan Iatros - vrach, gennao -
yuzaga keltiraman) 1925 yilda nemetspsixiatri О. В umke tomonidan 
taklif etilgan. Uzoq vaqtlar davomida yatrogeniya deganda vrach 
so‘zlari yoki harakatlarini bemor ruhiyatiga bevosita yoki bilvosita 
noxush ta’siri oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar inobatga olingan.
I. A. Kassirskiy (1970) yatrogen kasalliklar sifatida nafaqat tibbiy 
xodim tomonidan bemor ruhiyatining bevosita yoki bilvosita 
shikastlanish holatlarini, balki mulojalami noto‘g ‘ri bajarish, dori- 
darmonlarni noto‘g‘ri qoilash kabi holatlami ham nazarda tutishni 
taklif etdi. So‘nggi vaqtlarda yatrogeniya tushunchasini yanada 
kengaytirishga harakatlar kuzatilmoqda.
Ayrim holatlarda yatrogeniya vrach emas, balki o‘rta tibbiy 
xodim tomonidan sodir etilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, 
vengriyalik psixoterapevt I. Xardi (1972) yatrogeniya analogi 
sifatida tibbiy hamshiralar harakatlari natijasida yuzaga kelgan 
noxush oqibatlami tavsiflash uchun “sororigeniya” atamasini 
(lotinchadan soror - hamshira) taklif etdi.
Yatrogeniya turli mualliflar tomonidan turlicha tavsiflanadi. 
Ayrimlar ushbu tushunchaga barcha turdagi tibbiy xodimlarning


kasb huquqbuzarliklarini kiritsa, boshqalar - faqat qasddan sodir 
etilmagan, ya’ni ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan holatlami 
nazarda tutadi. Ba’zi mualliflar yatrogeniyani vrach xatosining bir 
ko‘rinishi sifatida e’tirof etadi (V. I. Akopov, 2000).
Yatrogeniyaning quyidagi ta’rifi ma’qulroq.
Yatrogeniya - bu diagnostika, davolash, profilaktika yoki 
reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazish bilan bevosita yoki bilvosita 
bog‘liq holatda bemor salomatligiga zarar etkazishdir (Yu. D. 
Sergeev, S. V. Erofeev, 1998).
Shuningdek, yatrogeniyaning A. V. Shaposhnikov (1998) 
tomonidan taklif etilgan nisbatan salmoqli va umumiy ko‘rinishga 
ega bo‘lgan tavsifi ham mavjud: “Yatrogeniya - bemor yoki 
sog‘lom insonga o‘z kasb va xizmat majburiyatlarini bajarish davri 
va o‘mida buyruq berish va ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiy 
xodimlaming harakati va so‘zlarini bevosita yoki bilvosita nojo‘ya 
ta’siri natijasida vujudga kelish vaqtidan qat’iy nazar ruhiy va 
jismoniy salomatligidagi o‘zgarishlar tushuniladi”.
Hozirgi vaqtda umum qabul qilingan talqinga ko‘ra, 
yatrogeniya deganda tibbiy omillar ta ’sirida yuzaga kelgan yangi 
patologik holat tushuniladi. Tibbiy omil, jamlanma tushuncha 
sifatida, o ‘zida tibbiy texnologiyaning barcha elementlarini 
(diagnostika, davolash, profilaktika, reabilitatsiya va bosh. ) va 
bemor bo‘lgan tibbiy-profilaktika muassasasi sharoitlami tutadi. 
Mos tarzda yatrogeniyaning diagnostik, davolash (davolash, 
jarrohlik, jismoniy), ruhiy-emotsional va informatsion, profilaktik, 
davolamaslik (tibbiy yordamga kechikib murojaat qilish) va boshqa 
turlari farqlanadi.
Xulosa 
qilganda, 
kasb 
huquqbuzarliklari 
oqibatida 
vujudga kelgan barcha noxush oqibatlami, shu jumladan tibbiy 
xodimlaming jinoyati, qilmishlari, vrach xatosi, baxtsiz hodisalami 
yatrogeniyaning ko‘rinishlari sifatida talqin etish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlami inobatga olib tibbiy xodimlaming 
kasb huquqbuzarliklarini quyidagicha tasniflash mumkin.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin