Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


V bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

V bob. TIBBIY XODIMLARNING KASB
HUQUQBUZARLIKLARI
Jamiyatda axloq-odob qoidalari, insonlaming o‘zaro, shu 
jumladan kasb faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi munosabati 
qoidalari namunaviy va amal qilinishi lozim b o ig an ijtimoiy 
me’yorlar yordamida boshqariladi. Ular barcha axloq va huquq 
me’yorlarini o ‘zidamujassam etadi.
Axloq me’yorlari “tabiiy” yo‘1 bilan vujudga kelib etika, din 
talablari, amaldagi urf-odatlardan tashkil topadi. Ahloqme’yorlariga 
rioya etish jamoatchilik fikri kuchi yordamida ta’minlanadi (Yu. D. 
Sergeev, 2008).
Huquq me’yorlari davlat tomonidan joriy qilinadi va barcha 
uchun bir xilda amal qilish kuchiga ega boiadi. Huquq me’yorlariga 
rioya etish davlat tomonidan majburlash y o ii bilan ta’minlanadi.
Huquq me’yorlaridan tashkil topgan rasmiy hujjatlar 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar deb ataladi va ular qonun yoki qonun 
osti hujjatlari ko‘rinishida boiishi mumkin. So‘nggi hujjatlar 
qatoriga Prezident Farmoni, qarori, farmoyishlari, hukumat qarori 
va farmoyishlari, joydagi hokimiyat idoralarining farmoyishlari va 
boshqalar misol boiishi mumkin.
Jamiyatdagi barcha sohalar kabi tibbiy xodimlarning faoliyati 
ham qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan. Sogiiqni 
saqlash sohasida m e’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Sogiiqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan 
buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar boiishi mumkin. 
Shundan kelib chiqqan holda, tibbiy faoliyatni amalga oshirish 
jarayonida tibbiy xodimlar tomonidan belgilangan talablami 
bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tibbiy xodimlarning 
kasb huquqbuzarliklari (TXKH) deb ataladi.
H uquq nazariyasiga ко ‘ra qilmish (harakat yoki harakatsizlik), 
ijtimoiy xavf, g‘ ayriqonuniylik, ayb va noxush oqibat huquqbuzarlik 
belgilari b o iib hisoblanadi.


Xuquqbuzarlikning (harakat yoki harakatsizlik) ijtimoiy 
xavflilik belgisiga ko‘ra TXKH qilmish va jinoyat ko‘rinishida 
bo‘lishi mumkin. G‘ayriqonuniy harakat ijtimoiy xavf belgisiga 
ega bo‘lmasa va mos tarzda Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, qilmish deb ataladi. Aks holda, ya’ni ijtimoiy xavf alomatlari 
bo‘lgan holatda ushbu harakat jinoyat sifatida baholanadi.
Huquq nuqtai-nazaridan tibbiy xodimlaming qilmishi 
intizomiy, ma’muriy va fuqaroviy kabi turlarga bo‘linadi.
Intizomiy qilmishda belgilangan mehnat, xizmat va ishlab 
chiqarish tartibining buzilishi ko‘zda tutiladi.
M a’muriy huquqbuzarlikka asosan belgilangan muassasani 
boshqaruv tartibining buzilishi taalluqlidir.
Fuqaroviy qilmish fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy 
va nomulkiy huquqlarining buzilishini anglatadi.
Intizomiy, 
m a’muriy, 
fuqaroviy 
huquqbuzarliklaming 
mohiyati, vujudga kelishi va mos tarzdagi javobgarlikni belgilash 
hususiyatlari darslikning keyingi boblarida atroflicha bay on etilgan.
Tibbiy xodimlaming faoliyatida yuqorida qayd etilgan 
qilmishlardan tashqari vrach xatosi, baxtsiz hodisa deb 
nomlanadigan bir guruh noxush oqibatlar ham mavjud.
Boshqa kasb vakillaridan farqli ravishda, vrach faoliyatining 
o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u tabiatning eng 
murakkab obyekti - odam ustida ish olib boradi, standart echimga 
ega bo‘lmagan masalalar, turli xil klinik kechishga ega bo‘lgan va 
individual xususiyatlarga ega bo‘ Igan bemorlar bilan muloqotda 
bo‘ladi (V. L. Popov, 1999).
Vrach xatosi va baxtsiz hodisa huquqiy tushuncha emas, shu 
sababli ular huquqshunoslik sohasidagi adabiyotlarda, qonunchilik 
hujjatlarida uchramaydi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin