qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy
ne’matlar tortib olinmaydi va o ‘zga usul bilan boshqa shaxsga
berilmaydi ( 0 ‘zR FK 99-modda).
Ushbu muammo tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatida
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatishning
noxush oqibatidagi zarami qoplash da’vosi bilan bog‘liq bo‘lgan
fiiqarolik ishlarining ortishi ham tasdiqlaydi (G. A. Pashinyan va
boshq., 2008). Binobarin, qonunchilikka
muvofiq boshqa turdagi
huquqiy (intizomiy, m a’muriy, jinoiy) javobgarliklarga tortilish
fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan, ya’ni zarami qoplashdan ozod
etmaydi. A. V. Tixomirov (2000) xattoki maxsus “yatrogen delikt”
atamasini taklif etgan bo ‘ lib, u vrach tomonidan bemorga etkazilgan
zarami qoplashni ko‘zda tutadigan huquqbuzarlik tushunchasini
anglatadi.
Fuqarolik qonuni zarar etkazuvchi aybining usivorligi nazarda
tutadi. Shu nuqtai-nazardan jabrlanuvchi zarar etkazuvchining
aybini, uni harakatlarining g‘ayriqonuniyligini
isbotlashi shart
emas, ayni vaqtda aybsiz ekanligini isbotlash bilan u fuqaroviy-
huquqiy javobgarlikdan ozod etiladi. Masalan, bemor tibbiy
xodimni o ‘z kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda
ayblaganda, vrach o ‘z harakatlarini qonuniy ekanligi, aybi
yo‘qligini isbotlamaguncha, aybdor hisoblanadi.
O ’zR FK 14-moddasiga muvofiq,
agar qonun yoki
shartnomada zarami kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan
bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga etkazilgan zaraming to‘la
qoplashini talab qilishi mumkin.
Tibbiy xodimlami kasb vazifalarini lozim darajada
bajarmagan holatlarda qo‘llaniladigan va nisbatan keng tarqalgan
fuqaroviy-huquqiy munosabati shakli bu zarami qoplashdir. Zarar
o‘z navbatida haqiqiy zarar va boy berilgan foydaga farqlanadi.
Haqiqiy zarar huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash
uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan harajatlari,
uning mol-
mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishini anglatadi.
Tibbiy xodimlarning faoliyatiga nisbatan haqiqiy zarar
davolanish,
qo‘shimcha
ovqatlanish,
sanatoriya-kurortlarda
sog‘liqni tiklash, dori-darmonlar va turli xil maxsus vositalar uchun
sarflangan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda ta’kidlash
lozimki, sud zarami qoplash haqida qaror qabul qilishda o ‘tkazilgan
tibbiy-mehnat, baxsli holatlarda esa sud-tibbiy ekspertiza
natijalariga tayanadi.
Olinmay qolgan daromadni odatdagi fuqarolik muomalasida
olishi mumkin bo‘lgan, ammo bemor ololmay qolgan ish haqi yoki
boshqa daromadlar tashkil etadi (boy berilgan foyda).
Dostları ilə paylaş: