Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga
kelish shartlari
Etkazilgan zarar uchun majburiyat, va mos tarzda javobgarlik 
quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan vujudga keladi:
- zarar etkazilganlik fakti;
- zarar etkazgan shaxs harakatining g ‘ayriqonuniyligi (harakat 
yoki harakatsizlik);
- zarar etkazgan shaxsning g ‘ayriqonuniy harakati va vujudga 
kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni mavjudligi;
- zarar etkazgan shaxsning aybini mavjudligi.
Sog‘liqqa zarar etkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda: 
qasddan (vrach zarar etishini istaydi va vujudga kelishiga imkon 
beradi) va ehtiyotsizlik orqasidan (zarar vrachning beparvoligi, o ‘z 
o‘ziga o‘ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan tibbiy xizmat mavjud standartlarga, shartnoma 
shartlariga yoki odatdagi talablarga mos kelmasa, shu jumladan 
tibbiy yordam nuqsonlari vujudga kelishiga sabab bo‘lsa, lozim 
darajada boim agan tibbiy yordam sifatida tasniflanadi. Ta’kidlash 
lozimki, bu kabi holatlarda zarar etkazishda aybning yo‘qligini 
isbotlash kamchilikka yo‘l qo‘ygan shaxsga (tibbiy xodim, 
davolash-profilaktika muassasasi) yuklatiladi.
Odatda uch holat mavjud bo‘lgan tibbiy xodim aybsiz deb 
topiladi:


1. Favqulotda holat yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri (masalan, 
tabiiy ofatlar va sh. k. ) bo‘lganligi isbotlansa;
2. Agarda zarar bemorning iltimosi yoki uning roziligi bilan 
etkazilgan bo‘Isa. Ushbu holat bemorning ma’lumotli roziligini 
olish talablariga rioya etish nechog‘li muhim ekanligidan dalolat 
beradi.
3. Bemor tomonidan qo‘pol ko‘rinishdagi ehtiyotsizlikka, 
vrach tomonidan belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l 
qo‘yilganligi isbotlansa (V. V. Chernobay, 2005).
Bunday holatlarda tibbiy hujjatlami yuritish holati alohida 
ahamiyat kasb etadi - asl nusxaning mavjudligi, kundaliklardagi 
ma’lumotlarning to‘laqonligi, to‘g ‘rilashlaming yo‘qligi va h. k.
0 ‘zR FK 985-moddasiga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat 
(harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga 
etkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga etkazilgan zarar, 
shu jumladan boy berilgan foyda zarami etkazga shaxs tomonidan 
to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Zarami to‘lash majburiyati zarar 
etkazuvchi bo‘lmagan shaxsga ham yuklatilishi mumkin. Qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zarami to‘lashdan 
tashqari tovonto‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin. Zarar 
etkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan etkazilmaganini isbotlasa, 
zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Shu bilan birga qonunda zarar 
etkazgan shaxsning aybi boMmagan taqdirda ham zarami toiash 
nazarda tutilishi mumkin. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi 
yoki roziligi bilan etkazilgan bo‘Isa, zarar etkazgan shaxsning 
harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarami 
to‘lash rad etilishi mumkin.
Agarda jinoiy qonunchilikda oxirgi zarurat holatida sodir 
etilgan harakat javobgarlikka tortilmasa, fuqarolik qonunchiligida 
ular zarami qoplash ko‘rinishidagi javobgarlikka tortishdan ozod 
qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Ya’ni, oxirgi zarurat holatida 
etkazilgan zarar, ya’ni zarar etkazgan shaxsning o ‘ziga yoki boshqa 
shaxslarga tahdid solgan xavfhi bartaraf etish uchun oxirgi zarurat


holatida etkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa 
vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmasa, zarar etkazgan 
shaxs tomonidan to‘lanishi lozim. Bunday zarar etkazilgan 
holatlami hisobga olib, sud uni to ‘lash majburiyatini zarami 
etkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaaatini ko‘zlab harakat 
qilgan bo ‘ Isa, o ‘sha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni 
ham, zarar etkazgan shaxsni xam zarami to ‘lashdan to ‘liq yoki 
qisman ozod qilishi mumkin ( 0 ‘zR FK 988-modda).
0 ‘zR FK 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoki fuqaro 
o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib 
turgan vaqtida etkazgan zarami qoplaydi. Tibbiy faoliyatga nisbatan 
qo‘llaganda sog‘liqni saqlashning turli tizimidagi muassasalar 
xodimlari o ‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida etkazgan 
zarar uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Bu masalada etkazilgan zarar sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan toianadigan fuqaroviy javobgarlikni sug‘urtalash 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtiyoriy yoki majburiy sug‘urta 
tartibida jabrlanuvchi foydasiga o‘z javobgarligini sug‘urtalagan 
yuridik shaxs yoki fuqaro etkazilgan zarami to ‘liq qoplash uchun 
sug‘urta puli etishmgan taqdirda, sug‘urta puli va zaraming haqiqiy 
miqdori o‘rtasidagi farqni to ‘laydi ( 0 ‘zR FK 992-modda).
Qonunchilik zarar etkazgan shaxsga nisbatan regress 
huquqini belgilaydi ( 0 ‘zR FK 1001-modda). Ya’ni, o ‘z xodimi 
tomonidan etkazilgan zarami to ‘lagan yuridik shaxs (masalan, 
davolash-profilaktika muassasasi), to ‘langan mablag‘ni xodimdan 
muassasa hisobiga qaytarishni talab qilishi mumkin. Lekin, amalda 
tibbiy muassasa o‘z xodimi (vrach, o ‘rta tibbiy xodim) tomonidan 
etkazilgan zarami qaytarish masalasida qarshi da’vo taqdim etgan 
holatlar juda kam uchraydi.
Agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zarami undirish 
belgilangan paytda bo‘lgandagiga nisbatan yomonlashgan yoki 
aksincha oshgan bo‘lsa sud jabrlanuvchi yoki zarar etkazgan 
shaxsning talabiga ko‘ra zarami qoplash miqdorini ko‘paytirishi


yoki karaaytirishi mumkin ( 0 ‘zR FK 1012-modda).
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida tibbiy 
yoki farmatsevtika faoliyatiga ham taalluqli bo‘lgan tovarning, 
ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zaraming 
o ‘mini qoplash masalasi alohida yoritilgan. Ya’ni, mahsulotning 
(ishning, xizmatning) konstruktiv, retseptur yoki boshqa nuqsonlari 
oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot 
noto‘g ‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fiiqaroning hayoti, sog‘lig‘i 
yoki mol-mulkiga yoxud yuridk shaxsning mol-mulkiga etkazilgan 
zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ulaming 
aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida 
bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi lozim ( 0 ‘zR 
FK 1017-modda).
Bunday holatlarda zararni qoplash ayrim xususiyatlarga ega. 
Mahsulotningnuqsonlarioqibatidaetkazilganzararjabrlanuvchining 
tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi (masalan, 
farmatsevtika faoliyatida dori-darmon, yoki boshqa vositalar, 
tibbiy texnika va buyumlar) tomonidan qoplanishi lozim. Ishning 
(xizmatning) nuqsoni oqibatida etkazilgan zarar ishni bajargan 
yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi 
lozim. Xuddi shu tartibda tovar (ish, xizmat) to‘g ‘risida to‘liq 
yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida etkazilgan zarar 
qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK 1018-modda).
Shu bilan birga tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, 
ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida 
yoki iste’molchi tovarlami saqlash yoki ulardan (ishning 
natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan 
qoidalami buzishi oqibatida etkazilganligini isbotlagan hollarda 
javobgarlikdan ozod qilinadi ( 0 ‘zR FK 1020-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin