Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqish



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqish
vakolati bo‘lgan organlar (manbador shaxslar)
Qonunchilikka 
muvofiq 
ma’muriy 
huquqbuzarliklar 
to‘g ‘risidagi ishlami:
- tuman (shahar) sudining m a’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi;
- xo‘jalik sudlari;
- shaharcha, qishloq va ovul fuqarolaming o‘zini o ‘zi 
boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;
- voyaga etmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman 
(shahar) komissiyalari;
- ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat 
inspektsiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks 
bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ко‘rib 
chiqadilar.


So‘nggi idoralar qatoriga davlat yong‘in xavfsizligi 
nazorati organlari, temir yo‘l transporti va metropoliten idoralari, 
shahar yo‘lovchi tashish, xalqaro va elektr transport organlari, 
mehnat bo‘yicha davlat huquqiy va texnik nazorati inspektorlari, 
Mudofaa vazirligi organlari, Davlat sanitariya nazorati organlari, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki islilar vazirligi 
va Milliy xavfsizlik xizmatining sanitariya nazoratini amalga 
oshiruvchi tibbiy xizmatlari, davlat veterinariya nazorati organlari, 
tabiatni muhofaza qiluvchi davlat organlari, bojxona organlari, 
soliq organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi organlari, standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish organlari, statistika organlari va 
boshqalar taalluqlidir.
Ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlikni surishtirish natijalariga ko‘ra 
buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga 
rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan 
zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor 
shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi bayonnomani tuzadi.
Mazkur bayonnomada: bayonnoma tuzilgan sana va 
joy, bayonnoma tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining 
ismi; m a’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu 
huquqbuzarlikning mohiyati; ana shunday huquqbuzarlik uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjat; agar guvohlar va 
jabrlanuvchilar bo‘lsa, ulaming familiyalari va yashash manzillari; 
huquqbuzaming tushuntirish xati; ishni hal qilish uchun zarur 
bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Basharti, huquqbuzarlik 
tufayli moddiy zarar etkazilgan bo‘Isa, bu ham bayonnomada 
ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan shaxs vam a’ muriy huquqbuzarlik sodir 
etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Guvohlar va jabrlanuvchilar 
bo‘lgan taqdirda esa bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan


ham imzolanadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani 
imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib 
qo‘yiladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani mazmuni 
yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va 
mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo 
chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Alohida ta’kidlash lozimki, ma ’muriy huquqbuzarlik haqidagi 
qonunchilikka muvofiq bayonnoma tuzishda huquqbuzarga 
m a’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs sifatida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M a’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi kodeksning 
294-moddasida keltirilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilishi 
shart. Xususan, qonunchilikka ko‘ra, shaxs ish materiallari bilan 
tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o ‘z 
iltimosini bayon etishga, ishni ко‘rib chiqish vaqtida advokatning 
yuridik yordamidan foydalanishga, o ‘z ona tilida so‘zlashga va 
taijimonning xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan 
qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
M a’muriy 
huquqbuzarlik 
to ‘g‘risidagi 
ish ma’muriy 
javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. 
Mazkur shaxsga ishni ко‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar 
qilinganligi to ‘g ‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib 
chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan 
hollardagina ish uning ishtirokisiz ко‘rib chiqilishi mumkin. Shu 
bilan birga qator holatlarda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning 
qatnashishi shart. Bu kabi holatlarga sodir etilgan ma’muriy 
huquqbuzarliklar uchun jazo sifatida ma’muriy qamoqqa olish, 
ashyolami musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib 
qo‘yish choralarini qo‘llanish nazarda tutilgan hollar taalluqlidir.
Ma’ muriy huquqbuzarlikto ‘ g‘ risidagi ishlami ко ‘rib chiqishda 
jabrlanuvchilar ishtirok etishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik 
haqidagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li 
bilan m a’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar etkazilgan shaxs


jabrlanuvchi deb topiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 
ishlami ко‘rib chiqishda jabrlanuvchi ham ayblanuvchi berilgan 
kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
Maxsus bilimlarga ega bo‘lish zarurati tug‘ilgan hollarda 
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ 
(mansabdor shaxs) tomonidan ekspertiza tayinlanadi. Ekspertning 
huquq va majburiyatlari, ekspertiza o ‘tkazishning protsessual 
asoslari, ekspert xulosasiga talablar jinoiy va fuqaroviy ishlar 
bo‘yicha tayinlanadigan va o‘tkaziladigan ekspertizalar kabidir.
Tibbiy xodimlaming faoliyatida turli xil ko‘rinishdagi 
ma’muriy huquqbuzarliklar uchrab turishi mumkin. Xususan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksida fuqarorlarning huquq va erkinliklariga tajovuz 
qiluvchi qator huquqbuzarliklar keltirilgan bo‘lib, ular qatoriga 
tuxmat (40-modda), haqorat (41-modda), davlat tili (42-modda), 
fuqarolaming 
murojaatlari 
(43-modda), 
mehnat 
haqidagi 
(49-modda) qonun talablarining buzilishi, mehnatga ma’muriy 
majburlash (51-modda) kabilami kiritish mumkin. Ta’kidlash 
lozimki, yuqorida qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘proq 
tibbiy xodimlaming emas, balki ko‘proq tibbiyot muassasalari 
rahbarlarining faoliyatiga taalluqlidir.
Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qator huquqbuzarliklar 
ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ular 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to ‘g ‘risidagi kodeksining 
VI bobida keltirilgan. Ular qatoriga: engil tan jarohati etkazish 
(52-modda), sanitariya qomm hujjatlarini buzilishi (53-modda), 
epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (54-modda), 
radiatsion xavfsizlikka doir qoida, me’yor, yo‘riqnoma va 
boshqa talablami buzish (55-modda), giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop-moddalami oz miqdorda g ‘ayriqonuniy tarzda 
tayyorlash, olish, saqlash, tashish va jo ‘natish (56-modda) kabi 
qilmishlar kiradi. Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan 
holatlarda huquqbuzarlikning subyekti sifatida boshqa fuqarolar


bilan bir qatorda tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Ushbu guruhdagi qator huquqbuzarliklar bevosita yoki 
bilvosita tarzda tanosil kasalliklari yoki OITS bilan bogiiqdir. 
Ya’ni, tanosil kasalliklari yoki OITSga uchragan bemoming 
kasallik yuqtirilgan manbani, shunindek o‘zi bilan aloqa qilib 
tanosil kasalligi yoki OITS yuqishi xavfini yuzaga keltiradigan 
shaxslami yashirishi m a’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi 
(57-modda). Shuningdek, tanosil kasalliklari yoki OITS bilan 
kasallanganligi haqida etarli m a’lumotlar bo‘lgan holatda 
tekshiruvlarni rad etganda ham fuqarolar m a’muriy javobgarlikka 
tortilishi mumkin (58-modda). Shu bilan birga OITS yuqqan- 
yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, 
shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalami o ‘tkazishda xavfsizlik 
etarli darajada ta’minlanmagan holatlarda ham tibbiy xodimlar 
m a’muriy javobgarlikka tortiladi (59-modda).
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksining XIII bobida xususiy tibbiy amaliyot 
faoliyatida ham uchrashi mumkin bo‘lgan savdo, tadbirkorlik 
va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun javobgarliklar 
keltirilgan. Bularga savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 
(164-modda), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini 
buzish (176-modda), shartnoma intizomini buzish (176l'modda) 
taalluqlidir. Ushbu turdagi m a’muriy javobgarlikka aholiga pullik 
xizmat ko‘rsatish, xo‘jalik hisobida ish bajarish jarayonida yo‘l 
qo‘ygan huquqbuzarliklari uchun davlat va sog‘liqni saqlashning 
boshqa tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlari ham jalb 
etilishi mumkin
Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi va 
m a’muriy javobgarlikni yuzaga keltiruvchi huquqbuzarliklar 
0 ‘zbekiston Respublikasining M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi 
kodeksining XVI bobida keltirilgan. Ulaming ayrimlari sog‘liqni 
saqlash idoralari va muassasalari faoliyatida ham uchrab turadi. 
Ya’ni, maxsusxizmatl ami, shujumladan teztibbiy yordamni qasddan


aldab chaqirganlik (199-modda), Davlat statistik hisobotlarini 
taqdim etish tartibini buzish (215-modda) m a’muriy javobgarlikka 
tortishga asos bo‘ladi. Agarda birinchi holatda huquqbuzarlik 
subyekti fuqarolar bo‘lsa, ikkinchi holatda - sog‘liqni saqlash 
idorasi va muassasalarining mansabdor shaxslaridir.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin