Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi
Mehnat intizomini, shu jumladan individual va jamoa 
mehnat shartnomasi talabalarini buzilishi intizomiy qilmish 
sifatida baholanadi va bunga yo‘l qo‘yganligi uchun ish beruvchi 
xodimni intizomiy jazoga tortish huquqiga ega. Qonunchilikda 
quyidagi jazo turlari ko‘zda tutilgan: hayfsan, o ‘rtacha oylik ish 
haqining o ‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat 
shartnomasini bekor qilinishi. Shu bilan birga muassasaning ichki 
tartibiga binoan alohida turdagi intizomiy qilmishlarga o ‘rtacha 
oylik ish haqining ellik foizi miqdorida jarima belgilanishi mumkin 
( 0 ‘zR MK 181-modda).
Intizomiy jazoni qoMlashda o‘zga xos tartib mavjud. 
Jumladan, intizomiy jazo qilmish aniqlangandan bir oylik 
muddatda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatga xodimning 
bemor yoki mehnat ta’tilida bo‘Igan vaqt kirmaydi. Intizomiy jazo 
qilmish sodir etilgandan olti oy o‘tgandan so‘ng, moliya-xo‘jalik 
faoliyatining taftish etish yoki tekshirish natijasi aniqlanganda esa 
sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tgandan keyin jazoni qo‘llab 
bo‘lmaydi. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan oldin xodimdan yozma 
tarzda tushuntirish xati talab qilinish lozim. Xodimning tushuntirish 
xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya hatti- 
xarakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Mehnatga oid 
qonunchilikka muvofiq har bir huquqbuzarlikka bitta intizomiy 
jazo qo‘llanishi mumkin va xodimning jazoga tortilganligi buyruq 
bilan e’lon qilinadi ( 0 ‘zR MK 182-modda).
Intizomiy jazo amal qilish muddatiga ega bo‘lib, u jazo 
qo‘Ilanilgan kundan boshlab bir yilni tashkil etadi. Agar xodim shu 
muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo 
olmagan deb hisoblanadi. Qonunchilikka muvofiq ish beruvchi o‘z 
tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga yoki mehnat jamoasining 
tavsiyasiga ko‘ra muddatdan oldin bekor qilishi mumkin ( 0 ‘zR 
MK 183-modda).



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin