Вторая мировая война


Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklarning hissasi



Yüklə 4,64 Mb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü4,64 Mb.
#147362
1   2   3   4
o zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari 10 sinf

Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklarning hissasi.

  • Yaponiyaga qarshi urush 1945-yil avgustda sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tormor keltirishga katta hissa qo‘shdilar. Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.Karimov, U.Doniyorov, yefreytor U.Asanov va boshqa jasur o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi.
  • Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-yil 2-sentyabrda so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi.

Harbiy asirlar va ularning qismati.

  • Urush yillarida Germaniyaga asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan. Sovet-german urushida 5,7 mln kishidan ortiq sovet askarlari Germaniya konslagerlarida tutqunlikda bo‘lishgan. Asir tushishga majbur bo‘lgan sovet jangchilari orasida ko‘plab turkistonlik asirlar ham bo‘lgan. Ana shunday asirlardan biri va sobiq legioner, keyinchalik Germaniyada yashagan namanganlik tarixchi olim Boymirza Hayit fikrlariga qaraganda, 1941-yil yozidan to 1942-yil bahorigacha 1,7 mln turkistonlik jangchilar nemislarga asir tushgan hamda ularning ko‘pchiligi harbiy asirlar konslagerlarida bo‘lishgan. 1942-yil yozida ulardan faqat 400 000 kishi tirik qolgan, xolos. Fashist konslagerlarida harbiy asirlar juda og‘ir ahvolda yashagan, ocharchilik va turli kasalliklardan ularning ko‘pchiligi halok bo‘lgan.
  • Jang harakatlari davrida harbiy asirlikda bo‘lganlar taqdiri ham nihoyatda og‘ir kechdi. Urush tugagach, ular hamma joyda ta’qib etildi, SSSRga qaytarilgan harbiy asirlarning ko‘pchiligi maxsus lagerlarga joylashtirilib, turli qiynoqlarga duchor qilindi. Bu qiynoqlardan omon qolgan oz sonli kishilargina, keyinchalik, ozodlikka chiqarildi. Ulardan shofirkonlik Ab dulla Rasulov singari sanoqli yurtdoshlarimiz nemis va sovet konslagerlaridan omon chiqib, O‘zbekistonga qaytdilar.
  • O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi frontlarida olib borilgan ayovsiz janglarda faol qatnashib, qahramonlik va mardlik namunalarini ko‘rsatdilar. Eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, urush yillarida 1,5 mln nafar o‘zbekistonliklar fashizmga qarshi olovli janglarda qatnashgan edi. 1939yili respublika aholisi 6,5 mln bo‘lgan. Demak, har to‘rt o‘zbekistonlikning bevosita bittasi harakatdagi armiya safida xizmat qilgan. Ulardan 500 000 kishi jang maydonlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan

Yüklə 4,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin