. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1995-yili 33 jildli “Xotira” kitobi (keyinchalik unga qo‘shimcha tarzda yana 2 jild chiqqan) va O‘zbekiston xalqining urush yillarida front ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild o‘zbekcha va ruscha nashr etildi.
Toshkentda 1999-yil may oyida Xotira va Qadrlash maydonibarpo etilib, unda “Motamsaro ona” haykali hamda xiyobonning shimoliy va janubiy tomonida qad ko‘targan ayvonlar tokchalarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik barcha jangchilarning ism-sharifi bitilgan metall tokchalar o‘rnatildi. G‘alaba bayrami nishonlanadigan 9-may sanasi Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinib, Toshkentdan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar markazlari va tumanlarda Xotira maydonlari barpo etilib, bu maydonlarda ham “Motamsaro ona” haykali o‘rnatildi.