Yelka suyagining pastki (distal) qismining sinishi.
Yelka suyagining pastki qismining sinishi quyidagicha bo`lishi mumkin:
Bo`g`imdan tashqari.
Bo`g`im ichi.
Bog`imdan tashqari sinishlar – bu yelka suyagining bo`g`im xaltasi usti va bo`g`im xaltasi ustidan yuqori qismining sinishidir.
Bo`g`in ichi sinishi - bu bo`g`im ichi sinishi bo`lib bunda yelka suyagi blok hosil bo`ladi va boshchasi bo`rtib chiqib qoladi.
Bo`g`im usti sinishi. Bo`g`im usti sinish mexanizmi bo`yicha bukiluvchi va yoziluvchi bo`ladi.Bemorlar tirsak bo`g`imining yuqorisida og`riq va trvmaning yuqori qismidagi shishdan shikoyat qilishadi. Ba`zi hollarda sinish tirsak bo`g`imining chiqishi bilan qo`shilib kelishi mumkin.Diagnoz rentgenologik tekshiruvlardan keyin qo`yiladi.
Bo`g`im usti sinishida davolash 3-4 haftaga gipsli bog`lam qo`yish bilan amalgam oshiriladi, sinish asoratli bo`lmaganda. So`ng fizoterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya buyriladi.Qo`shilib kelgan sinishlarda yoki repazitsiyasining qiyinlashganda operativ davo qilinadi.
Bo`g`im usti sinishi unga birikkan mushaklarning keskin tortishidan, tekis turgan qo`lda kaftlarga tayanganda yoki bo`g`im ustiga to`g`ridan –to`g`ri urganda yuzaga keladi. Bemor bo`g`im ustida va tirsak bo`g`imidagi og`riqdan shikoyat qiladi.
Bo`g`im usti sinishida davo. Qoshilib kelgan sinishlar bo`lmaganda 3 haftaga gipsli bog`lam qoyamiz. Qoshilib kelgan sinishlar bo`lganda xirurgik choralar ko`riladi.
Dostları ilə paylaş: |