Bilak suyagining bo’laklar aralashuvisiz diafizdan sinishida o’rta holatda barmoqlar asosidan yelkaning o’rta uchdan birigacha 8-10 haftaga gips bog’lami qo’yiladi.
Bilakning proksimal tipdagi sinishida to’liq supinatsiya holat, distal sinishda o’rta holat beriladi. Repozitsiyaning to’g’riligiga rentgenologik tekshiruvda baho beriladi. . 10-15 kundan so’ng rentgenografiya qayta o’tkaziladi. Gipsli immobilizatsiyaning muddati 10-12 hafta. Yopiq repozitsiya natija bermaganda suyaklari ochiq repozitsiyasi o’tkaziladi va plastinalardan foydalangan holda osteosintez o’tkaziladi. Immobilizatsiya to’xtatilgandan so’ng LFK, massaj, fizioterapiya buyuriladi.
Bilak suyagining izolyatsiyalangan sinishida albatta bilak kaft-usti bo’g’imini rentgen qildirish kerak. Bilak suyagining sinishi tirsak suyagi boshchasining orqaga yoki kaft tomonga siljishi bilan qo’shilib kelsa bunga Galeatssi sinib-chiqishi deyiladi. Tirsak suyagi bishchasi erkin to’g’irlanadi , shuningdek bilak harakatida osn siljiydi.. Uni to’g’ri holda ushlsh uchun suyakdan tashqari transartikulyar osteosintez o’tkaziladi.
Tirsak suyagining izolyatsiyalangan sinishlarida siljigan bo’laklar tirsak qirrasi palpatsiyasida botiqlik ko’rinishida aniqlanadi. Davosi konservativ, qator holatlarda ochiq repozitsiya va shtif bilan intrmedullyar osteosintez o’tkaziladi. Tirsak suyagining izolyatsiyalangan sinishida tirsak bo’g’imi albatta rentgenografiya qilinadi. Bu sinishda bilak suyagi boshchasining to’la va chala chiqishlari uchraydi(Montedji sinib-chiqishi) Bilak suyagi boshchasi oldinga ba’zan lateral tomonga siljiydi, odatda halqasimon boylam uziladi. Bu jarohatlanishning asosiy simptomi bilak suyagi boshchasining siljishi va tirsak bo’g’imida harakatning chegaralanishi.
Gips bog’lami 8-10 haftaga qo’yiladi. .Bilak suyagi boshchasining mustahkam bo’lmagan holatida 3-4 haftaga transartikulyar suyakdan tashqari fiksatsiyalovchi spitsalar qo’yiladi.
Tirsak o’simtasi sinishi asosan to’g’ri mexanik kuch tasirida yuzaga keladi. O’simta palpatsiyasida og’riq kuchayadi. Sinishda ajralgan bo’laklar o’rtasida ko’ndalang joylashgan yoriq palpatsiya qilinadi. Bilakning rotatsion harakatlari erkin va og’riqsiz. Bilak va qo’l panjasining og’irligi ostida bilakning passiv yozilishi sodir bo’ladi. Tirsak bo’g’imini aktiv bukishda kuchli og’riq yuzaga keladi. Suyak bo’laklari siljimagan sinishlarda tirsak bo’g’imini 90-110° burchak ostida bukilgan holatda orqa tomonga 3-4 haftaga gipsli longeta qo’yiladi. Suyak bo’laklari ajralib sinishlarida davolash – operativ.
Yelkaning ikkala suyaklari sinishi izolyatsiyalangan sinishlarga nisbatan ko’proq. Klinik belgilari izolyatsiyalangan suyak sinishlari bilan o’xshash. Davosi qo’l yordamida repozitsiya qilishda iborat. Immobilizatsiya vaqti odatda 16 hafta. Keyinchalik kompleks qayta tiklash o’tkaziladi. Agarda qo’l yordamida repozitsiya qilish natija bermasa, osteosintez amalga oshiriladi.
Bilakning ochiq sinishida qon ketish kuzatilganda birinchi tibbiy yordam jgut, aseptic bog’lam qo’yish, og’riqsizlantirish va transport immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. So’ng yaraga birlamchi ishlov beriladi. Yumshoq to’qimaning kichik qismi zararlanganda birlamchi osteosintez amaliyoti bajariladi. Maydalanib sinishda, yumshoq to’qimaning kata qismi zararlanganda bo’laklar spitsalar yoki sterjenli apparatlar bilan fiksatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |