Второй ташкентский государственный


Suyak sinishi diagnostikasi va davolashning umumi savollari



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#1421
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Suyak sinishi diagnostikasi va davolashning umumi savollari.

Sinish va chiqish kuzatilgan bemorni davolash dan maqsad shikastanga azoni funksiyasini tiklash va oxirgi hisobda uni mexnat qobilyatini qayta tiklash. A’zoning to’liq funksiyasi normal anotomik asosda bajariladiqoldiq deformatsiya holatida organizimda doimo u yoki bu buzilishlar uchraydi, lekin u odam organizmi tomonidan to’ldirilishi mumkin , ammo to’ldirish qayta tiklanish emas.(Chernaviskiy V.А., 1977).

Suyak sinishi (fracture OSSIS) to’satdan og’ir bosim tasirida suyak butunliginbi buzilishi. Agar bu holatda suyakning uzunligi yoki kondalang holati buzilmasa buni dars ketish yoki yorilish deyiladi. Agar sinishda suyak usti pardasini butunligi buzilmasa suyak ustiparda ichi sinishi deyiladi. Shikastlanish natijasida o’sish tog’ay chizig’ida suyak ajralishi bo’lsa bu travmatik epifiziolizm deb ataladi.

Sinish har doim yumshoq to’qimalar shikastlanishi bilan bazida esa ichki organlar shikasti bilan birga kechadi. Ayrim ko’p shikastlanishlar, shu qatorda sinish og’irligi va inson hayotiga havfliligi bo’yicha birinchi o’rinda turmaydi. Shikastanishlardan keyin bemor hayotini qo’l oyoqlarini yo’qotishi mumkin, ko’p xolatlarda butun organ yoki ayrim qismlar funksiyasi buzilishi kuzatiladi. O’lim xolati shokdan, qon yo’qotishdan, ichki o’rganlar shikaslanishidan, keyinchalik infeksiya tushishi natijasida kelib chiqadi. Travmatik uzilish holatida , maydalanish, to’qimalarni uzilishi yoki yoki asosi qon tomirlar trombozi va infeksiya tarqalishi natijasida qo’l oyoqlar yo’qotilishi mumkin.

Sinishdan so’ng qon va limfa tomirlar uziladi, mushaklar, fatsiyalar shikastlanadi qon atrofdagi singan to’qimalarga shimiladi, ularning hayotiy funksiyasi buziladi.

Sinish ikkita asosi guruhga bo’linadi:

1. Travmatik .

2. Patologik

Yumshoq to’qimalarni birgalikda shikaslanish harakteriga qarab ochiq va yopiq sinishga bo’linadi. Yopiq sinishda teri butunligi buzilmaydi.

Ochiq sinish – shikastlanish sohasida teri butunligi buzilishi bilan kechadigan sinish turi. Har doim ham teri butunligi buzilishi ochiq sinish deyilavermaydi, teri butunligi buzilishi suyak sinishi bilan birlashsagina ochiq sinish deyiladi

А.V.Kaplan ochiq sinishni yumshoq to’qimalar shikasti bilan birga kechuvchi turlarini taklif qilgan.

Sinishlat joylashishi va harakteriga kora bo’linadi. Joylashish harakteriga ko’ra sinish asosida anatomik usul yotadi. Naysimon suyaklarning epifiz, metafiz, diafizi va uning dongliklaridan sinishi va kalta va yassi suyaklarni tanasi va do’ngliklaridan sinishi, hamda bo’g’im ichi va bo’g’imdan tashqari sinishlari bo’ladi. Adabiyotlarda va amaliyotda naysimon suyaklar “uchligi” keng qo’llaniladi (yuqori,o’rta va pastgi uchliklar). Sinish harakteri uzun suyaklarni asosiy sinish chizig’i yo’nalishi, soni va bo’laklar birlashishi bilan ifodalaniladi. Sinish chizig’i yo’nalishiga qarab ko’ndalang, uzunasiga, qiyshiq va buramasimon turlarga bo’linadi. Singan bo’laklarning bir biri bilan aloqasiga ko’ra siljigan va siljimagan bo’ladi.

Naysimon suyaklarga ko’ndalang yo’nalishdagi juda tez zarba siljigan suyak sinishini chaqiradi. Bu odati ko’ndalang sinishdir.


Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin