Второй ташкентский государственный


ishlab chiqarishga oid bo’lmagan



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#1421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
ishlab chiqarishga oid bo’lmagan

  • xo’jalik

  • ko’cha

  • yo’l -harakat

  • умышленный

  • sportga oid(org/noorganik.)

  • bolalar (maktabdagi,maktabgacha, org/noorg.)

BJSST yevropa regiyonlarida trvma natijasidagi o’lim suratini pasaytirishga erishildi. Shunga qaramasdan 25 % yo’l transport hodisalari natijasida sodir bolayotgan, va ishlab chiqarishdagi travmalar uchrab turadi.


Ortopediya- odamning tayanch-xarakatlanish sistemasidagi azolarda yuzaga keladigan kasalliklarni profilaktikasi,davolash kabi yonalishlarni o’z ichiga oladi. Axoliga travmatologik tibbiy xizmat ko’rsatish va tushuntirish ishlarini olib borishni ham o’z ichiga oladi. (M.V.Volkov)

Ortopediya –termini grekcha: orthos-to’g’ri, poideno-tarbiyalamoq,shug’ullantirmoq manosini anglatadi. Ortopediya asoschilaridan bolmish Niklos Andri ham ushbu termini quidagicha atagan yani paidos-bola,rivojlanishi natijasida sodir bo’ladigan tana deformatsiyalarini davolashni ilmi asoslagan.

Ortopediya tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Bu haqida malumot beruvchi qadimgi misr piramidalaridagi mumiyolangan murdalar misoldir.(1-rasm-fiksatsiyalangan mumiyo suyaklari). Taxminan 4500 yil ilgari Mumiyo paydo bolgan.

Agar ortopediya tarixiga nazar tashlasek (eramizdan oldingi lV asrda ) Gippokrat tibbiyot sanatini organish uchun eng avvalo uning tarixini bilish kerakligini bilish kerakligini aytgan.

Gippokrat yozmalarida (eramizdan oldingi 460-377- yillar)”De fractures” va “De articulis” sinish va chiqishning klassik tavsifi, umurtqa pog’onasining qiyshayishi, son suyagining tug’ma chiqishi, yassi oyoqlik haqida ma’lumot bergan. U bemorlarni bog’lov yordamida, cho’zish orqali, mahsus asboblar bilan, suv bilan, quyosh va havo vannalari bilan davolash muolajalarini kiritgan.

Bu borada arab shifokorlari ham ilmiy shug’ullanishgan. Ar-Rozi (850-932) birinchi bo’lib Spina Ventosa ga tarif berdi; Abu Ali ibn Sino (980-1037) Tib qonunlari 4-kitobini 4-bo’limida jarohat, siljish,, chiqish, sinish, xususan yelkani bilvosita kuchsiz tasirda boshchasi bilan chiqishi haqida to’xtalib o’tgan.

Mashxur Fransuz shifokori Ambroise Pare (1510-1590) o’zining 5 tomli kitobida sinishlarga, chiqishlarga alohida e’tibor bergan, har xil bog’lovlarni qo’llagan. U birinchi tizza qopqog’i sinishiga ta’rif bergan va uni davolashga ko’rsatma bergan.A.Pare 1- bo’lib xirurgiyani tarmoqlarga bo’lishni sinab ko’rdi. Peru umurtqa pog’onasi qiyshayish sabablari va uni davolashda mexanoterapiyaning rolini anotomik va fiziologik ma’lumotlarga ko’ra asoslab berdi. U qattiq korset qo’llashni kiritdi.A.Pareni travmotologik, ortopedik bemorlarni davolash uchun har xil aparat, protez va usullarni qo’lladi .

1641 y. Isaak Minus (gollandiyalik) Antilla operativ ortopediyani yaratgandan so’ng, qiyshiq bo’yinda tenotomiyani qo’lladi.

1740 y. Cheselden yassi oyoqlikni davolashda lipkoplaster bog’lamini qo’lladi.

Ortopediya atamasini birinchi bo’lib Parij universiteti professori Nikolas Andri 1741-yil yozgan ikki tomli kitobida yozib o’tgan.

Ortopediyani hozirgi progressida nafaqat bolalarga balki yoshi kattalarga ham qo’llaniladigan davolar haqida gap boradi.

Denlpesh zamondoshi G. Dupuytren (1777-1835) kichik boldir suyagini pastgi qismidan sinishini (1819), sonning tug’ma chiqishi haqida (1820), kaft barmog’lari kontrakturasini(1832) klassik tavsifini bergan.

1826 y. Louvie birinchi bo’lib kuchli bukilish (brisement force) atamasini qo’lladi. 1846 y. Vansetti (Xarkov) yelimli bog’lamni kiritdi. N.I.Pirogov (1810-1887) Rossiyada jarrohlik amaliyotiga gips bog’lamini kiritdi. 1857 y. Schrauth amaliyotga suyuq oynali bog’lamni kiritdi.

1806-yildan Rossiya ortopediya-travmatologiya, xirurgiya sohasida N.I.Pirogov ustozi Moskva universiteti prof. E.O.Muhin (1766-1850) “Suyak to’g’irlash ilmining birinchi boshlanishi” nomli kitobni chiqargandan keyin katta rivojlanishlar bo’ldi.

1839-yilda rus jarroxi I.V.Rklitskiy birinchi bo’lib suyak parda ostidan suyakni rezeksiya qilishni kiritdi. Jarroxlik amaliyotida rezeksiyani N.I.Pirogov ko’p qo’llagan. Uning topografik anatomiya va xirurgiya sohasidagi mexnatlari malum. Pirogov amputatsiyaning osteoplastik metodini 1852-yili bajargan.
1893 y. V.I.Kuzmin ishlab chiqgan, katta naysiman suyaklar murakkab bo’g’imini osteosintezida suyak miya moddasiga nikellangan shtiflarni qo’llagan. Shu asnoda suyak ichi fiksatsiyasini birinchi qo’llagan, takroran 1940-yilda Kuntscher qayta ochgan.

XIX asr mashhur olimi William Konrad Rochtgen (1845-1923) Х-nurlarni ochdi (1895), inson organizmiga chuqur yo’l ochdi.

Rentgenologik malumotlar tasiri ostida suyak tuberkulyozi,infeksion artrit va qayta ishlangan yangi bo’limlari: artrozlar, osteoxondropatiyalar qayta ko’rib chiqilgan.

Osgood va Schlaееtter lar bir-biridan mustaqil ravishda 1903- yilda katta bolder suyagi g’adirbudirligi o’z-o’zidan shikastlanishiga ta’rif berishdi.

1910 y. Amerikalik Legg, Fransiyalik Calve, Germaniyalik Perthes bir-biridan mustaqil ravishda bolalarda son boshining yoki chanoq son bo’g’imining aseptic nekrozini ochishdi.

1930 y. Toshkentda Semashko nomli fizioterapiya institutida 30 koykali ortopedik o’rin bo’lgan. 1930-1935-yillarda ortopedik bo’lim yetakchisi I.M.Chijin bo’lgan.

1946-yil. УзНИИТО tomonidan qayta gospital tashkil qilindi va unga professor B.I.Berliner birinchi director qilib tayinlandi.

O’zbekistonda tramatologiya va ortopediya rivojlanishida E.V.Luzin, Sh.Sh.Hamroiv, B.M.Mirazimov, M.J.Azizov, U.S.Islombekov, M.K.Qodirov va boshqalar katta xissa qo’shdilar.



Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin