98
Behzod miniatyura portretlarida Sulton shu tarzda ko‘rsatiladi.
Shayboniyxon 1505-yilda Hirotni bosib olgandan keyin Behzod
uning portretini ham ishlagan. Portretda Shayboniyxon Husayn
Boyqarodan boshqacha tarzda ifoda etilgan. Xon odmigina bezaksiz
qaboda. Boshida qizil kulohga salla o‘ralgan va unga jig‘a qadalgan.
Yuzi keng, soqollari hurpaygan. Bu ikki portret xuddi boshqa-boshqa
rassom tomonidan butunlay farqlanadi. Sulton Husayn ochiq rangli
libosda, u kiygan qabosining ko‘krak va yelka qismlari zardo‘zi
naqshlangan. Shayboniyxon esa oddiygina ko‘kish-kulrang qaboda.
Bu esa u o‘tirgan to‘q qizil gilam rangiga zid ravishda olingan.
Ranglar go‘yo birining nafis qiyofasini, ikkinchisining esa o‘ta
jiddiy ekanligini ta’kidlaydi.
Behzodning portret juda real ishlanganligi haqida Mahmud
Ziyniddinning Sulton Husayn davridagi Hirotning “Iste’dodli
yoshlari” hikoyasi ham guvohlik beradi. Behzod kartinalaridagi
dunyo maftunkor. U mukammal va latif bir nafosat bilan tasvirlangan.
Borliq hodisalari orasidagi umumiylik va xususiylik maishiy turmush
ziddiyatlarini bartaraf etuvchi shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Uning
miniatyurasidagi
odamlar faol harakatda, aniq ma’no anglatuvchi
qilib tasvirlangan. Kamoliddin Behzod Hirot, Buxoro, Samarqand,
Bog‘dod, Sheroz va Tabriz miniatyura tasviriy san’at maktablariga
kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘sha davr miniatyuralarida musiqiy
asboblar tasvirida ham yaqqol ko‘rinadi.
Alisher Navoiy Kamoliddin Behzodning ijodkor sifatida
dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan, unga muruvvat
ko‘rsatib, xomiylik qilgan. Shu boisdan Behzod ijodida musiqa
olamiga alohida e’tibor qaratilgan.
Miniatyura tasvirlaridagi ko‘pgina musiqachilarning belidagi
belbog‘lari ham e’tiborni tortadi. Ma’lumki, belbog‘ so‘fiylik
tariqatiga kirgan kishi libosining ajralmas qismidir. Ayrim musiqa
asboblari ham so‘fiyona tariqat a’zolari hayotida alohida o‘rin
tutgan. Xususan, nay ular uchun poklik, adolat, to‘g‘rilik ramzi
hisoblangan. Rumiy uni quyidagicha tasvirlaydi:
Tinglagil, nay ne hikoyat aylagay,
Ayriliqlardan shikoyat aylagay.
Nay ayriliq azobini tortayotgan qalb iztiroblarining ramzi hamdir.
Miniatyuralardan birida Majnunning Layli chodiri yonida holati
111
Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon, Subhonqulixon she’riyatda qa-
lam tebratganlar. Masalan, Subhonqulixon
Nishoniy taxallusi bilan
she’r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, insonparvar va ra’iyat-
parvar bo‘lganligi uchun ham 30-yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan.
Uning davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik vujudga kel-
gan. Imomqulixon chiqarilgan qonun va farmoyishlarning bajaril-
ishini nazorat qilib borgan.
Shunga qaramasdan, Ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan
toydiruvchi o‘zaro taxt talashishlar, beklar va boylar o‘rtasidagi ix-
tiloflar davom etgan. Xalqning o‘zaro kurashlardan qiynalayotgan
-
ligini ko‘rgan ijod ahllari, masalan, Turdi (Farog‘iy), Boborahim
Mashrablar o‘z asarlarida hukmdorlar, beklar, sultonlar va ayrim
din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga nisbatan
xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va xalqpar-
varlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma’lumki, qayerda diyonat,
imon-e’tiqod,
adolat hukm surarkan, o‘sha joyda el hukmdordan xur-
sand, o‘sha yerning shoirlari hukmdorlar madhida bo‘lgan, xalqning
turmushi, ijtimoiy munosabatlar va hodisalar, botiniy va zohiriy
ishqning kuychisiga aylangan. O‘zaro nizolar esa xalqni hayotdan
bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot, ra’iyat-
parvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shu boisdan Turdi
o‘z asarlarida mamlakatni parchalab, boylik to‘plashga intilayotgan
yuqori tabaqa vakillarini tanqid ostiga oladi.
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo‘liga o‘tgach,
ya’ni XVII asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tush-
kunlik kayfiyatlari kuchaydi. Tasavvuf ta’limotining ildizlari jami
-
yat ma’naviy hayotining ko‘pgina sohalariga chuqurroq kirib bordi.
Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining ta’siri kuchaydi. Qalan-
darlar tasavvuf ta’limotini yoyishning qudratli vositasiga aylandilar.
Ular nafaqat diniy ta’limotni, balki tarki dunyochilikni targ‘ib qil-
ishni ham asosiy vositasiga aylanganlar.
Shuningdek, ular devonalik
yo‘li orqali adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham.
Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko‘proq
botiniy va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko‘zga yaqqolroq tash-
lansa, ikkinchi tomondan, riyokor dindorlar, ochko‘z boylar, boylik
to
l
plashga intiluvchi beklar tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondan
esa, inson qismati taqdirning azaliy hukmi ekanligi g‘oyasi ilgari su-