8
va me’moriy qiyofasini o‘zgartiradi, balki uning falsafasiga ham
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Musulmonlar o‘rta asr shaharlari qiyofasi
ko‘proq sajdagohlar-masjidlar, madrasalar, minoralar va hokazolarda
namoyon bo‘lgan. Bular shahar hayotining umumiy muhitiga yangi
ravonlik va mantiqiy ifodani olib kiradi. Qurilish va bezak – pardoz
ashyosi sifatida pishiq g‘ishtdan foydalaniladi. IX – XII asrlarda
yangi bezak usuli shakllanib va rivojlanib boradiki, u islom o‘rta
asr san’atiga asos soladi. Tasviriy madaniyat o‘rniga bezak san’ati
keladi va u musulmon madaniyatining negizlaridan biri bo‘lib qoladi.
Umumislom san’ati doirasida O‘rta Osiyoning ikki daryo oralig‘ida
o‘z estetik san’ati shakllanib, u ko‘proq bo‘lajak O‘zbekiston hududi
asosi – Movarounnahr davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi
xususiyati bilan bog‘liq. Madaniyat va san’at taraqqiy etgan shahar
madaniyati-me’morchilik va hunarmandchilik shaklida namoyon
bo‘ladi, bu madaniyat mahalliy davlatchilik rivojlanishining yangi
shaharsozlik bosqichi haqida guvohlik beradi. Mo‘g‘ullar bosqini
munosabati bilan XIII
Dostları ilə paylaş: