Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari. 
O‘zbekistonning madaniyati va san’ati 
tarixi kursi madaniyatimizning rivojlanish umumiy qonuniyatlarini 
o‘rgatadi. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti 
O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan to hozirgi 
kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, madaniy 
va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganish va tushuntirishdan iborat. 
Mazkur kursning asosiy vazifasi insonning tabiat va jamiyat bilan 
birgalikdagi faoliyati hamda kishilarning ma’naviy turmushiga oid 
barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. 
Madaniyat-insonlardan ijodiy faoliyat tufayli yaratilgan moddiy va 
ma’naviy boyliklar majmuasiga aytiladi. Madaniyat atamasi hozirgi 
zamon ilmiy adabiyotida rang-barang ma’noni anglatadi. U lotincha 
“ishlov berish, parvarish qilish” ma’nosini anglatsa, keyinchalik 
“ma’rifatli bo‘lish, tarbiyali, bilimli bo‘lish” mazmunida ishlatiladi. 
O‘zbek tilida ko‘p ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha 
“madaniy” – “shaharlik” degan ma’noni anglatadi. Madaniyat 
insonni to‘laqonli faoliyati “Inson tomonidan yaratilgan muhit”, 
13
Ibtidoiy kishilar o‘zini qurshab turgan tabiat kuchlarini necha-
necha ming-yillar davomida o‘rgandi. Bu davrda kishilarning 
ko‘pdan-ko‘p avlodlari almashindi. Ibtidoiy kishilarning hayoti og‘ir 
bo‘lgan. Ular tomonidan yaratilgan qadimgi madaniyat qanchalik 
sodda bo‘lmasin, u texnika, xo‘jalik ijtimoiy asosga ega bo‘lgan. 
Madaniy boyliklar yaratish oddiydan asta-sekin yuqori va murakkab 
shakllarga o‘ta borib bu madaniyat muntazam ravishda o‘sib bordi. 
Eng sodda qurollar yasash bilan inson o‘zini yaratdi va o‘zi bilan 
hayvon o‘rtasiga chegara qo‘ydi. Bu esa insonning tabiat ustidan 
hukmron bo‘lishida birinchi qadam bo‘ldi.
Xozirgi davrda fanda ibtidoiy odamlarning eng avvalgi vakillaridan 
birini Pitekantrop deb ataladi. Pitekantroplarning qoldiqlari dastlab 
Yava orolidan topilgan. Birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng Xitoyning 
Pekin shahri yaqinidagi g‘ordan Sinantrop («Xitoy odami»)ning 
qoldiqlari topilgan. Bu yerdan 40 ga yaqin sinantroplarning suyak-
lari bilan birga juda sodda tosh qurollari, sinantropga ovqat bo‘l-
gan hayvonlarning suyaklari va nihoyat ularning olovdan foy-
dalanganliklarini ko‘rsatuvchi kul qoldiqlari topilgan. Odamning 
rivojlanishidagi keyingi bosqich Neandertal bosqich deb nomlanadi. 
Germaniyaning Neandertal shahri yaqinidan topilgan odam qoldiqlari 
nomi bilan yuritiladi. 
Respublikamiz hududidagi Teshiktosh g‘oridan (Surxondaryo 
viloyati, 1938-yil) ham 12 yoshli neandertal bolaning qoldiqlari 
topilgan. Odamga qurol va yaroq ishlash uchun xizmat qilgan 
birinchi material tosh, ya’ni chaqmoqtosh yoki unga yaqin mineral 
jinslar, xususan oqtosh (kvars) bo‘lgan. Chaqmoqtosh yer sharining 
barcha yerida juda keng tarqalgan bo‘lib, bu mineralda juda ham 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uch xususiyat–qattiqlik, yupqa 
bo‘lakchalarga bo‘linib ketish va kesuvchi o‘tkir qirralar mavjud 
bo‘lgan. Agar tabiatda shu chaqmoqtosh bo‘lmaganda insoniyatning 
boshlang‘ich tarixi qandaydir boshqa yo‘l bilan ketishi mumkin edi. 
Dastlabki qurol uchun yog‘och ham material xizmatini o‘tagan, lekin 
undan toshga nisbatan keyinroq foydalanilgan. Yog‘och qurollar 
yoki qurollarning yog‘och qismlari tosh qurollari kabi yerda uzoq 
vaqtgacha saqlanishi mumkin bo‘lmaganligi uchun arxeologiya 
yog‘ochdan foydalanishning ilk namunalarini ko‘rsatib bera 
olmaydi. Ibtidoiy odamlarga tegishli bo‘lgan qoldiqlar madaniyat 


12
turadi. Shu boisdan hozirgi moddiy va ma’naviy madaniyatimizning 
vujudga kelishi hamda mohiyati to‘g‘risida muayyan tasavvur hosil 
qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari 
masalasiga to‘xtalib o‘tish o‘ta muhimdir.
Ibtidoiy odamlar yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlar. Biroq yerning 
yuqori qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy 
qoldiqlari, uning ish qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jihozlari, 
kiyimlari, tasviriy san’at asarlari, topinish buyumlari va nihoyat 
yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaklari birin-ketin, qavatma-
qavat bo‘lib ko‘milib saqlanib qolgan. Shu bilan birga qadim 
ajdodlarimiz to‘g‘risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga 
meros bo‘lib kelgan, u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og‘zaki 
ijodining namunalari manba vazifasini o‘taydi.
Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha, bosqichlar 
yoki davrlarni bosib o‘tgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday 
materialdan yasalganligiga qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va 
temir asrlariga bo‘lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen 
(Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi 
marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh, 
bronza va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh 
asri qadimgi tosh-paleolit (gr.palato qadimgi va litos-tosh) va yangi 
(gr. peo-yangi) asrlarga bo‘lingan.
Davrlarga bo‘lishning boshqa bir juda qadimgi sistemasi – bu 
ishlab chiqarish faoliyati sohalariga ko‘ra bo‘lishdir. Bunda ibtidoiy 
davr ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo‘linadi. 
Kishi va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishidan boshlangan va 
tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda davri deb yuritiladigan davriga 
kelib odamning biologik rivojlanishi tugallanadi. Biroq odam mana 
shu eng avvalgi davrdayoq o‘zining hayvonot ajdodidan keskin 
farq qiladi. Bu davrda ular birgalashib mehnat qila boshlaganlar, 
sodda mehnat qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar. 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida kishilarning bir 
muncha mustahkam birligi vujudga keldi. Bu birlikka urug‘ asos 
qilib olindi. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma’naviy 
madaniyatini yaratish ma’lum bir sistemaga tusha boshladi. Mehnat 
qurollari takomillashib, kishilar tasavvuri mahsuli hisoblanmish 
ustqurma elementlari yaratila boshlandi.
5
“Insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuidir”. 
Madaniyat tushunchasi XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar 
tizimidan o‘rin oldi. 
Insoniyat jamiyat doimiy ravishda rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib 
takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda xilma xil madaniyatlar 
mavjud bo‘lib, insonlar dunyoning o‘zgacha anglagan va qabul 
qilgan. Madaniyat jamiyatning mahsuli ijtimoiy hayotining muhim 
jabhalaridan biri. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmagandek, madaniyat 
ham jamiyatdan tashqarida bo‘lmaydi.
Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa, 
madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida madaniyati 
bo‘lmaydi. Shaxs muayyan jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi 
va madaniyati shakllanadi. Madaniyat va san’at evolyutsiyasi, bir 
tomondan, va O‘zbekiston davlatchiligining rivojlanishi ikkinchi 
tomondan, bu tarixiy jarayonning uzluksizligi izchilligi va o‘zaro 
shartlanganligi haqida guvohlik beradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida 
mafkuraviy «funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib 
davlat qurilishi uning ma’naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim 
jihatini belgilagan holda yetakchilik qiladi. Madaniyatning muayyan 
ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma’lum bosqichiga muvofiq keladi. 
Mavjud ma’lumotlar tahlili davlatchilikning rivojlanishi ma’nosida 
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bir qancha davrlarni 
ajratish imkonini beradi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin