10
ifodasini topdi, ular nafaqat milliy, balki butunjahon san’ati tari-
xiga kirdilar. Bu davr ijtimoiy davlat xarakteridagi o‘zgarishlar
me’morchilik va shaharsozlikda o‘zining eng yorqin tajassumini
topdi. XIX asr oxirida Turkistonda mustamlaka me’morchiliga
deb nom olgan uslub tatbiq etiladi, u mintaqa
shaharlari qiyofasini
shahar madaniyatini yevropalashtirilishiga asos soldi. XX asrda bu
jarayon sovet hokimiyatining totalitar tuzumi o‘rnatilishi oqibatida
faollashdi-me’morchilikning ijtimoiy-funksional va badiiy obraz
yo‘nalishi o‘zgaradi. Sanoat-ishlab chiqarish, ma’muriy,
madaniy-
ma’rifiy va turarjoy binolarining yangi namunalari paydo bo‘ladi,
ular
ning mafkuraviy konsepsiyasida ijtimoiy tenglik g‘oyasi
yotadi, u aksar hollarda buzib talqin etilgan va ko‘pincha nursiz
me’morchilik namunalari yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bu davrning
ijobiy tajribasidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Sovet imperiyasining mudhish ko‘rinishlariga qaramasdan bu
davrda, ya’ni 1924-yilda respublikamizning tashkil etilishi eng mu-
him voqea bo‘lgandi, natijada O‘zbekistonning
hozirga davlat-hudu-
diy tuzilishiga asos solindi. Bu davr madaniyati va san’ati tarixiy
jihatdan shakllantirilgan, o‘z davlatchiligiga hamda asr oxirida
o‘zining to‘la mustaqilligiga erishgan o‘zbek
millatining estetik
g‘oyalari va badiiy intilishlarini aks etgiradi.
Dostları ilə paylaş: